Iqbol » Umumiy

Muxotab Allohdir
Bir gazetada quyidagi yozuvni o’qib qolgandim:

Yosh bola onasidan yig’lab bazi narsalarni hohlasa – so’rasa, qul ham Robbidan ko’p narsalarni so’rashi mumkin va so’raydi.

Duoning ma’nosi hohlamoqdir. Inson juda ojizdir. Juda ko’p narsaga muhtojdir. Juda tez xafa bo’ladi, birdaniga shoshilib qolishi mumkin. Ko’p buyuk ishlarni qilishi mumkin, lekin ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan mikrob uni yengadi. Inson koinotning eng nozik va nozli meyvasidir.

Har on tahlika bilan qarama qarshi bo’lgan ojiz va kuchsiz inson, har ishga qodir bo’lgan, butun mavjudotlarni yaratgan, yashatgan Allohdan « hohlamoq »qa majburdir. Muhotabimiz Allohdir. Alloh o’zini bizga muhotab deb elon qilibdi. : « Faqat Menda so’rang, boshqasidan so’ramang ! »

Duo qilgan kishi shuni sezadiki duosini eshitadigan va javob beradigan bir zot bor. Imon aynan shu tuyg’udir. Lailahaillallol siriga sohib bo’lgan musulmon, boshqa barcha but, ilohlarni rad qiladi va faqat Allohga qul bo’lishlikni va butun ehtiyojlarini Allohdan hohlashlikni istaydi. Qalbimizni ishlatadigan tomirlarimizda qonni aylantirib qo’ygan Alloh bizning hamma hohishlarimizni biladi, xabardordir. Chunki, miyamizni yaratgan Zot, ushbu miyada nimalar bo’layotganini ham biladi.

Bizning vazifamiz har doim duo qilmoqlikdir. Duoyimiz qabul bo’lsa, shurk qilamiz. Agar, mustajob bo’lmasa, bunda ham bir xayr, yaxshilik bordir deymiz va bunga chin yurakdan ishonamiz. Nima bo’lishidan qat’iy nazar Allohga bo’lgan ishonchimiz lat yemaydi. Alloh’ning yaratganlarida yomonlik yo’qdir. Modomiki Alloh’ning yaratganlarida yomonlik yo’q ekan, Alloh bizga bergan ijobiy-salbiy o’lchovlarda ham bir hikmat bordir.

Haq shar ishni xayr aylar,

Shubha qilma g’ayraylar

Orif buni sayr qilar

Mavlom ko’ramiz naylar,

Ne qilsa go’zal aylar.

“Orif bo’l buni sayr qil,

Yo johil bo’l azob chek.

“Huval avvalu val-axiru vaz-zahiru val-batin. Va huva ala kulli shay’in alim.”

Alloh barcha narsalarning avvalini, oxirini, ochig’ini, yashirilganini biladi. Allah hamma narsani biladi. “Alloh duolarimni eshitmaydimi?” deb isyon qilgan inson: mikroblarning asab sistemalarini bilgan Alloh, sening duolaringni qanday qilib bilmasin?

Har bir kun homiladir: nima tug’adi bilmaymiz. Islomiyatga taslim bo’lamiz, va oxiri albatta xayrli bo’ladi.

Qarshimda bir bino turibdi. Binoning tepasida, toshlar orasida o’tlar o’sib chiqibti. Tosh o’rtasidan o’t o’sadimi? Alloh bu bilan bizga nima demoqchi? “Men sabablarning tashqarisida ham, sabablar doirasidan tashqarida ham har narsani yaratishim mumkin; Sabablar bo’lishi men uchun shart emas.”

Bunga imon keltirgandan keyin, inson qalbi rohatlanadi. Alloh uchun qiyinlik, osonlik yo’qdir.

Har bir yaratilgan narsada albatta bir hikmat bor. Atrofni diqqat bilan kuzataylik. Voqea-hodisalar bilan Alloh bizga nima demoqchi?

Epistemologiya
Epistemologiya turli fan, bilimlarning prinsiplari, gipoteza va natijalarini tanqidiy o’rganib chiqishni maqsad qilib olgan. Bundan maqsad ushbu fan va bilimlarning mantiqiy kelib chiqishi, qadr-qimmati va obyektivlik darajasini belgilashdir. Tor ma’noda, epistemologiya voqeliklarni kuzatib, ta’riflab va tahlillab beruvchi bilim va fanlarning qay darajada haqqoniyligni o’rganib chiquvchi tanqidiy tadqiqotdir. Ayni vaqtda bilim nazariyasi va bilim falsafasi ham epistemologiya oldiga qo’ygan maqsadlarga intiladi. Ba’zida bir biriga sinonim sifatida qo’llaniladigan bu uch tushuncha ilm, fan va bilim mohiyati haqida umumiy fikr-tushunchalarni o’z ichiga oladi: ilm nima? u qanday shakllanadi? ilm va dunyo o’rtasida qanday munosabatlar mavjud? fan va bilimlar tarixan qanday rivojlangan? kabi savollarga javob qidiradi.

Deduksiya
Deduksiya – oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud, va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda mantiq turadi ; tajriba esa ikkilamchi hisoblanadi.

Induksiya
Induksiya – ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish. Bu usul bo’yicha, oldin ko’p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar yaxshilab kuzatiladi, o’rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa chiqariladi. Induksiyada mantiq asosiy o’ringa ega emas, tajriba birlamchi ro’lga ega. Faktlardan qoidaga qarab, yakka holdagi ko’plab o’rnaklardan yagona umumiy xulosaga qarab boriladi. Xususiy holatlar, fikrlardan umumiy bir xulosa ishlab chiqiladi.

Muhammad Iqbol Payg’ambarlik haqida
” Arabistonlik Muhammad eng yuksak osmonga (me’roj nazarda tutilyapti) chiqdi va undan qaytip keldi. Xudoga qasamki agar men o’sha nuqtaga yetganimda hech qachon qaytip kelmagan bo’lardim». Bu so’zlar buyuk avliyo Gangoh’lik Abdulquddusga tegishli. Agar butun sufiy adabiyotini varaqlap chiqqanimizda shu jumlalar kabi paygambar ongi bilan mistik ong o’rtasidagi farqni shu qadar aniqlik va noziklik bilan tushuntirip bergan jumlalarni topishimiz qiyin bo’ladi. Mistik ‘tavhidni totgan manzildan qaytip kelishni hohlamaydi, va hattoki qaytip kelganda ham (chunki u yerda doim qolaolmaydi) uning qaytip kelishi insoniyat uchun katta m’ano kasb etmaydi. Paygambar’ning qaytip kelishi esa ijodkor, yaratuvchi bir qaytip kelishdir. U qaytishi bilan zamon oqimida o’z yerini oladi va tarixiy kuchlarni o’z nazorati ostiga oladi, va natijada yangi bir ideallar dunyosini yaratadi. Bir mistik uchun tavhid zavqini totish eng so’nggi maqsad bo’lsa, payg’ambarda tavhid zavqi uning ichida insoniyat dunyosini o’zgartirishga yo’naltirilgan, olamni titratuvchi psixologik kuchlarni uyg’otadi.O’zining diniy tajribasining yashovchi kuchga aylanishini ko’rish xohishi payg’ambarda juda kuchlidir. Shuning uchun uning qaytishi uning diniy tajribasining qay darajada yuksakligini belgilab beruvchi pragmatik sinovga aylanadi. Bu yaratuvchi harakati orqali, paygambar ham o’zini va o’zi faoliyatinu bohslayotgan faktlar dunyosini qadrlab baho beradi. Material dunyoga kirip kelishi bilan paygambar o’zini ham o’zining (vijdonining), ham tarixning mahkamasiga namoyon qiladi.

The Reconstruction of Religious Thought , 1938

Ibodat va zikr haqida
Hozirda ko’pchiligimiz ibodatni ado etib yuribmiz deganimiz bilan, afsuski ko’pincha  qilgan ibodatlarimiz chala chulpa va shoshilinch ravishda qilingan besh vaqt namoz bilan cheklanib qoladi. Albatta, besh vaqt namoz bilan shar’an Allohning oldidagi bir burchimizni ado qilamiz va qabul qilinishini umid qilamiz. Lekin, biz qalbimizda ko’p yaxshi ishlarni qilishni orzu qilib yuramiz. Afsuski, ba’zida yillar o’tadi, ammo niyat qiligan maqsadlarimizga hali ham yaqinlashmagan bo’lamiz. Bizdan oldin o’tgan ba’zi insonlarning hayotiga nazar solib ko’ramizki, ular o’z maqsadlariga nafaqat amaliy, fe’liy duo bilan qadam bosishadi, balki ular fe’liy duolarini qavliy duo va zikrlar bilan dastaklashib haqiqiy natijalarni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lishgan.

Bir kitobda Misrlik buyuk islom olami farzandi Hasan al Banna hayotidan shunday bir lavha bor. Hasan al Banna yigirma yoshlarida Misrdagi kolonializm ta’sirlariga qarshi kurashish va jamiyatni qaytadan isloh qilish maqsadida “Musulmon birodarlar” harakatini tuzadi. Bu harakat, turli qarama qarshi reaksiyalarga qaramasdan, mana bir necha o’n yillardan beri Misrda ijtimoiy va siyosiy hayotda eng muhim kuchlardan biri bo’lib kelmoqda va jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni yechish yo’lida eng katta xizmatlarni berib kelayotgan bir harakatdir.

Bir kuni Hasan al Banna do’stlaridan birini olib qaysidir bir qishloqqa odamlarga o’z niyatlarini bildirish va hammaqsad insonlar topish maqsadida yo’lga chiqadilar. Sayohatlarini hamrohi shunday bayon etadi: “Charchoqli yo’ldan keyin qishloqqa yetib keldik va kerakli insonlar bilan gaplashdik. Kun kech bo’lib qolgandi va bizga qishloqning masjidida yer qilib berishdi. Bir donagina to’shak bor edi. Al Banna “sen yopinib yotgin” deb to’shakni menga berdi. Tunning ma’lum bir vaqtida uygo’nib ketdim. Qarasam, Al Banna joyida yo’q edi. Turib qarasam, Hasan al Banna masjidning ayvoniga chiqib olgan va yupun kiyimlari bilan sovuq kunda tahajjud namozini o’qiyotgan ekan. Shunda menga bu holat ta’sir qildi va o’zimga o’zim  :” Hasan al Banna qanday odam? Yoshlarimizga ta’lim berayotgan ham shu kishi. Olimlarimizga yo’l ko’rsatayotgan ham shu kishi. Turli kasalxonalar, maktablar ochish uchun to’xtamasdan harakat qilayotgan ham shu kishi. Qaxvahonalar, jamoat joylarida insonlarni islohga da’vat qilayotgan ham al Banna. Tinmasdan shaharma shahar, qishloqma qishloq safar qilib, da’vosini yoyayotgan ham shu. Mana, shuncha ishlarni qilishiga, shunchalik charchagan bo’lishiga ham qaramasdan, tungi ibodatda hozir bo’lgan inson ham al Banna!”  dedim”.

Bu lavhadan ham ma’lum bo’ladiki, agar biz bugun ikki-uch kishining ishini qo’yib turing, hatto o’zimizning bir kishilik tashvishlarimizni ham qilaolmayotgan bo’lsak, bunga sabablardan biri bizda ibodat va zikr hayotining yo’qligidir. Vaholanki, hozirda O’zbekistonlik ko’p yoshlarimiz jamiyatimiz, Vatanimiz uchun juda go’zal orzular qilib yashashmoqda. Shu orzularni ro’yobga chiqaraolishlik uchun mavjud bo’lishi lozim bo’lgan shartlardan biri ibodat va zikr hayoti bo’lsa kerak balki.

Quyida insonlarning talab-maqsadlari, mas’uliyatlari darajasiga qarab ibodat va zikr hayotlarining ham shunchalik kuchli bo’lishi kerakligi haqida ikki olim insonning fikrlarini keltirib o’tmoqchiman.

Birinchisi, Turkiyalik olim Fathulloh Gulen bir kitobida zamonamizning isloh tarafdori insonlarini zikrga da’at qilib jumladan shunday deydi:

“Zikr bilan mashg’ul bo’lish inson kundalik hayotining ayrilmas bir qismi bo’lishi kerak. Inson o’zini majburlab bo’lsa ham kunining eng kamida ikki-uch soatini avrodu azkorga bag’ishlashi kerak. Ayni onda ich-ichidan : « Allohim, men bundan ham ko’proq zikr qilishim mumkin edi, ammo shuncha mashg’uliyatlardan vaqt topib qilaolgan zikrim shu qadar. Meni O’zing ma’zur tutgin ! » deyishi kerak…

<o:p> </o:p>

Har bir mo’min inson bu dunyodagi ijtimoiy hayotda tutgan o’rni, bo’yniga tushgan mas’uliyatlar darajasiga ko’ra zikr bilan mashg’ul bo’lishi kerak. Masalan, ijtimoiy hayotda ma’lum bir mas’uliyat yuklagan rahbar darajalardan biriga kelib qolgan mo’min inson, shu tutgan o’rnining ahamiyatiga qarab eng kamida besh-o’nta insonning o’qiy olishi mumkin bo’lgan zikr o’qishi shartdir. Ayniqsa, aslida qobiliyati bo’lmagan holda ma’lum bir mas’uliyat bilan mukallaf bo’lgan isnon kunda eng kamida o’n kishilik zikr bilan mashg’ul bo’lishi kerak…

<o:p> </o:p>

Buning uchun inson vaqtidan eng unumli darajada foydalanishni bilishi kerak, va kunlik zikrlarini butun kun bo’ylab tarqatib, eng qisqa bo’sh vaqtida ham darhol zikr bilan mashg’ul bo’lishi kerak.  Chunki hayotingizni ma’lum bir shaklga, ravonga tushirishlik biroz qaysarlikka, va birozda mashqqa bog’liqdir. Agar bir inson boshlanishida o’zini majburlab ma’lum duo majmualaridagi duolarni kunning turli vaqtlarida o’qib borsa, vaqt o’tishi bilan bu kishining hayotida zikr o’qishlik xuddi ovqat yeyish kabi hayotining voz kechilmaydigan shartlaridan biriga aylanib qoladi. Inson hech qachon tanballikka mag’lub bo’lib qolmasligi kerak va dangasalik ruhini falj qilib qo’yishining oldini olishlik uchun doimiy jiddu jahd ko’rsatib yurishi kerak…”

Kunimizda takrorlanayotgan haqiqatlar bundan bir necha asrlar oldinga ketsangiz ham ayni shaklda insonlarga tushuntirilib kelganini ko’rasiz. Vatanimizning buyuk avlodlaridan biri, buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy ham o’z tarbiyasini ko’rgan bir shahzodaga yo’llagan maktubida, yosh podshohni ibodat va itoatga boshqalarga qaraganda ko’proq bog’lanishi kerakligini uqtiradi:

“Muqaddas hadisda aytiladiki : « Har bir kishi Tangriga bo’lsa, Tangri u kishiga bo’lur ». Va Tangriga bo’lmoqning ma’nosi deb shuni aytadilarki, Tangri taoloning buyruqlariga amal qilingay va man etgan ishlaridan saqlanilgay. Tangri taoloning bu odamga bo’lishining ma’nosi deb shuni aytadilarki, bandaning har qanday murodu maqsadi bo’lsa Tangri taolo uni hosil qilgay va barcha ofatu balodan saqlagay. Shunday ekan, har bir inson shunga rioya qilsa murodu maqsadi hosil bo’lib, ofatu balolarga uchramaydi. Allohning buyruqlari bilan ish tutib, uning qaytargan ishlaridan o’zini tiyib yurishi kerak. Olamda hech inson yo’qki, turli maqsadi bo’lmasin va o’zini balolarga uchramasligini tilamasin. Amma, har kishining murodi qancha ko’p bo’lsa, Xudoning buyurgan ishlariga ko’proq itoat etsa kerak, ayniqsa sultonlar. Bir gadokim, tilagi bir diram kumush tanga, yo bir podshohkim, maqsadi bir iqlimni qo’lga kiritish – ikkalasining Allohga ehtiyojlari bor, ammo orzu qilayotgan narsalarida tafovut ko’pdir. Shunday bo’lgach, Tangirga itoat qilishda ham tafovut bo’lishi kerak “.<o:p></o:p>

Alloh hammamizga maqbul bir zikr hayotini nasib qilishligini so’rab qolaman…

Sovet matbuotidan…
Bir kuni Sovet O’zbekistoni gazetasining 1984 yilda chiqqan va aynan adabiyot va shoirlar haqida yozilgan editorial’ini o’qip qoldim. O’sha yerda muallif (anonim) bazi shoirlarni biroz dardli hisda sher yozgani uchun mavhumlikda va fan-texnika yutuqlariga loqaydlikda va sustlikda ayblaydi.

Quyida shu yozuvdan bir iqtibos:

“She’riyatimiz yoshlar hisobiga yangi qudrat, shiddat kasb etdi. Grajdanlik ohanglari baland pardalarda kuylanmoqda. Shoirlarimiz Butunittifoq minbaridan she’r o’qimoqda. Afsuski, yuksak g’oyaviy mazmunga ega bo’lgan she’rlar qatorida ba’zan mayda, mazmunan xira, mavhum she’rlar ham uchrab turadi.

Mana, yosh shoir Rauf Parpining qalamiga mansub bo’lgan “Men yolg’izman, g’uluv, hayajon” she’ridan olingan satrlar:

“Hasrat ko’ksimga quyular,

Ko’z o’ngimda bu yorug’ jahon

Mungli qo’shiq kabi tuyular…

Atirgulning qo’llari singan,

Yomg’ir yog’ar, og’rir chuqur iz.

Hayajonning tili kesilgan

Men yog’izman, Ovozim yolg’iz”.

Bu nimaning oqibati? Nega iste’dodli shoir umidsizlikka Nega iste’dodli shoir umidsizlikka tushib qoldi ekan? Haqqoniy tahlildan uzoqlashib, zo’r berib bir-birini maqtashlar, haddan tashqari yuqori baho berishlar oqibati emasmikan.

Bunday maqtovlar hatto iste’dodli san’atkorlar ijodiga ham zarar keltiradi. She’riyatimizning yetuk namoyandalaridan biri Shukrullo “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida e’lon qilingan “Asr bahsi” poemasida fan-texnika revolyutsiasining buyuk yutuqlariga loqayd qaraydi, o’tmishni, ‘ariqqa nonni oqizoq qilib yegan” davrlarni qo’msaydi. Sotsial taraqqiyot tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan, fan-texnika revolyutsiyasi butun ekonomikamiz yuksalishining asosiy omili ekanligini nahotki muallif bilmasa?”

Maqolaning to’liq nusxasi uchun:

http://aton.swco.ttu.edu/pdf/Gayevilik.pdf

Dard, azob, iztirob ( davomi)…
Albatta bu fikrlar, bunday guruhlarga ajratishlar faqatgina hayolimda paydo bo’lgan sun’iy chiziqlar xolos. Bazi holat, tushunchalarni yaxshiroq tushunish uchun o’zimiz uchun shunday to’laligicha qamrab olishga kuchimiz yetmagan voqelikni ba’zi jihatlarini chegaralab, aniqlashtirib beradigan sun’iy chiziq, fikriy qurilmalarga ehtiyoj sezamiz. Bu olatlar sun’iy bo’lganligi uchun ham har doim shaxsiy va nisbiy bo’lib qoladilar. Shuning uchun haqiqiy hayotda voqeliklar har doim ham ushbu qoliplarga mos tushavermaydi.

Masalan, Majnunlarni birinchi guruhga kiritamizmi yoki ikkinchi guruhga? Ular ham no-ixtiyoriy ravishda, o’zi kutmagan holatda bir boqish, bir so’z, bir e’tirof bilan oshiq bo’lib qoladilar va bir umr dard-azob ichida o’tadilar. Bunday insonlarning ko’plari dard orqasida halok bo’ladilar. Shuning uchun ham ularni birinchi guruhdagilar qatoriga kiritib qo’yishga shoshilasan. Lekin majnunning hikoyasi asrlar davomida minglab insonlarning qalbida sevgi, go’zallik, yorga sadoqat, yorga intilish kabi go’zal tushunchalarning shakllanishiga sabab bo’lib kelyapti. Buning ustiga Majnun ham tanlash huquqiga ega bo’ldiku: yoriga uchrab dardiga nuqta qo’yish imkoniyati hosil bo’lgan onda, o’z ixtiyori bilan “Layli sen emassan!” deb azob so’qmoqlarini tark qilmadiku! Buni endi qaysi guruhga qo’shamiz?

Yoki Napoleon? U ham gimnaziyada qiyinchiliklar chekdi, keyin hayoti davomida juda ko’p dardlar chekdi. Hatto u hayot imtihonlarida chiniqa-chiniqa dunyo tarixida ko’pchilikka yopiq bo’lgan darajalarga ko’tarildi. Xo’sh, ko’pchilik bu insonni o’z ixtiyori bilan dard chekib insoniyatga foyda keltirganlar turgan ikkinchi guruhga qo’shishi mumkin. Zotan u shu kabi dard insonlarining hayotini juda ko’p o’qir ekan: shohidlarning aytishicha u juda ko’plab tarixiy buyuk shaxslarning biografiyasini o’qigan ekan. Demak, u albatta shu insonlardan ta’sirlangan va bazi fikr, dunyoqarashlari shular sabablidir. Lekin uning dard chekishi, izlanishi necha-necha mamlakatlarni xaroba qildi, o’z xalqining askarlarini o’zga yurtda sovuqlarda qotirib o’ldirdi! Xo’sh, endi biz Napoleon haqiqatda insoniyat uchun dard chekkan deya olamizmi? Bilmadim, men hozirgi onda bir narsa deya olmayman. Ko’p faktlar va minglab kitoblar uni haqiqiy qahramon, millati uchun uqubat chekkan shaxs deydi.

Lekin menimcha haqiqiy dard chekkan, ya’ni o’z ixtiyori bilan bir millat/jamiyat saodati uchun azob-uqubat chekishni o’z ustiga olgan inson hech qachon bunday buzg’unchiliklarga sabab bo’lmasa kerak. Buning ustiga Napoleon o’zi hayot davridayoq, sarguzashtlari tamom bo’lmasidan ancha oldin o’z siyosatining natijasida vujudga kelgan xarobalik, balo kulfatlarga shohid bo’lgan. U balki o’z nafsining buyukligi uchun, balki o’zi kitoblarini ko’p o’qigan buyuk insonlar kabi uning kitobini ham undan keyin boshqalari ham ko’p-ko’p o’qisin degan niyatda hayotida qilgan ishlariga qo’l urgandir. Chunki inson qanchalik ilmli, bilimli, samimiy bo’lmasin imoni bo’lmasa, ilohiy haqiqat chiroqlari yorug’ini o’ziga fonus qilmasa, har qancha samimiy harakatlari baribir noxush oqibatlarga olib keladi.

Ikkinchi guruh insonlarning dard-iztirobi qanchalik kuchli bo’lsa, ularning bu dard-iztirobidan shunchalik ko’p saodat, rohat va farog’at mevalari hosil bo’ladi dedik. Bu dardlilarning yo’lboshchisi bo’lgan Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam eng ko’p mashaqqat, azob-uqubat, dardi-iztirob chekdi hamda u kishining rahmati butun olam, hatto olamlarni qamarab olgandi. Zotan U Zot olamlarga rahmat qilib yuborilgandi. Shunga yarasha bu dunyoda qiyinchliklarda yashadi. Shuning uchun Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam nafaqat o’z zamonasidagilar balki oxiratgacha bo’lgan insonlarning saodati haqida qayg’urdilar.

Meni dard va adabiyotga bog’liq qiziqtirgan fikrlardan biri – bu dard adabiyotining rivojlangan va tarqalgan jamiyat, soha va davrlar. Siz ham aytib o’tganingizdek biz dardni sufiylarning she’rlari orqali kashf qildik. Yoki majnunlarning ohlari bizga dardni olib keldi. Yoki sufiy bo’lmasada imonli shoirlar, islom yozuvchilari dardli-dardli nomalar bitadilar. Tarixda ham shunday edi, hozirgi kunda ham shunday.

Lekin biz yaqin tariximizni olib qarasak, ko’pincha aks holatga guvoh bo’lamiz. Masalan, sovet davrida bizda shoirlar ko’p edi, kamida o’n yillik maktab davri davomida kamida o’n kitobga jamlangan shoirlarning she’rlarini o’qiganmiz. She’rlar bizga o’rikdan, shaftolidan, olmadan binafshadan, kosmonavtlaru traktorchilardan bahs etardi. Lenin bobomizni qo’shiqlarda yodga olardik. Baxtli bolalik, baxtli yoshlik, umuman qilib aytganda baxtli nasl, baxtli jamoat haqida o’rganardik. Ayniqsa o’zbek shoirlari. Dardli matnlar asosan eski davr haqida bo’lar edi: ya’ni hozirgi Lenin bobomiz prinsiplari ostida erishgan baxtli jamiyatga kelgunimizcha chekilgan dardlar va qahramonlarimizning buyuk jasoratlari haqida edi. Yana bir diqqatga sazovor narsa bu dardli she’r va romanlarning asosan rus yozuvchi, shoirlari ijodi bo’lganligi. Nimaga? Balki dard o’zi mag’zida istiqlol mevasini tashigani uchundir: agar mustamlaka holatdagi xalqlarining yozuvchilari dard chekishni o’rgansalar, demak ular ertaga istiqlol uchun ham kurasha biladilar. Shuning uchun o’zbeklar, qozoqlar va boshqa xalq yozuvchilari asosan “qutqarilganlik baxtini” kuyladilar va “qutqaruvchi og’ani” madh etib keldilar. Chunki mustamlaka xalq qutqara olishlik qobiliyatiga ega emas, shuning uchun ham u qutqarilgan. Demak u qutqarilganlik baxtini shodlik kuylari bilan baralla jar solishi kerak. Qutqarish esa dard cheka oladigan xalq – ruslarning haqqi. Faqat rus shoiri dardli nag’malar yozish huquqiga ega; boshqa har qanday xalq shoirining dard-iztirobga to’la nomalari yetti qavat yer ostiga ko’milishga hali yozilmasdan turib mahkum edi.

Mustaqillikdan keyin adabiyotimizda ham yaratuvchi dard shamollarining qaytadan esish ehtimoli, umidi paydo bo’lgandi, paydo bo’lmasa ham shunday umid qalblarda uchqunlagandi. Lekin biz dard chekishga ulgira olmadik, dard chekishni o’rgana olmadik. Baxtimizni qarangki, biz darhol yana bir marta qutqarildik va dunyodagi eng baxtli jamiyatga qadam qo’ydik. Bundan buyon adabiyot bog’ida yana shodlik, xurramlik, saodat kuy-sadolari yangrashga boshladi. Sahnani dunyoga jar sola oladigan darajada baland ovozli san’atkoru shoirlar egalladi. Albatta, dard chegaralangan holda mavjud bo’ladi adabiyotda: demak biz ham o’zimizga hozirgi baxtimiz yo’lida dard chekkan qahramonlar qidirb tarixni uzoq-uzoq yillariga safar qildik, agar topa olamasak ixtiro qildik. Bu dard tarixchasining asosiy vazifasi hozirgi saodat kuylarini quvvatlab, tasdiqlab turish edi xolos: mustaqillik, erk, erkinlik, o’z-o’ziga egalik, baxtli jamiyat, erkin jamiyat, hech kimga qaram bo’lmagan yagona davlat. Bunday yutuq, xususiyatlarga ega bo’lgan jamiyat adabiyotida hech qanday dard-iztirob haqida bahs bo’lishi mumkin emas.

Xo’sh bu holat, haqiqiy ma’noda dardsizlik kasali va bu kasaldan ogohsizlik faqat bizning jamiyatimizga xosmi? Yo’q! Biz yashayotgan dunyo dardlarni tarixning qora davrlarida qoldirishga muvaffaq bo’lgan. Ilm-fan, tehnika, kapitalizm-demokratiya juftligi prinsiplari ostida insonni xurofotlar botqog’idan aql chizib bergan nurli so’qmoq yo’liga solabilgan baxt-saodat asri. Bunday jamiyatda, bunday nurli davrda dard o’z-o’zidan yo’qoladi, inson baxt bilan yolg’iz qoladi. Adabiyot ham o’z-o’zidan faqat aql, ilm soyasi ostida shakllanadi. Aql usti yoki pastida bo’lgan dard-iztirob, qurbon bo’lish kabi tushunchalar na bir she’rga, na bir romanga mavzu bo’la oladi.

Romanlar, she’rlar ilm-fan yutuqlari, texnika mo’jizalari, jamiyatdagi mayda-chuyda, ikir-chikir mojarolar va shu kabi ratsional mavzular ustiga quriladi. Hatto bu adabiyotda she’r yerini roman egallaydi. Chunki she’rda shoir aytganidek “his va fikr” bor. Romanda esa gap bor, detal bor, intriga bor, lekin na fikr, na his mavjud.

Xo’sh bunday baxt-saodat asrida dard yo’qoladimi? Ma’lum bir ma’noda ha: chunki dard mavjud bo’lishiga qaramasdan u chekilmaydi, sezilmaydi. Yoki ba’zi-ba’zida oniy tajriba qilinadi va yana tezda unutiladi. Masalan, Iroq, Falastin, Shimoliy Koreadagi mudhishliklar televizor ekranida berilgani bilan u hech kimni larzaga solmaydi. Yoki tsunami bir onni o’zida million insonni o’ldirgani uchungina, buyuk teatral hodis bo’lgani uchungina ma’lum bir muddatga odamlarga ta’sir qiladi, qisqa muddat ichida fuqarolar yuzlab million dollar pul yig’ib berishadi. Lekin dard shu qutiga tashlangan qogoz pul, ma’lum bir tashkilot adresiga ketgan chek ichida, konvertga qo’shilb bizni tark qiladi. Va biz yana baxt-saodat asri yaratib bergan imkonlardan foydalanishga davom etamiz.

Albatta dard chekadiganlar bu jamiyatlarda ham mavjud. Ular she’r ham yozadilar, roman ham yozadilar, balki tanqidiy ilmiy asarlar yozadilar. Lekin ularning ovozi buyuk saodat shovqini ostida ko’milib ketadi. Ularga dard chekuvchi sifatida emas, balki “marginal”lar tamg’asi bilan murojaat etiladi. Yoki ularning asarlarini ijtimoiy tanqidning namunasi sifatida universitet kutubhonalarining chang bosgan tokchalariga eltib qo’yamiz, yoki turli san’at terminlari bilan atab, marginal oqimlar sifatida chiroyli-chiroyli sharhli bir-ikki maqola chop etish bilan chegaralanamiz.

Dard, Azob, Iztirob…
Dard, Azob, Iztirob…

Bu tushunchalar bilan ko’plab boshqa turli so’z va tushunchalarni bog’lash mumkin : qiynoq, kasallik, ayriliq, muhabbat, she’r, hijrat, hijron…

Bu tushunchalarni “ichkari”dan turib tarif eta olmayman, chunki haqiqiy ma’noda bu tushunchalarni yashadim deb ayta olmayman. Lekin, so’z va sifatlari, hol va kayfiyatlari bilan shu tushunchalarni yashab o’tganligi bilingan insonlarni ko’rib “tashqari”dan turib ba’zi fikr-xulosalarga kelish mumkin.

Dard, iztirob chekayotgan insonlarni umumiy qilib ikkiga bo’lish mumkin:

Birinchi holatda, bu aksariyatga tegishli dard, azob – bu no-ixtiyoriy bo’ladi. Biror kishi o’zi hohlamagan va kutmagan vaqtda dard-iztirobga uchraydi va azob chekadi. Bunga masalan, sevgan farzandini nogahon yo’qotgan ona, sevgilisidan o’z ixtiyorida bo’lmagan sabablarga (o’lim, safar, yo’qotish) ko’ra ayrilgan oshiq, yoki kengroq ravishda, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy bo’hron natijasida oilasini tebrata olmay azob chekayotgan otalarni sanab o’tish mumkin. Bu insonlarni hech qaysinisi o’zlari chekayotgan dard-iztirobni o’z ixtiyorlari bilan so’rab olishmagan va agar ularga oldindan shunday tanlov huquqi berilganda ham hech qachon bunday holatni tanlmasliklari ma’lum hol.

Ikkinchi holatda o’z ixtiyorlari bilan yoki shaxsiy yoki bir jamoat yoki bir jamiyat hattoki butun bir insoniyat dardini o’z dardi qilib olgan va bu dard bilan yonib-kuygan va bu dard yo’lida juda qattiq, hatto g’ayri oddiy yoki xorijiy kalima bilan aytganda “supranatural” qiyinchilik, azob, iztiroblarni yashab o’tgan shaxslarni ko’rish mumkin. Bunday shaxslar ro’yhati boshida Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam boshchiligidagi barcha payg’ambarlar hamda hoh havoriylar, hoh sahobalar (r.a.) bo’lsin payg’ambarlarga ilk ishongan va ularga ilk onlarda dastak bo’lib umrini fido qilgan insonlar va tarix bo’yicha shunday insonlarga ergashgan shaxslar kiradi. Bunday insonlar qatoriga yuqorida zikr etib o’tilganlarchalik keng ko’lamda bo’lmasa ham ma’lum bir jamiyat, millat uchun jon chekkan milliy istiqlol kurashchilari (samimiy “bosmachilar”, falastinliklarning ba’zilari, Bolivar vh), ma’lum bir ideologiya uchun qayg’urganlar(umrini qamoqlarda o’tkizgan intellektuallarni misol qilip keltirish mumkin; bular qamoqdagi azob-uqubatlar ichida o’z fikr g’oyalarini shakllantirdilar: Gramsci, Said Qutb kabi), ma’lum bir ijtimoiy guruhlarning dardlari uchun yashab o’tgan insonlar (turli “NGO”larning samimiy va aktiv a’zolari, bundaylar bazida qonunga qarshi borib qamoqqa borishi malum bo’lsa ham o’z g’oyalari uchun aksiyalar o’tkizishadi), ma’lum bir soha uchun mehnat chekkanlar (ayniqsa ilm sohasida ba’zi olimlarning qanchalik dardlar chekkani hammaga ma’lum) va shu kabi insonlarni kiritish mumkin.

Bu insonlarni birinchi guruhdagilardan ajratib turgan xususiyatlarning eng asosiysi ushbu holatni yashashdan oldin tanlash huquqi bo’lganligida: ular hohlasa ma’lum bir da’vo, ma’lum bir millat yoki guruh, yoki ilm-madaniyat uchun kurashni boshlamasliklari va boshqa ko’pchilik insonlar qatori shaxsiy g’amlari bilan ovora bo’lib o’tishlari mumkin edi. Hamda hayotlari davomida bunday tanlov huquqi bir necha marta ularga taklif qilingan. Lekin ular har doim dard-iztirobni davom ettirishga qaror qabul qilganlar.

Masalan, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tarixda eng ko’p azob-uqubatlarga duchor etilgan shaxs hisoblanadi: bu azob-uqubatlar ham jismoniy, ham no-jismoniy edi. Da’vosining boshida ho’rlab-tahqirlandi, hatto ko’p marotaba do’pposlandi, toshbo’ron qilindi, keyinchalik urushlarda bu muborak Inson vujudining yaralanmagan va qonamagan yeri qolmadi, yillar davomida tarafdorlari bilan mash’um blokadada tutildi, eng qiyin onlarda darmoni bo’lgan eng yaqin insonlaridan judo bo’lib huzun yilini ham yashadi, umrining so’nggi qismlarida esa balki qandaydir ma’noda yengillikka imkon bo’lgan davrda ham ba’zida ochlikdan, ba’zida ibodatdan jismoniy qiyinchliklarni boshidan o’tkazdi va eng muhimi nafaqat o’z atrofidagi zamonadoshlari uchun qayg’urdi, balki kelajakda keladigan butun insonlarning saodati uchun qayg’urdi, yig’ladi, dard chekdi.

Boshqa payg’ambarlarning tarixi ham azob-uqubatlarga to’la bo’ldi: kimining oilasi azolari zalolatda o’tip ketdi, kimining farzandini ataylap ajratdilar, kimnidir sog’ligi, mol-mulki qo’ldan olindi, kimdir qavmi tomonidan tahqirlandi, bazilarini hatto arra bilan bo’lip tashladilar. Lekin ular hech qachon o’z da’volaridan qaytmadilar. Ularga ergashgan sahobalar, havoriylarning ham umrlari azob-uqubat bilan to’la bo’ldi. Bir umr dard bilan o’tdilar. Lekin ular ham da’vodan voz kechmadilar.

Millat istiqboli, istiqloli uchun kurashgan insonlar ham o’z hohishlari bilan kelajakni anglab turgan holda umrlarini dard-iztirob, azob-uqubat ichida o’tkizishga qaror berishdi va shunday yashab ham o’tdilar. Bazi olimlarning ilm yo’lida, ma’rifat yo’lida chekkan qiyinchiliklari odamni lol qoldiradi.

Ikki guruhga bo’lganimiz bu insonlarning dard chekishlari ham ikki xil natijaga olib keladi. Ko’pincha no-ixtiyoriy dard ostiga tuship qolgan insonlar ma’lum bir vaqt mobaynida yoki butun umr davomida ham ma’nan ham moddan dard chekip o’tadilar va ularning dardi asosan o’zlariga ta’sir qiladi. Ular yo bu dardni keyinchalik unutishga erishadilar, yoki ushbu dard orqali bir umr baxtsiz o’tadilar va hattoki kimilari o’z umriga qasd qiladilar. O’zini o’zi o’ldirgan yoridan ayrilgan oshiq, bolasini boqaolmay o’zini osib qo’ygan ota yoki ona va boshqa bazi misollarni keltirish mumkin. Bundaylarning dardi qanchalik cho’zilsa, ular ham shunchalik ezilishadi, azob chekishadi. Bu azoblari ham jismoniy ham ma’naviy bo’ladi. Bunday dard chekuvchilar ko’paysa va bularning dardiga malham bo’ladigan tashqi ta’sirlar bo’lmasa jamiyatda dard-iztirob, rohatsizlik ham ko’payadi. Va maydonni umumiy baxtsizlik, mamnunsizlik qoplab oladi: misol qilib ba’zilarimiz yashagan yoki yashab turgan jamiyatlarni keltirishimiz mumkin.

Ikkinchi guruhdagi insonlarning dard-iztirob chekishlari esa ko’pincha ham o’zlari ham boshqalari uchun oxirat saodat mevalari va o’zlari uchun bo’lmasa ham boshqalari uchun dunyoviy rohat-farog’at meyvalari paydo bo’lishi bilan natijalanadi. Payg’amblarlarning dard-iztirobi bu ummatlarning ikki dunyo saodatiga erishish uchundir. Hattoki Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o’lim yotog’ida yotganlarida ham “Ummati” deb ummatining saodati haqida qayg’urganlar va u muborak Zotga salovoti shariflar bo’lsinki, insoniyatning buyuk bir qit’asi ham dunyo ham oxirat saodat, rohat-farog’atiga erishdi.

Millat istiqloli kurashchilari dard-iztirob chekishlari, hatto bu yo’lda qurbon bo’lishlari ular qayg’urgan millatning ozod bo’lishi va rivojlanish yo’liga qadam boshlashi bilan yakunlanadi. Ilmiy izlanishlar yo’lida ming azob chekkan olimlarnin mehnati natijasida yangi-yangi ilmiy yutuqlar, kashfiyotlar qilindi va bu bilan insonlarning hayoti ma’lum bir manoda yengillashadi.

Bu insonlarning dard-iztirobini balki “creative suffering” ya’ni bunyodkor dard chekish deb tariflasa bo’ladi. Bular qanchalik ko’p va uzoq dard chekishsa, ulardagi bunyodkorlik samaradorligi ham shunchalik oshadi. Bir jamiyatda bunday dardli insonlar qancha ko’paysa, bu jamiyatning kelajagi saodat ichida kechishi uchun “shanslar” shuncha ko’payadi.