Imon haqida
Quyida Said Qutb’ning internetda mavjud tafsiridan “Asr” surasiga bag’ishlangan yozuvining qo’lbola tarjimasi.
Imon nima ?
Bizning maqsadimiz imonning fiqhiy manosini tushuntirish emas, balki, imonning hususiyati va uning hayotdagi o’rnidan gapirmoqchimiz.
Imon, mohiyati o’tkinchi, kichik va chegaralangan odam bolasining azaliy va abadiy va cheklanlamagan asosga bog’lanishligidir. Bu manbaga bog’lanishi natijasida, ayni manbadan yuzaga kelgan koinot va shu koinotga hukm qiladigan asosiy qonunlar va ushbu koinotda yashirilgan kuch va energiya manbalari bilan sog’lom bir aloqa qurishligidir. Su asnoda, inson o’zining shahsiy va kichik chegaralaridan chiqip buyuk koinotning kengliklariga ko’chishi ; sodda va qadri yo’q kuchining hadlaridan oship koinotning yashirin qudratli energiya manbalariga ochilishidir. Qisqa umrining chegaralarini yengib, Alloh’dan bosqa hech kim bilmagan cheksizliklarga qarap parvoz qilishligidir.
Bu bog’lanish, insonga bir kuch, davomiylik va hurriyat berishi bilan bir qatorda, uning shu koinot va unda mavjud bo’lgan go’zalliklar va o’z ruhi bilan sevgi aloqasi qurgan barcha borliqlardan foydalanishini ta’minlaydi. Bu holatda, hayot har yerda va har zamonda insoniyat uchun qurilgan ilohiy bir bayram marosimiga aylanadi. Bu esa, buyuk bir hursandchilik va tengi yo’q bir sevinchdir. Bunday holatda, inson, huddi bir do’stiga ochilgani kabi butun hayotga va koinotga ochiladi. Ular bilan do’stlashadi. Bu esa haqiqatda tengi yo’q bo’lgan bir yutuqdir. Bu tushunchaning yo’qotilishi esa haqiqatdan ham qo’rqinchli bir husrondir.
Shunday ekan, imon asoslari, buyuk va sharafli insoniyatning ham asoslaridir.
Yagona Hudoga qullik, insonni boshqa borliqlarga qullik qilish tubanligidan qutqaradi. Aksincha, butun qullar bilan teng bo’lishini bilish insonning qalbida sevinch uyg’otadi. Shuning uchun u hech kim oldida bukilmaydi. Barcha narsalar sohibi bo’lgan yagona Alloh’dan boshqa hech kimga bo’yin egmaydi. Insondagi haqiqy ozodlik hissi uning vijdonidagi va koinotdagi hodisalarning haqiqatidan ogoh bo’lishligidan kelip chiqadigan hurriyat tushunchasidir. Maydonda yagona qudrat yoki yagona ilohdan boshqa hech narsa yo’qdir. Hurriyat hissi shu tushunchadan maydonga keladi. Chunki bu, mantiqqa to’g’ri keladigan yagona yechimdir.
Rabboniylik, insonning tushunchalarini, qadriyatlarini, o’lchov va me’yorlarini, qonunlarini va o’zini Alloh’ga, koinotga va insonga bog’lagan ; butun narsalarning olinishi kerak bo’lgan yagona manbani belgilagan avtoritetdir. Bunday tushuncha hayotdan havo va havasni chiqarip tashlaydi. Bularning o’rniga shariat va adolatni qo’yadi. Mo’minning firkida o’z tuzumining qadrini yuksaltiradi. Uning butun johiliy tushuncha va qadriyatlardan, meyorlardan halos bo’lishi va yer yuzida ushbu manfiy bog’lardan kelip chiqqan qadriyatlarni oshib o’tishini taminlaydi. U bu qadriyatlarning ustiga chiqadi. Hattoki bir o’zi bo’lsa ham… Chunki, u bir o’zi bo’lsa ham johiliyatga Alloh’dan kelgan tushuncha, qadriyat va meyorlar bilan qarshi chiqmoqda. Bu qadriyatlar esa, Alloh’dan kelgani uchun, eng sog’lom va kuchli qadriyatlardir. Ularga bo’ysunish va hurmat qilish aqlga muvofiqroqdir.
Yaratgan va yaratilgan o’rtasidagi aloqalarning oydinlashishi, ilohlik maqomi bilan qullik maqomining butun haqiqati bilan aniq bo’lishi bu foniy insonni doimiy bol’gan haqiqatga bog’laydi. Bu voqea hech qanday tushunmovchilik va adashmovchilksiz va hech qanday vositasiz ro’y beradi. Insonning qalbida oydinlik, ruhida huzur, qalbida ishonch va do’stlik yerlashadi. Dunyoda, keraksiz va adolatsiz buyuklik davo qilishlikni, asossiz va yasama qadriyatlarga suyanip boshqalardan ustunlik davo qilishlikni yo’qotadi va insonni qo’rquv, yomonlik, bo’hron va qarorsizlik kabi yomon tushunchalardan halos etadi.
Imon insonning Alloh hohlagan yo’lda salomat bir yer va istiqomat sohibi bo’lishini taqozo etadi. Bu holatda yahshilik o’tkinchi orzu, asossiz tuyg’u va ko’pik kabi bo’lgan bir hodisaga aylanip qolmaydi. Aksincha, bu yerda yahshilik bir necha asoslardan kelip chiqadi. Bir maqsad sari yuzlanadi. Alloh uchun bir birini bog’lab turgan bog’lar yahshilik uchun musobaqalashadilar. Shunday qilip, musulmon bir jamiyat ochiq va yagona maqsadi bo’lgan, aniq bir bayrog’i bo’lgan jamoat bo’lip maydonga kiradi. Shu bilan birga, ulardan keyin kelgan va bu sog’lom bog’larga tayangan kelajak nasllar bilan ham bir biriga suyanch bo’ladilar.
Alloh’ning insonni sharafli qilip yaratganiga ishonish, insonning o’ziga bo’lgan hurmatini oshiradi. Bu hurmat, uning vijdonida Alloh yuqori qilgan martabalaridan pastga tushishlikdan uyatish hissini tug’diradi. Bu esa inson o’zi haqida ega bo’ladigan eng ustun bir tushunchadir. Chunki, insonning Alloh bilan bog’larini uzadigan va uni oddiy past bir manbaga bog’lap inson bilan yuksak olamlar o’rtasidagi aloqalarni buzadigan har qanday tushuncha va tushuncha maktabi insonni tubanlikka va pastlikka chaqiradigan bir tushuncha maktabidir. Hohlasa buni bildirsin, yoki yashirsin, buning farqi yo’q.
Shu jihatdan, tor fikrli Freudizm va Marksizm bashar fitratiga va insoniyatni boshqarip turadigan mehanizmga qarshi chiqqan en chirkin va tuban tushunchalardir. Bular insonni har qanday pastlik, yomonlik va ifloslik kutsa boladigan hayvoniy bir mavjudot dep, hech qanday hayratga loyiq emasligini, shuning uchun bunday pastliklardan uyatishning keragi yo’qligini olg’a suradilar. Bunday tushuncha insoniyatga qarshi jinoyatdir. Bu tushunchani otib tashlash va ildizlarini yo’q qilish kerakdir.
Top toza tuyg’ular insonning Alloh nazarida sharafli bir mavjudot bo’lganini bilishlikning tabiiy natijasidir. Keyin, bu tuyg’ularning manbai Alloh’ning insonning qalbi va vijdonidagi har bir narsani ko’rip turgani va yashirin har narsadan habardor bo’lganidan ogoh bo’lishdir.Agar inson Freud va Marx kabi tushunchalar bilan o’zligini yo’qotmagan bo’lsa, o’zi kabi bo’lgan boshqa insonlarning kamchilik taraflariga nazar solishdan uyaladi. Mo’min inson Alloh o’zini kuzatib turganini butun vijdoni bilan his etadi. Bu uning qalbini tir-tir titratadi. Bu esa uning tuyg’ularini shaffof holga keltiradi.
Ahloq tuyg’usi, bu adolatli, marhamatli, kechiruvchi, sharafni o’rgatuvchi, sevimli, yumshoq hulqli, yomonlikdan hazar qilgan, yahshilikni sevgan, hattoki ko’z solgan nazarlar va ko’ngil yashirgan narsalarni ham biluvchi bir ilohga ishonishning tabiiy natijasidir.
Boshqa tarafda esa, iroda erkinligi va mas’uliyat hissi ham mavjuddir. Bu hislar mo’minning vijdonida doim uyg’oqlik va hassosiyat bo’lishini taminlaydi. Har bir ish qilayotganda jiddiyatli va o’ylap ish qilishini o’rgatadi. Bu faqat shahsiy masuliyat emas, balki jamoaviy masuliyat hamdir. Chunki, o’z shahsiga qarshi masuliyatli bo’lish, o’z jamoati oldida ham masuliyatli bo’lishdir. Alloh’ning oldida masuliyatlik bo’lishdir. Mo’min bir harakat qilayotgan butun shu tushunchalarni ham his etadi va hisobga oladi. Bir qadam otishdan oldin, shu qadamini har tarafdan o’ylap, baholap bosadi. Chunki u mavjudotlar olamida yuksak qadrga ega bo’lgan va ushbu olam tuzumida mas’uliyatga sohib bo’lgan shahsdir.
Dunyo hayotining imkon va nematlari qarshisida ochko’zlarcha to’rt qo’l bilan otilish kabi tubanlikdan yuksalip, bular ichidan Alloh nazarida hayrli bo’lganini tanlash eng hayrli va davomiy foydali bo’lgan bir ishdir. « Endi shu mavzuda musobaqalashadiganlar musobaqalashsinlar ».Allohning mukofoti uchun musobaqalashish insonni yuksaltadi, tozalab poklaydi. Bunday harakat qilish mo’min faoliyat qiladigan maydonning buyukligiga ham mos tushadi. Chunki mo’minning harakat maydoni ham dunyo ham oxirat, ham yer yuzi ham koinotlar olamidir. Bu haqiqatni anglap yetish insonni darrov natijaga ega bo’lishni hohlashdan, shoshqaloklikdan halos etadi. Uni huzurga yetishtiradi. Chunki u yaxshilikni faqat yahshilik uchun qiladi. Alloh hohlagani uchun yahshilikni qiladi. Chegaralangan hayotida bu yaxshilikning foydasini va natijalarini o’z ko’zlari bilan ko’rishi shart emas. Chunki u rozilgini hohlap qilgan Alloh hech qachon o’lmaydi va inson qilgan hech bir narsani bo’shga chiqarmaydi. Hâshâ ! Buning ustiga bu dunyo mukofot yeri emas. Dunyo hayoti ham yo’lning ohiri emasdir. Inson mana shu tuganmas manbadan kuch va dastak olip, doimiy yahshilik qilishda davom etadi. Mana shu kuch yahshilikning to’htovsiz davom etishini taminlaydi. Insonni o’tkinchi havas va tushunchalardan qutqaradi. Mo’minni yomonlikka qarshi chiqishga undaydi va unga bu yol’da quvvat beradi. Bu yomonlik hoh adashgan bir tushuncha yoki johiliy bir qadriyat, ichki kechinmalar natijasi bo’lsin farqi yo’q. Asosan bu yomonlikka intilish insonning o’z umrini qisqa deb bilishi, butun zawqlardan foydalana olmasligini, butun hohishlarining ro’yobga chiqara olmasligini va yahshilikning uzoq natijalarini ko’ra olmasligini, haq’ning botildan ustun kelishiga shohid bolishi ko’rishga umri yetmasligini tushunishidan kelip chiqadi. Imon esa bunday tushunchalarni ildizlari bilan yo’q qiladi va insonni mukammal ravishda davolaydi.
Imon hayotning eng buyuk asosidir. Butun yahshiliklar shu yerdan ‘z ildizini oladi. Butun mevalar bu asosga bog’liqdir. Imon bolmasa butun yahshililar ildizidan ayriladi. So’lishga va qurishlikka mahkum bo’ladi. Yoki faqat shaytoniy mevalar qoladi. Shaytoniy mevalarning esa hech qanday davomiyligi bo’lmaydi.
Hayotning butun yuksak bog’larining iplari imonga kelip taqaladi. Imon yo’q bolsa butun bu iplar cho’zilip ketadi va hech narsaga bog’lanmagan bol’adi. Orzu va istaklar va ehtiroslar og’ushida chirip yo’q bo’lip ketadi.
Imon tartibsiz harakat va amallarni birlashtiradi. Bir biriga mos, bir biriga yordamlashuvchi bir tartibga soladi. Hammasini bir yo’l, bir harakat ichiga yo’naltiradi. Bu harakatlarning oldinga soladigan kuch va yagona maqsadi bo’ladi
Shu sabali, Qur’on bir asosga tayanmagan va bu bog’ga bog’lanmagan va tuzumdan manba olmagan butun ish va yahshiliklarni hechga chiqaradi, ularga hech qanday qadr bermaydi. Bu mavzuda islomning qarashi oydindir. Ibrohim surasidan deyiladiki : « Robbini inkor qilganlarning yahshiliklari bo’ronli bir kunda sovurilip ketgan bir kulga o’hshaydi, qilgan yahshi ishlari natijasida qo’llariga hech narsa tegmaydi. Haqiqiy adashish mana shudir » (Ibrohim surasi 18 oyat).
Nur surasida buyuriladiki : « Kofirlarning amallari keng sahrolardagi sarobga o’hshaydi. Chanqagan inson uni suv deb o’ylaydi, lekin u yerga borganda hech narsa topa olmaydi. Kofirning qarshisida Allohni topadi. Alloh ham uning hisobini kamchiliksiz ko’radi. Zotan, Alloh’ning hisobl qilishi tezdir. » (Nur, 39).
Imonga tayanmagan muddatcha, butun yahshiliklar va qadriyatlarning bo’shga chiqishi ochiq haqiqatdir. Chunki, imon amallarni davomiy ravishda borliqning manbaiga bog’lagan bir faktor va borliqning mohiyatiga mos bo’lgan bir maqsaddir. Undan ajralgan butunligicha ajraladi va mohiyatining haqiqy manosini yo’qotadi.
Imon fitratning va inson dunyosining sog’lom bo’lganini ko’rsatadi. Insonning tuzilishining butun koinot fitrati bilan bir biriga mos ekanligini ko’rsatadi. Inson va uni o’rap turgan koinot o’rtasida sog’lom va samimiy bir kelishuv borligining dalilidir. Inson bu koinotda yashaydi. Tuzilishi sog’lom bol’gan inson bilan koinot o’rtasidagi aloqaning mavjud bo’lishi ochiqdir va bu munosabatlar insonni imonga yetaklaydi. Chunki koinot o’zini yaratgan cheksiz qudratga ishoralar bilan to’ladir. Agar inson va koinot o’rtasidagi munosabatlar buziladigan bo’lsa, bu inson tuzilishining nuqsonli ekani va bundan vujudga kelgan kamchiliklarni ko’rsatadi. Bu esa husrondan boshqa narsa bermagan va tashqi shakli yahshi ko’insa ham hech bir yahshilikning o’zi bilan birga mano ifoda etmasligini bilishdan vujudga kelgan aniq bir husrondir.
Mo’minning dunyosi shu qadar keng, chuqur, yuksak, go’zal va mamnun dunyoki, uning oldida imon keltirmaganlarning dunyolari kichik, nursiz, tuban, qadrsiz va qorong ‘u va g’amgin dunyo bo’lip ko’rinadi. Bu esa haqiqatdan ham katta bir husrondir. Va da qanday…
Amali solih imonning tabiiy natijasidir : imon qalbga kelip joylashgan zamondan boshlangan, ilhomlangan harakatdir. Chunki imon aktiv va harakatga keltiruvchi haqiqatdir. Amal, ehson shaklida insonning tajribasida ifodasini topmasa, imon insonning qalbida va vijdonida joylaship qola olmaydi. Islomning imon tushunchasi shudir. Mo’minning qalbida harakatsiz va so’ngan holda kuta olmaydi va yashirinip ichidan tashiga chiqmay tura olmaydi. Agar imon bu tabiiy harakatini yo’qotsa, yoki zaif yoki o’lgan imondir. Huddi hidini saqlap turaolmaydigan gul kabidir imon. Gul hidini ushlap qola olmagani kabi, imonning ham harakatda bo’lishi tabiiy holatdir. Aks holda imon yo’q bo’ladi.
Imonning ahamiyati ham shunda. Imon bir harakat, bir qurilish va tuzatishlikdir. Alloh’ga qarab yo’nalmoqlik. Imon vjdonning chuqurlarida yashirilgan, passiv, chekinuvchi, buzilgan bir narsa emas. Yoki, hech qachon harakatga aylanmagan yashi niyatlardan ham iborat emas. Imonni hayotda quruvchi bir kuchga aylantirgan islom tushunchasi shudir.
Imon Rabboniy tuzumga bog’liq bo’lgani uchun, bu tuzum, borliqlarning fitratida doimiy mavjud bo’lgan va bir biriga bog’liq bolgan plandan ilhomlangan, bir maqsadga yo’nlagan holda qolgandagina osonlik bilan anglashiladi. Imonning insoniyatga yo’lboshvlochiligi, bu borliqlarning tuzilishida mavjud bo’lgan harakat sistemasining amalga oshishiga yo’naltiruvchi liderlikdir. Bu esa Alloh’dan ilhomlangan bir tuzumga munosib, top toza, bunyodkor va hayirli bir harakatga yo’naltirish demakdir.