She'riyat olami

post thumbnail

Ona Turkiston – Sherali Jo’rayev

ONA TURKISTON
Asli oting Turkistonmidi?
Shunday qolsang qashqir yermidi?
Bo’ldi o’zbek, qirg’iz, qozoq, deb,
Ag’yor seni qo’shil dermidi?
O’zbek, qirg’iz, qozoq – sartimsan,
Uyg’ur, totar, turkman – turkimsan,
Tojik – og’am, ozor – O’g’uzsan,
Bir Onadan tarqagandirsan.
Qadding ko’tar, Ona Turkiston!
Yillar o’tar, qara, Turkiston!
Orol qani, toshqin soy qani?
Yer ostingda gazu moy qani?
Qayot ketdi bor oltinlaring?
Tanang uzra dardsiz joy qani?
Qadding ko’tar Ona Turkiston!
Yillar o’tar, qara, [...]

20Sep2009 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Muhammad Rahimxon yurt qayg’usi haqida

Soqiyo keltir bodai lolarang,
Oning nash’asidan bo’lib bedarang
Solay shumi g’avg’o jahon ahliga,
Ne Rusu, ne Rumu, qolsin ne Farang

8Jul2009 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Shijoat haqida

Beshta sherni gar zabun qilsang shijoatdin emas,
Nafs itin etsang zabun olamda yo`q senday shujo.
[...]

3May2009 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Do’st haqida

bir forumda o’qib qoldim:
Оллохимнинг бандаси сизга не булди?
Гам гусса чекмокдасиз, калбга не булди?
Кузлар ёшга тулибди, нурга не булди?
Тинчингиз ёкатибсиз, рухга не булди?
Узга юртда яшамок осонмас албат,
Узга тилда суйламок дилга хуш ёкмас
Узга ерда яшаб фирог чекканда,
Уз рухинг жиловлаб яшаш осонмас.
Эслаб она юртинг багринг яйрайди,
Жаннат иси келгандек дилинг яйрайди,
Сабирга таяниб кунинг утганда
Висолни согиниб рухинг яйрайди.
Муссофир булганлар асли [...]

1Nov2008 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Besabrmenu besaru somondurmen

Basebrmanu besaru somondurmen,
Bir g’amzadadurmenu parishondurmen.
Ne dinning ishin qildimu ne dunyoning,
Yo Rab, netay, o’z ishimga hayrondurmen!
Zahiriddin Muhammad Bobur

8Aug2007 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

O’zga dunyo qidirib

Iste’dodli hamyurtimiz Mas’ud zamonamiz yoshlarining ahvolidan kuyunib yurgan ko’pchiligimizning dardlarimizni go’zal ravishda tasvirlaydi:
Ўзга дунё қидириб…
Ўзимнинг оламим бир четда қолиб
Ўзга дунёларда яшамоқдаман.
Гоҳ узоқ қоламан ўйларга толиб,
Нимага қайтмайман ўзимга ҳамон?

5Aug2007 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Iymonimga

Bir go’zal va chuqur ma’noli she’riy asarning tug’ilishiga guvoh bo’lish va uni bu yerga qo’yish sharafiga noil bo’lganimdan xursandman va shukrlar aytaman. Quyida qadrli vatandoshimiz Mahmudjonning “Iymonimga” chaqirig’ini o’qishga taklif qilaman. Robbimiz bu do’stimizning qalbi, ongi, ruhida o’rnashgan nafis va nazokatli qobiliyatlarining tom ma’noda rivojlanib go’zal mevalar berishini nasib qilishini tilab qolaman.
Iymonimga
Vulqon – yaram tilib [...]

4Aug2007 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Najib Fozil haqida

Bir kuni yozuvchi do’stlaridan biri Najib Fozilga:”O’zing haqida gapirishni to’xtatgin. Qo’yib ber, boshqalar yozip gapirsin sen haqingda” depti.
Shunda Najib Fozil: “Hech kim meni mendan o’tkazip maqtay olmaydi. Shuning uchun bu ishni o’zimga qo’yib ber” deb javob bergan ekan.
Menga bu kabi harakatlar g’alati ko’ringandi. Lekin, keyin o’qigan ma’lumotlarga asoslanib o’ylab ko’rsam, Najib Fozilning o’ziga bu qadar [...]

4Aug2007 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Sog’uniy Turkiston haqida

Borlig’im saqlay desang, ilm-hunardan qil yaroq!
Yo’q esa olg’ay boringni, qilmay hech kim so’roq.
Yer yuzi o’zgardi ammo, o’zgarish bizda yo’q,
Sindi Turkiston elining boshida yuz ming tayoq.
 Och ko’zing Turon eli, zing’ir bo’lur qo’ychibon,
Bormi bu  yongliq ulon, payqab qara boshdin oyoq!
Har o’g’il voris bo’lur qolgan otaning moliga,
Bo’ldi Turkiston elining vorisi yuzsiz qaroq.
Mol egasidur qaroqchilar bu ajoyib ishga boq!
Baxt [...]

3Aug2007 | Iqbol | 0 comments | Continued
post thumbnail

Fuzuliydan qisqa iqtibos

Yo Rab, baloyi ishq ila qil oshno meni,
Bir dam baloyi ishqdan etma judo meni

3Aug2007 | Iqbol | 0 comments | Continued