Umumiy

post thumbnail

Muxotab Allohdir

Bir gazetada quyidagi yozuvni o’qib qolgandim: Yosh bola onasidan yig’lab bazi narsalarni hohlasa – so’rasa, qul ham Robbidan ko’p narsalarni so’rashi mumkin va so’raydi. Duoning ma’nosi hohlamoqdir. Inson juda ojizdir. Juda ko’p narsaga muhtojdir. Juda tez xafa bo’ladi, birdaniga shoshilib qolishi mumkin. Ko’p buyuk ishlarni qilishi mumkin, lekin ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan mikrob uni yengadi. [...]

1Nov2008 | Iqbol | 3 comments | Continued
post thumbnail

Epistemologiya

Epistemologiya turli fan, bilimlarning prinsiplari, gipoteza va natijalarini tanqidiy o’rganib chiqishni maqsad qilib olgan. Bundan maqsad ushbu fan va bilimlarning mantiqiy kelib chiqishi, qadr-qimmati va obyektivlik darajasini belgilashdir. Tor ma’noda, epistemologiya voqeliklarni kuzatib, ta’riflab va tahlillab beruvchi bilim va fanlarning qay darajada haqqoniyligni o’rganib chiquvchi tanqidiy tadqiqotdir. Ayni vaqtda bilim nazariyasi va bilim falsafasi ham [...]

1Nov2008 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Deduksiya

Deduksiya – oldindan mavjud bo’lgan bir umumiy haqiqat, umumiy prinsipning o’ziga xos tartibli fikrlash va mantiq qoidalariga asoslangan holda, maydaroq, yakka holatlarga tadbiq qilinishiga aytiladi. Deduksiyada umumiy bir gipoteza hayotdagi mavjud yakka holatlar orqali tekshirib chiqiladi. Bu umumiy prinsip oldindan mavjud, va holatlarni faqatgina bu prinsipni tekshirish, tatbiq qilish uchungina o’rganiladi. Bu yerda birlamchi o’rinda [...]

1Nov2008 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Induksiya

Induksiya – ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish. Bu usul bo’yicha, oldin ko’p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar yaxshilab kuzatiladi, o’rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa chiqariladi. Induksiyada mantiq asosiy o’ringa ega emas, tajriba birlamchi ro’lga ega. Faktlardan qoidaga qarab, yakka [...]

1Nov2008 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Muhammad Iqbol Payg’ambarlik haqida

” Arabistonlik Muhammad eng yuksak osmonga (me’roj nazarda tutilyapti) chiqdi va undan qaytip keldi. Xudoga qasamki agar men o’sha nuqtaga yetganimda hech qachon qaytip kelmagan bo’lardim». Bu so’zlar buyuk avliyo Gangoh’lik Abdulquddusga tegishli. Agar butun sufiy adabiyotini varaqlap chiqqanimizda shu jumlalar kabi paygambar ongi bilan mistik ong o’rtasidagi farqni shu qadar aniqlik va noziklik bilan [...]

5Aug2007 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Ibodat va zikr haqida

Hozirda ko’pchiligimiz ibodatni ado etib yuribmiz deganimiz bilan, afsuski ko’pincha qilgan ibodatlarimiz chala chulpa va shoshilinch ravishda qilingan besh vaqt namoz bilan cheklanib qoladi. Albatta, besh vaqt namoz bilan shar’an Allohning oldidagi bir burchimizni ado qilamiz va qabul qilinishini umid qilamiz. Lekin, biz qalbimizda ko’p yaxshi ishlarni qilishni orzu qilib yuramiz. Afsuski, ba’zida yillar o’tadi, [...]

31Jul2007 | Iqbol | 4 comments | Continued
post thumbnail

Sovet matbuotidan…

Bir kuni Sovet O’zbekistoni gazetasining 1984 yilda chiqqan va aynan adabiyot va shoirlar haqida yozilgan editorial’ini o’qip qoldim. O’sha yerda muallif (anonim) bazi shoirlarni biroz dardli hisda sher yozgani uchun mavhumlikda va fan-texnika yutuqlariga loqaydlikda va sustlikda ayblaydi. Quyida shu yozuvdan bir iqtibos: “She’riyatimiz yoshlar hisobiga yangi qudrat, shiddat kasb etdi. Grajdanlik ohanglari baland pardalarda [...]

27Jul2007 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Dard, azob, iztirob ( davomi)…

Albatta bu fikrlar, bunday guruhlarga ajratishlar faqatgina hayolimda paydo bo’lgan sun’iy chiziqlar xolos. Bazi holat, tushunchalarni yaxshiroq tushunish uchun o’zimiz uchun shunday to’laligicha qamrab olishga kuchimiz yetmagan voqelikni ba’zi jihatlarini chegaralab, aniqlashtirib beradigan sun’iy chiziq, fikriy qurilmalarga ehtiyoj sezamiz. Bu olatlar sun’iy bo’lganligi uchun ham har doim shaxsiy va nisbiy bo’lib qoladilar. Shuning uchun haqiqiy hayotda voqeliklar har doim ham ushbu qoliplarga mos tushavermaydi.

Masalan, Majnunlarni birinchi guruhga kiritamizmi yoki ikkinchi guruhga? Ular ham no-ixtiyoriy ravishda, o’zi kutmagan holatda bir boqish, bir so’z, bir e’tirof bilan oshiq bo’lib qoladilar va bir umr dard-azob ichida o’tadilar. Bunday insonlarning ko’plari dard orqasida halok bo’ladilar. Shuning uchun ham ularni birinchi guruhdagilar qatoriga kiritib qo’yishga shoshilasan. Lekin majnunning hikoyasi asrlar davomida minglab insonlarning qalbida sevgi, go’zallik, yorga sadoqat, yorga intilish kabi go’zal tushunchalarning shakllanishiga sabab bo’lib kelyapti. Buning ustiga Majnun ham tanlash huquqiga ega bo’ldiku: yoriga uchrab dardiga nuqta qo’yish imkoniyati hosil bo’lgan onda, o’z ixtiyori bilan “Layli sen emassan!” deb azob so’qmoqlarini tark qilmadiku! Buni endi qaysi guruhga qo’shamiz?

27Jul2007 | Iqbol | 3 comments | Continued
post thumbnail

Dard, Azob, Iztirob…

Dard, Azob, Iztirob… Bu tushunchalar bilan ko’plab boshqa turli so’z va tushunchalarni bog’lash mumkin : qiynoq, kasallik, ayriliq, muhabbat, she’r, hijrat, hijron… Bu tushunchalarni “ichkari”dan turib tarif eta olmayman, chunki haqiqiy ma’noda bu tushunchalarni yashadim deb ayta olmayman. Lekin, so’z va sifatlari, hol va kayfiyatlari bilan shu tushunchalarni yashab o’tganligi bilingan insonlarni ko’rib “tashqari”dan turib [...]

27Jul2007 | Iqbol | 0 comments | Continued