Darvishlar jamoasi

Bir darvishlar bo’lsa…

Bir darvishlar jamoati bo’lsa…

Lekin yaqin tariximizda o’tgan turqi odamni hurkitadigan, faqirlik xirqasini faqatgina bir ikki burda nonu, ikki tanga pul uchun kiygan, har uchratgan insonida faqatgina yoqimsiz taassurot ko’rsatgan, dunyodan voz kechish kerak deb jar solayotgan ongida ko’zi bir sariq chaqani ko’rganda yonib ketadigan “qalandarlar”,” devonalar” emas…

Balki, toza, pokiza, chiroyli, go’zal xulq-odobli, kiyimlari, amallari, so’zlari, boqishlari, turishlari o’zlariga juda juda yarashgan darvishlar bo’lsa. Ularni ko’rgan har bir insonning qalbida beixtiyor hurmat, samimiyat, huzur uyg’onsa…

Bu darvishlarda ustidagi ozoda kiyimi, bugun yeb turgan taomidan boshqa moli-mulki bo’lmasa…

Xuddi, Payg’ambarimiz (saw) haqiqiy imonli inson xuddi bir qush kabiki ertalab rizqi Alloh’dan yetishiga tawakkal qilgan holda chiqip ketadilar va rizqini topadilar deb maqtagandek Alloh’ga imon, tawakkul sohibi darvishlar bor’lsa…

Zamonamiz me’yorlari bilan aytganda har birida Magistru PhD diplomlari bo’lgan: biri do’ktor, birisi fizika olimi, yana biri kuchli matematik, yana qaysinisi falsafa professori, bazilari kashfiyotchi, kimlari dunyoning eng boy shirkatlarida CEO, yana kimi dunyoning eng taniqli medialarida eng taniqli olib boruvchi bo’lsa…

Min xil inson, ming xil olam…

Biri biridan go’zal…

Biri biridan ozoda…

Turist bo’lsangda bir olamdan ikkinchi olamga, undan boshqasiga sayr qila qila charchamasang, to’ymasang…

Va bir Xususiyat….

Minglab olamni eng go’zal bir sistema ichida to’plab, bog’lab turgan yagon bir xususiyat, yagona bir xirqa…

Darvishlik hirqasi…

Bu dunyoni haqir ko’rishlik…

« Agar bu dunyoning zarracha qadri bo’lganda edi, Alloh kofirga bir topchi suv ham bermas edi » hadisiga chin ko’ngildan ishongan, imon keltirgan va dunyoga bir pashsha qanotichalik etibor, qard-qimmat bermaydigan tushuncha sohibi bo’lishlik…

Bu dunyodan ko’ngil o’girgan darvishlar…

“Faqatgina Allohning “vajhidan” boshqa har narsa halok bo’lguvchi”ligi haqiqat ekan, abadiyat istaganlar Allohning arqoniga mustahkam bo’g’lanishi kerakdir tushunchasiga sohib bo’lgan darvishlar…

Bu dunyoga zarracha qadr bermaganlari holda, bu dunoni o’z holiga ham tashlab qo’ymaydigan…

Dunyoni sevamiz degan holda dunyoni vayronaga aylantirayotganlarga buzg’unchilik ishlarini davom ettirib qo’ymaydigan, adolat, haqiqat, bunyodkorlik tushunchasiga sohib bo’lgan darvishlar…


Bu dunyoni obod, ozoda, pokiza, ozod, porloq, toza, yoqimli, sevinchga to’la bir jannatmakon makonga aylantirish uchun bir umr o’zlarini safarbar qilgan darvishlar…..

Dunyolarni obod qilgandan keyin, mazlumlarning ko’z yoshlarini quritib, go’daklarning lablariga yana bir bora tabassum hadya qilib, vayronlardan tozalab go’zal go’zal bino-koshonalar qurib bu binolarning har yeriga haqiqat, adolat, shafqat belgilarini o’rnatib bergandan keyin: bularning hammasini hohlaganga beraylik. Bizga asl bu dunyo emas, balki u dunyo, U’ning dunyosida istiqomat kerak deb, dunyolarni odamlarga hech bir achinish, hech bir ikkilanishsiz tashlab ketadigan darvishlar…

Shunday go’zal darvishlar bo’lsa….

Shunday darvishlarni ko’rib, bizning ham darvish bo’lgimiz kelsa…

Bu go’zal darvishlar karvoniga bizga ham, eng orqa qatoriga bo’lsa ham, qo’shilib qolish nasib qilsa…

There Are 2 Responses So Far. »

  1. Baraka toping aziz birodar.

    “Dervişlik dedikleri hırka ile tac değil
    Gönlünü derviş eden hırkaya muhtaç değil”

    Ko’ngillar jamoasi bu o’zi… Go’zal ko’ngillar…

    Salom va duo ila,
    Alloh yor va yordamchingiz bo’lsin.

    Abdülkadir

  2. Gap yo’q, juda zo’r chiqibdi. Bu fikrlaringiz Mashrabning “Qalandar bo’l, qalandar” degan sheri bilan ancha ohangdosh ekan:)

    Iloji bo’lsa, forumdoshlarimiz bilan ham bahamlashsangiz, Ikbolbek.

Post a Response