Go’zallik haqida rivoyat


Bir qishloqda bir go’zal qiz bo’lgan ekan. U qizning oshiqlari ham ko’p ekan. Qishloqning eng ilg’or yigitlari u qizga tinmay sovchi yuborar ekanlar. Lekin u qiz hech birisiga hush ko’rsatmapti.

Shu talabgor yigitlar ichida esli-hushli, imonli bir yigit ham bor ekan. Lekin qiz unga ham qiyo boqmapti. Vaqti kelib yigit shaharga ko’chip ketipti. Oila quripti va baxtli turmush yashay boshlapti. Lekin har doim o’sha qishloq go’zali haqida eslab turar ekan. U go’zal kimni ixtiyor qilgan ekan? O’ziga munosib ko’rgan go’zal inson topa oldimi?

Bir kuni yigit qishlog’iga boripti. Qiz haqida so’rapti. Qiz turmushga chiqqan ekan. Qiziquvchanligi g’olib kelib go’zal qizning uyiga boripti. Yaqinlashayotganda ne ko’z bilan ko’rsinki u go’zal qizning uyidan kal, semiz va juda xunuk bir inson chiqip kelipti. U xunuk inson qizga bir narsa olib kelishni buyuripti va orada yomon so’zlar bilan so’kib-turtib ham qo’yipti.

Fursatini topib yugit qizga yaqinlashipti va o’zini tanitipti. Nimaga bunday insonga turmushga chiqqanligi sababini so’rapti. Qiz shunda agar yigit bog’chasidagi eng go’zal gulni olib kelsa, javob beraman depti. Yigit uyiga boripti va bog’cha bo’ylab keza boshlapti; Ko’ziga ilk bor bir sariq gul tushipti va haqiqatdan ham go’zal ekan. Endi shu gulni uzaman deb yaqinlashganda, sariq guldan nariroqda undan ham go’zal boshqa bir gulni ko’ripti. Lekin o’sha go’zalroq gulni olaman deb qadam bossa, uning yonida undan ham go’zal qizil atirgulni ko’ripti va shuni uzishga qaror qilipti. Gulni uzip xonasiga olib kiripti va avaylab bir burchakka qo’yipti. Lekin ertalab turganda ne ko’z bilan ko’rsinki gul so’lib bo’lgan va kechagi qizil atirgulning o’rnida buriship ketgan bir gul turgan edi. Javob olishga hohishi kuchli bo’lgani uchun qurigan bo’lsa ham o’sha gulni olib qizning huzuriga olib boripti.

Shunda qiz gulni ushlab turip aytibdiki:”Ko’rdingmi, men ham har doim eng go’zalini, eng chiroyligini qidirgan edim. Lekin hech qachon ichki go’zallik sohibini qidirmagan ekanman. shuning uchun boshida tashqi go’zallikka ega bo’lgan erim vaqt o’tishi bilan semirdi, sochlari tushdi va go’zalligi qochib, xunuk bo’lib ketti. Ham tashqi, ham ichki go’zalligini yo’qotib, chirkinlashdi. Mana, hozir sen olib kelgan gul kabi u ham bugun mana shunday qurib-buriship ketgan holga keldi”.

 

(Nur aynasinda estetik kitobidan olindi)

Post a Response