Sovet matbuotidan…
Bir kuni Sovet O’zbekistoni gazetasining 1984 yilda chiqqan va aynan adabiyot va shoirlar haqida yozilgan editorial’ini o’qip qoldim. O’sha yerda muallif (anonim) bazi shoirlarni biroz dardli hisda sher yozgani uchun mavhumlikda va fan-texnika yutuqlariga loqaydlikda va sustlikda ayblaydi.
Quyida shu yozuvdan bir iqtibos:
“She’riyatimiz yoshlar hisobiga yangi qudrat, shiddat kasb etdi. Grajdanlik ohanglari baland pardalarda kuylanmoqda. Shoirlarimiz Butunittifoq minbaridan she’r o’qimoqda. Afsuski, yuksak g’oyaviy mazmunga ega bo’lgan she’rlar qatorida ba’zan mayda, mazmunan xira, mavhum she’rlar ham uchrab turadi.
Mana, yosh shoir Rauf Parpining qalamiga mansub bo’lgan “Men yolg’izman, g’uluv, hayajon” she’ridan olingan satrlar:
“Hasrat ko’ksimga quyular,
Ko’z o’ngimda bu yorug’ jahon
Mungli qo’shiq kabi tuyular…
Atirgulning qo’llari singan,
Yomg’ir yog’ar, og’rir chuqur iz.
Hayajonning tili kesilgan
Men yog’izman, Ovozim yolg’iz”.
Bu nimaning oqibati? Nega iste’dodli shoir umidsizlikka Nega iste’dodli shoir umidsizlikka tushib qoldi ekan? Haqqoniy tahlildan uzoqlashib, zo’r berib bir-birini maqtashlar, haddan tashqari yuqori baho berishlar oqibati emasmikan.
Bunday maqtovlar hatto iste’dodli san’atkorlar ijodiga ham zarar keltiradi. She’riyatimizning yetuk namoyandalaridan biri Shukrullo “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida e’lon qilingan “Asr bahsi” poemasida fan-texnika revolyutsiasining buyuk yutuqlariga loqayd qaraydi, o’tmishni, ‘ariqqa nonni oqizoq qilib yegan” davrlarni qo’msaydi. Sotsial taraqqiyot tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan, fan-texnika revolyutsiyasi butun ekonomikamiz yuksalishining asosiy omili ekanligini nahotki muallif bilmasa?”
Maqolaning to’liq nusxasi uchun: