Ona Turkiston – Sherali Jo’rayev

ONA TURKISTON

Asli oting Turkistonmidi?
Shunday qolsang qashqir yermidi?
Bo’ldi o’zbek, qirg’iz, qozoq, deb,
Ag’yor seni qo’shil dermidi?

O’zbek, qirg’iz, qozoq – sartimsan,
Uyg’ur, totar, turkman – turkimsan,
Tojik – og’am, ozor – O’g’uzsan,
Bir Onadan tarqagandirsan.
Qadding ko’tar, Ona Turkiston!
Yillar o’tar, qara, Turkiston!

Orol qani, toshqin soy qani?
Yer ostingda gazu moy qani?
Qayot ketdi bor oltinlaring?
Tanang uzra dardsiz joy qani?
Qadding ko’tar Ona Turkiston!
Yillar o’tar, qara, Turkiston!

Seni asli iymoning butun,
Iymon ahli sitmagay yurtin,
Ko’z oldingdan tarqasin tutun,
Go’ro’g’lilar minsin Girotin.
Qadding ko’tar, Ona Turkiston!
Yillar o’tar, qara, Turkiston!

1992

Post a Response