Muxotab Allohdir

Bir gazetada quyidagi yozuvni o’qib qolgandim:

Yosh bola onasidan yig’lab bazi narsalarni hohlasa – so’rasa, qul ham Robbidan ko’p narsalarni so’rashi mumkin va so’raydi.
Duoning ma’nosi hohlamoqdir. Inson juda ojizdir. Juda ko’p narsaga muhtojdir. Juda tez xafa bo’ladi, birdaniga shoshilib qolishi mumkin. Ko’p buyuk ishlarni qilishi mumkin, lekin ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan mikrob uni yengadi. Inson koinotning eng nozik va nozli meyvasidir.
Har on tahlika bilan qarama qarshi bo’lgan ojiz va kuchsiz inson, har ishga qodir bo’lgan, butun mavjudotlarni yaratgan, yashatgan Allohdan « hohlamoq »qa majburdir. Muhotabimiz Allohdir. Alloh o’zini bizga muhotab deb elon qilibdi. : « Faqat Menda so’rang, boshqasidan so’ramang ! »
Duo qilgan kishi shuni sezadiki duosini eshitadigan va javob beradigan bir zot bor. Imon aynan shu tuyg’udir. Lailahaillallol siriga sohib bo’lgan musulmon, boshqa barcha but, ilohlarni rad qiladi va faqat Allohga qul bo’lishlikni va butun ehtiyojlarini Allohdan hohlashlikni istaydi. Qalbimizni ishlatadigan tomirlarimizda qonni aylantirib qo’ygan Alloh bizning hamma hohishlarimizni biladi, xabardordir. Chunki, miyamizni yaratgan Zot, ushbu miyada nimalar bo’layotganini ham biladi.

Bizning vazifamiz har doim duo qilmoqlikdir. Duoyimiz qabul bo’lsa, shurk qilamiz. Agar, mustajob bo’lmasa, bunda ham bir xayr, yaxshilik bordir deymiz va bunga chin yurakdan ishonamiz. Nima bo’lishidan qat’iy nazar Allohga bo’lgan ishonchimiz lat yemaydi. Alloh’ning yaratganlarida yomonlik yo’qdir. Modomiki Alloh’ning yaratganlarida yomonlik yo’q ekan, Alloh bizga bergan ijobiy-salbiy o’lchovlarda ham bir hikmat bordir.
Haq shar ishni xayr aylar,
Shubha qilma g’ayraylar
Orif buni sayr qilar
Mavlom ko’ramiz naylar,
Ne qilsa go’zal aylar.
“Orif bo’l buni sayr qil,
Yo johil bo’l azob chek.

“Huval avvalu val-axiru vaz-zahiru val-batin. Va huva ala kulli shay’in alim.”
Alloh barcha narsalarning avvalini, oxirini, ochig’ini, yashirilganini biladi. Allah hamma narsani biladi. “Alloh duolarimni eshitmaydimi?” deb isyon qilgan inson: mikroblarning asab sistemalarini bilgan Alloh, sening duolaringni qanday qilib bilmasin?
Har bir kun homiladir: nima tug’adi bilmaymiz. Islomiyatga taslim bo’lamiz, va oxiri albatta xayrli bo’ladi.
Qarshimda bir bino turibdi. Binoning tepasida, toshlar orasida o’tlar o’sib chiqibti. Tosh o’rtasidan o’t o’sadimi? Alloh bu bilan bizga nima demoqchi? “Men sabablarning tashqarisida ham, sabablar doirasidan tashqarida ham har narsani yaratishim mumkin; Sabablar bo’lishi men uchun shart emas.”
Bunga imon keltirgandan keyin, inson qalbi rohatlanadi. Alloh uchun qiyinlik, osonlik yo’qdir.
Har bir yaratilgan narsada albatta bir hikmat bor. Atrofni diqqat bilan kuzataylik. Voqea-hodisalar bilan Alloh bizga nima demoqchi?

There Are 3 Responses So Far. »

  1. Yahshi maqola chiqibdi. O’zim ham ayni kunlarda shuni boshdan kechirayotgan edim. Internet sahifalarida ushbu maqolaga ko’zim tushib qolishi esa, menga yana bir ijobiy sabab bo’ldi.
    Alloh rozi bo’lsin.
    Rahmat.

  2. Rahmat, Alloh jumlamizdan rozi bo’lsin. Turkcha bilsez mana bu yerdan muallifni boshqa yozuvlarini ham o’qisez bo’ladi.

  3. Assalomu alaykum.

    majruh.wordpress.com ham sizga qarashlimi, Iqbol?

Post a Response