Muhammad Iqbol Payg’ambarlik haqida

” Arabistonlik Muhammad eng yuksak osmonga (me’roj nazarda tutilyapti) chiqdi va undan qaytip keldi. Xudoga qasamki agar men o’sha nuqtaga yetganimda hech qachon qaytip kelmagan bo’lardim». Bu so’zlar buyuk avliyo Gangoh’lik Abdulquddusga tegishli. Agar butun sufiy adabiyotini varaqlap chiqqanimizda shu jumlalar kabi paygambar ongi bilan mistik ong o’rtasidagi farqni shu qadar aniqlik va noziklik bilan tushuntirip bergan jumlalarni topishimiz qiyin bo’ladi. Mistik ‘tavhidni totgan manzildan qaytip kelishni hohlamaydi, va hattoki qaytip kelganda ham (chunki u yerda doim qolaolmaydi) uning qaytip kelishi insoniyat uchun katta m’ano kasb etmaydi. Paygambar’ning qaytip kelishi esa ijodkor, yaratuvchi bir qaytip kelishdir. U qaytishi bilan zamon oqimida o’z yerini oladi va tarixiy kuchlarni o’z nazorati ostiga oladi, va natijada yangi bir ideallar dunyosini yaratadi. Bir mistik uchun tavhid zavqini totish eng so’nggi maqsad bo’lsa, payg’ambarda tavhid zavqi uning ichida insoniyat dunyosini o’zgartirishga yo’naltirilgan, olamni titratuvchi psixologik kuchlarni uyg’otadi.O’zining diniy tajribasining yashovchi kuchga aylanishini ko’rish xohishi payg’ambarda juda kuchlidir. Shuning uchun uning qaytishi uning diniy tajribasining qay darajada yuksakligini belgilab beruvchi pragmatik sinovga aylanadi. Bu yaratuvchi harakati orqali, paygambar ham o’zini va o’zi faoliyatinu bohslayotgan faktlar dunyosini qadrlab baho beradi. Material dunyoga kirip kelishi bilan paygambar o’zini ham o’zining (vijdonining), ham tarixning mahkamasiga namoyon qiladi.

The Reconstruction of Religious Thought , 1938

Post a Response