Xayollar olami
Yaxshilik va go’zallik manbai
Insonlar o’zlarida yaxshilik va gozallik haqida tushuncha hosil qilaolishlari uchun turli manbalarga muhtojdirlar: kimdir kitoblardan nima yaxshi ekanligini qidiradi; kimdir tabiatdagi manzaralar ta’siri ostida gozallikni anglab yetadi; kimdir o’tgan insonlar misollaridan ilhomlanib ozining axloqini yuksaltirishga harakat qiladi. Muhabbat ne’matidan bahramand bolgan baxtli inson esa, sevgi qalbiga joylashgan ondan boshlab o’zida yaxshilik va go’zallik his tuyg’ulari, [...]
10Jan2009 | Iqbol | 1 comment | ContinuedKelajakni sog’indim…
Kelajakni sog’indim… Inson har doim qandaydir sog’inch hissi bilan yashaydi. O’ylaydi ota-onamni sog’indim. Ota-onasi huzuriga oshiqip boradi, ularning diydoridan bahra, quvonch oladi. Lekin, undagi sog’inch hissi yo’q bo’lmaydi. Fikr qiladi, men sevgan yorimni sog’indim. O’smirlik chog’idanoq o’ziga munosib yor qidiradi, go’zal go’zal orzular qiladi. Va bir kun, Alloh’ning marhamati bilan aqlli, go’zal, muhabbatli yorini topadi [...]
10Jan2009 | Iqbol | 2 comments | Continuedkecha va kunduz
Ahvolimiz qiziq. Zulmatli kunda shuncha yelib yuguramiz, lekin nurli tun kelishi bilan go’zal va iboli Oy va yulduzlar nuridan bahra olishning o’rniga, ko’z va qalbimiz derazalarini yopib, atrofimizni yana bir bor zulmat bilan o’rab toshdek qotib uxlaymiz.
8Jan2009 | Iqbol | 0 comments | ContinuedDarvishlar jamoasi
Bir darvishlar bo’lsa… Bir darvishlar jamoati bo’lsa… Lekin yaqin tariximizda o’tgan turqi odamni hurkitadigan, faqirlik xirqasini faqatgina bir ikki burda nonu, ikki tanga pul uchun kiygan, har uchratgan insonida faqatgina yoqimsiz taassurot ko’rsatgan, dunyodan voz kechish kerak deb jar solayotgan ongida ko’zi bir sariq chaqani ko’rganda yonib ketadigan “qalandarlar”,” devonalar” emas…
28Jul2007 | Iqbol | 2 comments | ContinuedXayollar olami…
Oldinlari xayolim bilan yashar edim… Bolalikda bir xayoliy olamim bor edi… Bir olamki, musaffo, beg’ubor, tashvishlardan holi, qo’rquvlardan-andishalardan toza bo’lgan bir olam. Bu olamda ancha yashadim, mamnun edim. Go’zalliklar ichida edim… Keyin ba’zilari maslahat berdilar: inson voqelikka ochiq bo’lishi kerak. Sen ham realist bo’lishing kerak, real olamda yashagin. Istamagan holda real olamga chiqdim, mavjudiyatimni shu [...]
27Jul2007 | Iqbol | 3 comments | Continued