Yaxshilik va go’zallik manbai
Insonlar o’zlarida yaxshilik va gozallik haqida tushuncha hosil qilaolishlari uchun turli manbalarga muhtojdirlar: kimdir kitoblardan nima yaxshi ekanligini qidiradi; kimdir tabiatdagi manzaralar ta’siri ostida gozallikni anglab yetadi; kimdir o’tgan insonlar misollaridan ilhomlanib ozining axloqini yuksaltirishga harakat qiladi.
Muhabbat ne’matidan bahramand bolgan baxtli inson esa, sevgi qalbiga joylashgan ondan boshlab o’zida yaxshilik va go’zallik his tuyg’ulari, me’yorlarini vujudga keltirish uchun boshqa manbalarga ehtiyoji qolmaydi, uning uchun turli manba, ilhom buloqlari mavjudiyatini to’xtatadi. Uning uchun yaxshi va go’zal Sevgan Insonida mujassamlashadi; u nima yashi va nima go’zal ekanligini Sevgan Insonining suratida, siyratida koradi. Sevgilisining chehrasini mushohada qilish, Sevgilisiga ro’yobda yoki xayolan tavajjuh bolish oshiqning qalbida va ongida yaxshilik va go’zallik tuyg’ularini rivojlantiradi, jo’shtiradi. O’sha ondan boshlab, oshiq uchun yaxshilik va gozallikning yagona manbai Sevgilisining siymosi bolib qoladi.