Sog’uniy Turkiston haqida
August 3rd, 2007 • Related • Filed Under
Borlig’im saqlay desang, ilm-hunardan qil yaroq!
Yo’q esa olg’ay boringni, qilmay hech kim so’roq.
Yer yuzi o’zgardi ammo, o’zgarish bizda yo’q,
Sindi Turkiston elining boshida yuz ming tayoq.
Och ko’zing Turon eli, zing’ir bo’lur qo’ychibon,
Bormi bu yongliq ulon, payqab qara boshdin oyoq!
Har o’g'il voris bo’lur qolgan otaning moliga,
Bo’ldi Turkiston elining vorisi yuzsiz qaroq.
Mol egasidur qaroqchilar bu ajoyib ishga boq!
Baxt ochilmas ul kishilar, kim erur ilmsiz,
Ilmsizlar xor bo’lur hohi qarodur, hohi oq.
Qaysu millat ustidin hokimlik etsa boshqalar,
Bu kabi xorlik hayotdan o’lganidir yaxshiroq.
Ilmu iymon ikkisidun bahralik bo’l ey o’g'il!
Bu ikkovlon birla olg’aysan qo’lingga shamchiroq.
Alixonto’ra Sog’uniy