Iymonimga
Bir go’zal va chuqur ma’noli she’riy asarning tug’ilishiga guvoh bo’lish va uni bu yerga qo’yish sharafiga noil bo’lganimdan xursandman va shukrlar aytaman. Quyida qadrli vatandoshimiz Mahmudjonning “Iymonimga” chaqirig’ini o’qishga taklif qilaman. Robbimiz bu do’stimizning qalbi, ongi, ruhida o’rnashgan nafis va nazokatli qobiliyatlarining tom ma’noda rivojlanib go’zal mevalar berishini nasib qilishini tilab qolaman.
Iymonimga
Vulqon – yaram tilib chiqqan qaynoq qon,
Yomg’ir – bag’rim tubin yuvgan achchiq yosh.
Ko’lmak – pokligini unutgan vijdon,
Ufq – xazon bo’lgan bechoram-bardosh.
Borlig’im bo’shliqdir, to’ldirgin meni…
Tanam – hissiyotlar tark etgan makon,
Qalbim – tiriklikka befarq bo’lgan tosh.
G’ururim – dashtlarda adashgan karvon,
Ongim – yorug’ligin yo’qotgan quyosh.
Borlig’imdir zulmat, nur bo’lib kelgin…