Tasavvuf haqida

Tasavvuf haqida

Tasavvuf so’fiylarning Haq’qa yetishish yo’llariga berilgan ismdir ; tasavvuf haqiqat yo’lining nazariy tarafini, darvishlik esa amaliy jihatini ifoda etadi. Yani, tariqatning nazariy jihatiga ‘ilmi –tasavvuf’, amaliy jihatiga esa ‘darvishlik ‘ deyilgan.

Haqiqatga yetishgan solih insonlarning bazilarini ta’rifiga ko’ra, tasavvuf bu Allohning insonni nafs va kibr jihatlarini yo’q etishi va anvori-Zotiyasini (fitratidagi nurli sifatlarini) alohida bir tiriklikka yetishtirishidir. Boshqacha yondoshganda, tasavvuf insonning har qanday yomon xulqlarini yo’q etishi va oliy axloqqa yetishish yo’lida doimiy jahd va kurash yo’lidir. Bazi solih insonlar tasavvufni insonlar e’tiboridan qutulip xolis Alloh rizoligini qidirish yoki doimo yomon xulqlarga qarshi turib go’zal axloqni qo’lga kiritish yo’lida harakat qilish deb ta’rif etganlar.

Tasavvufni ashyolar va mavjudotlarning asl ruhini anglap yetish, voqea-hodisalarni ma’rifat bilan qabul qilip talqin qilish, Janobi Xaq’ning har bir ijrootini Alloh’ga yetishish uchun bir vosita qabul etish, chuqur ichki bir mushohada yordamida umrini Alloh’ning qudrat-jalolini tomosha qilaolishlik harakatida o’tkizish va har harakatida Alloh bizni ko’rip turayotgani mulohazasi ostida juda e’tibor va ehtiyotkorlik bilan hayot kechirish deb ta’riflaganlar ham bo’lgan.

Tasavvuf ma’lum bir ma’noda bashariy sifatlarni oshib o’tip, insondagi farishta sifatlarini rivojlantirish va ilohiy axloqqa yetishmoqlik, ma’rifat, muhabbat va zavqi-ilohiy ostida hayot kechirishdir.

Tasavvuf ma’rifati rabboniyaga olib boradigan ochiq bir yo’l va jiddiy bir maslakdir. Tasavvufda yengillik va jiddiyatsizlikka o’rin yo’q… Tasavvufning asosi, dinning asoslariga mahkam bog’lanip, buyruq va qaytarishlariga ehtiyotkorlik bilan amal qilish, doimo ochlik va uyg’oqlik yordamida qo’ldan kelganicha nafs rohat oladigan narsalardan uzoq turishlikdir. Tasavvufning mavzusi (maqsadi) insonni qalbiy va ruhiy hayot darajalarini yuksaltirish, qalbni poklash va insonga berilgan his qobiliyatlarni asl manba-maqsadlariga monand yo’naltirishdir. Tasavvufning foydasi esa insondagi farishta sifatlarini ochip rivojlantirish, umuman aytganda insonning ilk yaratilishidagi imon tajribasini qaytadan kashf etip yashatmoqlikdir.

Tasavvufning asosi ibodat va toatda davomiy bo’lip, qullik shuurini inson tabiatining asosiy bir vasfi holiga keltirish va insonning ikkinchi fitrati hisoblangan ruhoniylikni qo’lga kiritip, dunyoning nafs havasimizni o’ziga tortadigan foniy chehrasidan yuz o’girip oxiratga va Allohning ismi oliyalariga boqadigan chehrasiga yuzlanishlikdir.

Tasavvufning asosiy ruknlarini quyidagicha sanab o’tsa bo’ladi :

  1. Nazariy va amaliy yo’llarda haqiqiy tavhidga yetishmoqlik
  2. Allohning Qur’ondagi buyruqlarini o’qip amal qilish bilan birga, hayot va koinotdagi buyruq, qonunlarini ham kashf etip ularga amal qilishlik
  3. Alloh sevgisi bilan to’lip toshmoqlik va dunyodagi butun maxluqot-mavjudotlarga qardoshlik sevigisi nazari bilan boqmoqlik, har kim va har narsa bilan yaxshi munosabatda bo’lishlik
  4. Har doim o’z nafsimizdan ko’ra boshqalarni ustun ko’rmoqlikka intilishlik
  5. Allohning hoxish irodasini, buyruqlarini o’zimizning hoxish istaklarimizdan ustun tutip, « fanofillah », « baqobillah » darajalariga yaqinlashishlikka harakat qilish
  6. Ishq va vajdga oshiq bo’lishlik
  7. Voqea hodisalarning tashqi surati bilan birga ichki siyratini ham anglap yetishlik va ashyo va hodisalarning suratida namoyon bo’ladigan ilohiy sir-asrorlarni o’qimoqlik
  8. Manaviy safar va hijratni maqsad qiluvchi birodarlik hissiyotlarini kuchaytiradigan maskanlarni ziyorat qilishlik
  9. Shariat doirasida zavq olishlik bilan kifoya qilishlik va shariatga xilof doiralarga qadam bosmaslikka qat’iy qaror qilish
  10. Uzun niyat va abadiy yashash hayollaridan uzoq bo’lishlik
  11. Dinga hizmat va butun insoniyatni Haq’qa yetishtirish yo’lida bo’lsa ham haqiqy najot faqat ixlos va rizo yo’lidan o’tishligini bir on ham esdan chiqarmaslik

Post a Response