Iqbol » xayollar

Yaxshilik va go’zallik manbai
Insonlar o’zlarida yaxshilik va gozallik haqida tushuncha hosil qilaolishlari uchun turli manbalarga muhtojdirlar: kimdir kitoblardan nima yaxshi ekanligini qidiradi; kimdir tabiatdagi manzaralar ta’siri ostida gozallikni anglab yetadi; kimdir o’tgan insonlar misollaridan ilhomlanib ozining axloqini yuksaltirishga harakat qiladi.

Muhabbat ne’matidan bahramand bolgan baxtli inson esa, sevgi qalbiga joylashgan ondan boshlab o’zida yaxshilik va go’zallik his tuyg’ulari, me’yorlarini vujudga keltirish uchun boshqa manbalarga ehtiyoji qolmaydi, uning uchun turli manba, ilhom buloqlari mavjudiyatini to’xtatadi. Uning uchun yaxshi va go’zal Sevgan Insonida mujassamlashadi; u nima yashi va nima go’zal ekanligini Sevgan Insonining suratida, siyratida koradi. Sevgilisining chehrasini mushohada qilish, Sevgilisiga ro’yobda yoki xayolan tavajjuh bolish oshiqning qalbida va ongida yaxshilik va go’zallik tuyg’ularini rivojlantiradi, jo’shtiradi. O’sha ondan boshlab, oshiq uchun yaxshilik va gozallikning yagona manbai Sevgilisining siymosi bolib qoladi.

Kelajakni sog’indim…
Kelajakni sog’indim…

Inson har doim qandaydir sog’inch hissi bilan yashaydi. O’ylaydi ota-onamni sog’indim. Ota-onasi huzuriga oshiqip boradi, ularning diydoridan bahra, quvonch oladi. Lekin, undagi sog’inch hissi yo’q bo’lmaydi.

Fikr qiladi, men sevgan yorimni sog’indim. O’smirlik chog’idanoq o’ziga munosib yor qidiradi, go’zal go’zal orzular qiladi. Va bir kun, Alloh’ning marhamati bilan aqlli, go’zal, muhabbatli yorini topadi va u bilan birga bo’ladi. Yangi oila baxt ichida turmushni boshlaydi. Bir umr balki davom etadi bu baxtli lahzalar. Lekin insonning qalbida hamon, o’z o’zi bilan xilvatda qolganida, majburan yashaydigan ikkiyuzlamachi dunyodan uzoqlaship qalbining chuqurliklaridan samimiyat qidirip kezayotganida o’sha yoshligidan, balki chaqaloqligidan unga hamroh bo’lgan so’ginch hissi yana yuzaga balqip chiqadi. Unga nimadir yetishmayotganday bo’ladi. U ushbu nimanidir qayerdadir ko’rgan, lekin eslay olmaydi. Eslay olmaydida, bu hodisaning bo’lganligidan imoni komil. U hayotini lahza lahzalap, har bir soniyasini ko’zdan chiqarishga tushadi, yoshligiga, o’smirligiga, chaqaloqligiga qaytadi. Lekin, u ko’radiki hatto chaqaloqligi davrida ham, hali unda komil inson shakllanmagan lahzalarida ham uning qalbida, ongida doimo sog’inch hissi birga yurgan bo’ladi. Shunda u onasining oldida qidiradi. Va hayron bo’ladi, hali u dunyoga kelmasidan oldin, u homilaligidanoq telpinip dunyoga kelishni va tezroq bu dunyodan huddi chaqmoq kabi, lahzada o’tip ketishni hohlagan ekan. Shuning uchun ham chiday olmasdan onasining qorniga tepip tepip qo’yganlarini eslap, beixtiyor o’ziga kulip qo’yadi.

Lekin, uning bu ishtiyoqi, bu dunyoga kelishi bilan bazi pok- nopok hissiyotlarga qorishadi va undagi samimiyat, ishtiyoq ma’lum bir darajada so’nadi, orqaga chekiladi. Shuning uchun ham, u doimo bir narsasini yo’qotganday yuradi har doim. Ne’matlarning ichida kon’gli to’lmagan, baxt og’ushida mayus, lekin baxtsizlikda ham unga soginch hissi qandaydir umid uchqunlarini olip kelip turadi.

Va, inson o’tiradi yana ham chuqurroqqa, qalbining, ongining chuqur chuqurlariga qarap tushishni boshlaydi. Va, u bu chuqur, chiroqsiz chohlarda o’ziga yo’lboshchi qilip imon nurini, Paygambar o’gitlarini tutadi. Shu lahzadan boshlap uning ongi aniqlashadi, va chuqur so’ngida alas alas bilinip turgan yog’du kuchaya boshlaydi. Va, shunda u haqiqatga qarap yaqinlaship boradi, va ohirida Allohning inoyati bilan Qur’on talimoti Paygambar merosi shulalarida anglap yetadiki u bir umr kelajakni so’ginip yashadi.

Lekin, sog’inish uchun sog’ingan narsangni hech bo’lmasa bir marta ko’rgan bolishing kerakku? Shuning uchun hayot davomida kimni uchratgan bo’lsang, va ularning senga aloqasi darajasida sen kimni ko’proq kimni ozroq sog’inip yashaysan. Unda sendagi eng kuchli soginch hisi qaysi tajribadan keladi? Sen qanday buyuk, senga eng Mehribon, senga eng Yaqin zotni ko’rdingki, hatto ota-onang, yoring, qiyomat do’sting bilan bo’lganda ham sen doim U’nga talpinip yashading?

Shu lahzada, inson to’xtaydi, va qalbi atom kabi shu’la, yorug’lik, ziyo bilan to’ladi. Va, Tarixning bohslanishiga, Inson bu dunyodagi eng birinchi lahzasiga boradi, va o’zini millionlap, milliardlap ruhlar o’rtasida, hurmat va itoat bilan Eng Buyuk Zot’ning chaqirig’iga “Balв” dep bo’yin egip turgan holda topadi. O’tmish boshlanadi shu lahzadan. Ilk marta Alloh huzurida mavjudiyatini boshladi va Alloh’ga bandalik qilishni, Alloh’ning eng yuksak mas’uliyatini ixtiyoriy ravishda bajonidil qabul qildi. Hatto ba qarori uchun boshqalar unga “sen nodonliging uchun bunday buyuk mas’uliyatni, loyiq bo’lmaganing holda qabul qilding. Sen bu omonatga sodiq bo’la olmaysan” deb sitam qilishdi.

Lekin, u ich ichida bu buyuk sharafga noil bo’lganidan o’zini tom ma’noda baxtli his qilardi. Va, u o’sha lahzadan boshlab, qaytadan bu onlarni yashash uchun talpinib yashadi.. Va, U shu lahzani yodida saqlaganida, har doim uning uchun o’tmish bilan kelajak bir mano kasb etdi. Va, u ayni vaqtda ko’rip ko’rmagan, yashab, endi yashaydigan lahzani kutip yashadi. Undagi butun sog’inch hissi shu lahzada boshlandi. Va, yana qaytip shu lahzaga kelguincha davom etadi. Undagi bu sog’inch ota-onasiga, yoriga, har qanday narsaga bol’gan sog’inchdan minglab baravar kuchli. shuning uchun, sindirilip daryodan ayrilgan qamish yana daryoga qaytgunicha bir umr m’ayus kuylar bilan dunyoni to’ldirgani kabi, Inson ham bir umr sog’inip yahsaydi, va u shu sog’inchini bilgan yoki bilmagan holda ifoda qilip yashaydi. U qanchalik bu hisdan ogoh bo’lsa uning ifodasi ijobiy, dunyoga zararsiz bo’ladi. Lekin, u bu hisdan umuman bexabar bo’lsa, sog’inchning asl sababi nima ekanligini unutsa, unda u ham o’ziga ham boshqalarga zarar keltirib qo’yishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham insoniyat bugun moddiy dunyoda eng cho’qqi rivojlanishga keldi, o’zi xohlagan va undan oldingi butun nasllar orzu qilgan yutuqlarga, cho’qqilarga erishdi. Lekin u ushbu sog’inch hissini va sababini unutip qo’ygani uchun hali ham o’zini baxtsiz his qilmoqda. Eng cho’qqidan turip o’zini jarlikning tubida ko’radi. Chunki u bu hisni o’zi bilmagan holda majburan berkitadi va natijada salbiy hislar qaramida qolip ketadi.

Lekin, bu hisdan ogoh insonlar esa, bu hisni anglap yetgan onidan boshlap, uni avaylap asraydilar, va o’zlarini o’sha lahzaga tayyorlap umr kechiradilar.

Va hayot bor ekan, insonlar doimo kelajakni sog’inip yashaydilar!