Najib Fozil haqida
Bir kuni yozuvchi do’stlaridan biri Najib Fozilga:”O’zing haqida gapirishni to’xtatgin. Qo’yib ber, boshqalar yozip gapirsin sen haqingda” depti.
Shunda Najib Fozil: “Hech kim meni mendan o’tkazip maqtay olmaydi. Shuning uchun bu ishni o’zimga qo’yib ber” deb javob bergan ekan.
Menga bu kabi harakatlar g’alati ko’ringandi. Lekin, keyin o’qigan ma’lumotlarga asoslanib o’ylab ko’rsam, Najib Fozilning o’ziga bu qadar ishonishi nafsidan emas, balki imonidan va Alloh unga buyuk mas’uliyat va shu mas’uliyatga loyiq qobiliyat berganligini idrok qilishdan kelib chiqqan ekan.
Najib Fozilning “Cho’lga yoqqan nur” kitobining birinchi sahifasida muallifning qisqa bir iltijosi bor. Bu yerda Najib Fozil Alloh’dan o’ziga ilm, hikmat, dunyo sirlarini bildirishni, til va adabiyot qonunlarini komil o’rgatishni va insonlarga din-dunyo mohiyatlarini eng go’zal tushuntiraoluvchi qilishni va boshqa yana bir necha juda katta istaklarni so’raydi. Lekin butun bu fazilatlarni shoir o’zini buyuk ko’rsatish uchun, nafsi uchun so’ramaydi. Aslida, shoiri shunday duo qiladi “fikrda, san’atda, tushunishda, tushuntirishda, topishda, tutishda, tarqatishda, to’plashlikda va nihoyat, yashashga arziydigan hayot o’lchovlar/qadriyatlarini billurlashtirishda dunyoning eng buyuk insoni bo’lishni hohlardim; (buni) nafsim uchun emas, faqatgina U’ning (Muhammad s.a.w.) ummatining eng past fardiga ulashtirilgan layoqat hissasini va ustunlik darajasini ko’starmoqlik uchun”.
Yana boshqa bir buyuk olim haqida yozilgan kitobda, kitob mualliflari: “biz bu kitobda olimning bazi sifat, hayotiy tajribalarini misol qilip keltirsak, kibr va riyoga o’xshap tuyulishi mumkin. Zotan olimning ham xabari bor edi bu masaladan. Lekin, biz bu kitobda faqatgina olimning imoni va ilmi yuzasidan Alloh bergan ne’matlaridan bazilarini zikr qilishga qaror qildikki, Alloh yo’lida ixlos bilan hizmat qiluvchi insonlarning darajasini insonlarga bildiraylik. Bu albatta oddiy zamonda qilinadigan ish emas, lekin mana bir necha o’n yillardan beri islomga nodo’st bo’lgan insonlar qo’lida bo’lgan matbuoat sun’iy ravishda islomdan, imondan, ahloqdan yiroq bo’lgan har qanday insonlarni maqtab, xuddi taqlid qilishga mos shaxslardek gazeta, kino televizorlar orqali targ’ib qilip kelyapti. Shunday vaqtda biz ham haqiqiy fozil shaxslarimizni musulmon yoshlarimiz bilip tanip, ergashishlari uchun ma’lum bir miqdorda ularning hayotlaridan o’rnak oladigan, ta’sir qildigan lavhalar haqida yozip targ’ib qilishimiz kerak” degan xulosaga kelishgan ekan.