Epistemologiya
Epistemologiya turli fan, bilimlarning prinsiplari, gipoteza va natijalarini tanqidiy o’rganib chiqishni maqsad qilib olgan. Bundan maqsad ushbu fan va bilimlarning mantiqiy kelib chiqishi, qadr-qimmati va obyektivlik darajasini belgilashdir. Tor ma’noda, epistemologiya voqeliklarni kuzatib, ta’riflab va tahlillab beruvchi bilim va fanlarning qay darajada haqqoniyligni o’rganib chiquvchi tanqidiy tadqiqotdir. Ayni vaqtda bilim nazariyasi va bilim falsafasi ham epistemologiya oldiga qo’ygan maqsadlarga intiladi. Ba’zida bir biriga sinonim sifatida qo’llaniladigan bu uch tushuncha ilm, fan va bilim mohiyati haqida umumiy fikr-tushunchalarni o’z ichiga oladi: ilm nima? u qanday shakllanadi? ilm va dunyo o’rtasida qanday munosabatlar mavjud? fan va bilimlar tarixan qanday rivojlangan? kabi savollarga javob qidiradi.