Kirli zehnlar va parishon qalblar
Quyidagi maqola, balki biroz uzun tuyilsa ham, ma’no jihatidan ko’pincha Internet, TV, film va boshqa vositalar orqali bebaho umrimizni isrof qilib yurgan biz yoshlar uchun muhim bo’lgani uchun qo’ydim…
Kirli zehnlar va parishon qalblar
Vijdonning to’rt asosiy elementlaridan biri bo’lgan zehnning haqiqiy g’oyasi marifatullohdir. Shuning uchun, zehn doimiy ravishda Allohga olib boradigan yo’llar, bu yo’llardagi to’siqlar va ushbu to’siqlarning oshib o’tilishi uchun kerak bo’lgan nazariy bilimlar bilan mashg’ul bo’lishi ; keyingi bosqichda esa, bu nazariy bilimlarni amalda qo’llashga yordamchi bo’ladigan ma’lumotlar bilan ozuqalanishi kerak.
Tushunmoq, o’rganmoq va yod olmoq qobiliyatlarini o’z ichiga olgan, ongimizga kiradigan butun ma’lumotlarni to’plab arxivlaydigan va misli bir kutubxona vazifasini bajaradigan zehnimiz, ko’pincha nuqsonli tushunchalar, yanglish qabullanishlar va botil ishonchlar istilosiga duchor bo’ladi ; kir va xunuk manzaralar, qo’pol tovushlar va yomon so’z chiqindilari bilan to’lib qoladi. E’tirof etish kerakki, marifatulloh bilan uzoq-yaqindan aloqasi bo’lmagan har bir narsa zehnda u yoki bu miqdorda bir dog’ qoldiradi va zehnning kirlanishiga sabab bo’ladi.
Shaytoniy o’qlar
Zehn, eng birinchi navbatda gunohlar, xatolar, yanglishliklar va yomonliklar bilan kirlanadi. Har bir gunoh, har xato va yomonlik zehnda albatta bir iz qoldiradi. Inson ko’pincha bu kirlanishning farqida bo’lmasa ham ba’zi vaqtlarda ularning natija va namoyishini ko’ngil va tuyg’ularida his etadi. Bu kirlanish insonda yaxshi va xayrli ishlar qilish orzusini sindiradi, solih amallarga doimo intilish istagini ozaytiradi va yomonliklarga mayl kuchini orttiradi.
Bugungi kun insonlari zehn bulg’anishi ofatiga ma’ruz qolganliklari jihatidan ma’lum bir ma’noda baxtsiz hisoblanadilar. Bugun bozor-o’charga, ko’chaga har chiqqanlarida ko’z yo’li bilan turli haromlarga kirishlari deyarli aniq haqiqatdir. Ruh dunyolarini bulg’aydigan manzaralar keng tarqalgan. Quloqlar kir, ifloslik tashiydi, tillar ifloslik chiqarmoqdalar. Odobsiz so’zlar tinglanilmoqda, jirkanch iboralar qo’llanilmoqda, tinmasdan u yoki bu
Bu yomon ahvol shaytonning kirib kelishi uchun moyil bir zamin tayyorlamoqda va shayton bu bulg’angan zehnlardan o’z maqsadlari yol’ida foydalanmoqda. Oqibatda, insonlar toza bir qalb bilan Allohga yuzlanmoq imkonini topaolmayaptilar. Hattoki, zang va dog’ kabi bo’lgan u gunohlar tavba bilan tozalanmasa, vaqt o’tishi bilan bu kirlar yig’ilib qalin bir parda holiga kelib, Allohdan keladigan tajallilar yo’llarini to’sib qo’ymoqda, rahmat shabodalari va ilohiy inoyatlarga mone’ bo’lib, u bechora va himoyasiz qalblar shaytondan keladigan kufr o’qlariga qulay bir nishonga aylanib qolmoqda.
Shuning uchundirki, ummatini bunday bir musibatga qarshi ogohlantirgan Alloh Rosuli (sollallohu alayhi vasallam) : “nazar shaytonning zaharli o’qlaridan biridir” demoqdalar va Janobi haq’ning shu iltifotkorona bayonini keltirmoqdalar: “Kim mening qo’rquvimdan haromga boqishni tark qilsa, qalbiga shunday bir imon lazzati va halovatini qo’yamanki, zavqini ko’nglining chuqurliklarida his qiladi”.
Tashqaridan keladigan gunoh hujumlariga qarshi ummatini jiddiy tarzda ogohlantirgan Rosululloh hazratlari (sollallohu alayhi vasallam), xotin-erkak
Tashqi sabablardan zehn bulg’anishi
Tashqaridan kelgan bu dog’ va iflosliklar bilan bir qatorda, tashqi dunyoning ichimizda aks etishi orqali vujudga keladigan noo’rin va xunuk o’y-xayollar ham salbiy iz qoldiradi. “Falonchi nimaga bunaqa dedi? Falonchi nega bunday qildi?” kabi mavhum fikrlar xuddi zirava kabi zehnimizga kirib, hislarimizni yaralaydi. Hattoki u so’z va harakatlar sizga qaratilgan bo’lmasa ham, xuddi ularga duchor bo’lgan insonlarning ahvoli haqida firklar, tortishish sizning vazifangizdek, bu muammoni bartaraf qilishga hech qanday imkoningiz bo’lmasa ham, bekorchi yomon taxminlarga (su’i zan) borasiz, ichingizdagi vahimalarni kattaytirib, o’zingizni yeb bitirasiz va shu yo’sinda zehningizni bulg’aysiz. Aslida bunday zehn iflosligi yana ham keng va xavfli darajadadir, va afsus va nadomatlar bo’lsinki, ko’p insonlar aynan shu tarzdagi zehn bulg’anishiga mubtalo bo’lganlar.
Inson bozor-o’chardan, yomonliklar yoyilgan mahallalardan va gunohga kirish ehtimoli bo’lgan yerlardan o’zini saqlagan holda tashqaridan keladigan gunoh dog’lariga qarshi choralar ko’rishi mumkin. Ammo xayol va tasavvurdan qochmoq juda qiyin. O’tirganda ham, turganda ham, yeb-ichganda ham o’y-xayollaringiz doimo siz bilan birgadir. Ulardan uzoqlashmoq uchun uxlamoqchi bo’lsangiz, ko’zlaringizni yumishingiz bilan shayton ularni ko’zmunchoq donalari kabi oldingizga
Bu zehn iflosligiga qarshi qanchalik tadbir olmang, avtomatdan to’xtamasdan chiqadigan o’qlar kabi keladigan tovush, so’z va manzaralar
Qalb va boshning aloqalari tufayli, zehndagi bu iflosliklar vaqt o’tishi bilan qalbga o’tadi va qalbda “rayn” vujudga keladi. Rayn bir narsaning ustida mog’or hosil bo’lishi,
Zehn iflosligining tahlikalari
Bu tahlikalarning boshida, konsenstrasiya yo’qligi, diqqatni jamlay olmaslik keladi. Zehn va qalbi
Ammo, afsuski, qalb va zehn parishonligi asosiy go’ya bo’lgan Alloh rizosiga diqqatimizni qaratishga to’sqinlik qiladi va insonning e’tiborini qaratishi kerak bo’lgan asosiy maqsaddan uzoqlashtiradi.
Boshqa bir
Zehn iflosligining eng buyuk zarari, balki, ichimizda zuhur bo’ladigan “kalomi nafsiy” shakldagi “sabbu shatmlar”dir; ya’ni, tilda aytmasak ham o’y-fikrlarimizda namoyon bo’lib qalbimizni va ongimizni mashg’ul qilib qo’yadigan noo’rin va xunuk so’zlar, jirkanch iboralar, sitam va shikoyatlardir.
Masalan bir insonning namoz o’qishini yoki ko’chalarda bekor kezishlarini kallangizga kiritib olgan bo’lsangiz, borib borib, tinmasdan xayolingizda u
Xayollarimizga ham “Astag’firulloh”
Har bir inson Muhosibiy xassosligida o’y-xayollarini ham doimo hisobga tortishi, ularning kirligidan Allohga sig’inib, zehnidan o’tgan har xil o’y-xayollarga ham “Astag’firulloh” deyishi kerak. Vasvasa darajasiga keltirilmagan holda, insonlarda yomon xayollarga qarshi ham istig’for hissi rivojlantirilishi kerak.
Haqiqiy huzur va saodatga zehnning
Shu yerda Epiktos’ning mavzuga doir ibratli bir iborasini keltirish bilan mavzuga nuqta qo’ysak:
“Yomon xayollarga yaqinlashganingda, ilk fursatda ulardan qutulishga, u tahlikali maydondan uzoqlashishga intil. Aks holda xayollaring seni shunday vodiylarga olib ketadiki, hech qachon orqaga qaytaolmaysan”.