Iqbol » Saylanma

Ona Turkiston – Sherali Jo’rayev
ONA TURKISTON

Asli oting Turkistonmidi?

Shunday qolsang qashqir yermidi?

Bo’ldi o’zbek, qirg’iz, qozoq, deb,

Ag’yor seni qo’shil dermidi?

O’zbek, qirg’iz, qozoq – sartimsan,

Uyg’ur, totar, turkman – turkimsan,

Tojik – og’am, ozor – O’g’uzsan,

Bir Onadan tarqagandirsan.

Qadding ko’tar, Ona Turkiston!

Yillar o’tar, qara, Turkiston!

Orol qani, toshqin soy qani?

Yer ostingda gazu moy qani?

Qayot ketdi bor oltinlaring?

Tanang uzra dardsiz joy qani?

Qadding ko’tar Ona Turkiston!

Yillar o’tar, qara, Turkiston!

Seni asli iymoning butun,

Iymon ahli sitmagay yurtin,

Ko’z oldingdan tarqasin tutun,

Go’ro’g’lilar minsin Girotin.

Qadding ko’tar, Ona Turkiston!

Yillar o’tar, qara, Turkiston!

1992

Kelajakni sog’indim…
Kelajakni sog’indim…

Inson har doim qandaydir sog’inch hissi bilan yashaydi. O’ylaydi ota-onamni sog’indim. Ota-onasi huzuriga oshiqip boradi, ularning diydoridan bahra, quvonch oladi. Lekin, undagi sog’inch hissi yo’q bo’lmaydi.

Fikr qiladi, men sevgan yorimni sog’indim. O’smirlik chog’idanoq o’ziga munosib yor qidiradi, go’zal go’zal orzular qiladi. Va bir kun, Alloh’ning marhamati bilan aqlli, go’zal, muhabbatli yorini topadi va u bilan birga bo’ladi. Yangi oila baxt ichida turmushni boshlaydi. Bir umr balki davom etadi bu baxtli lahzalar. Lekin insonning qalbida hamon, o’z o’zi bilan xilvatda qolganida, majburan yashaydigan ikkiyuzlamachi dunyodan uzoqlaship qalbining chuqurliklaridan samimiyat qidirip kezayotganida o’sha yoshligidan, balki chaqaloqligidan unga hamroh bo’lgan so’ginch hissi yana yuzaga balqip chiqadi. Unga nimadir yetishmayotganday bo’ladi. U ushbu nimanidir qayerdadir ko’rgan, lekin eslay olmaydi. Eslay olmaydida, bu hodisaning bo’lganligidan imoni komil. U hayotini lahza lahzalap, har bir soniyasini ko’zdan chiqarishga tushadi, yoshligiga, o’smirligiga, chaqaloqligiga qaytadi. Lekin, u ko’radiki hatto chaqaloqligi davrida ham, hali unda komil inson shakllanmagan lahzalarida ham uning qalbida, ongida doimo sog’inch hissi birga yurgan bo’ladi. Shunda u onasining oldida qidiradi. Va hayron bo’ladi, hali u dunyoga kelmasidan oldin, u homilaligidanoq telpinip dunyoga kelishni va tezroq bu dunyodan huddi chaqmoq kabi, lahzada o’tip ketishni hohlagan ekan. Shuning uchun ham chiday olmasdan onasining qorniga tepip tepip qo’yganlarini eslap, beixtiyor o’ziga kulip qo’yadi.

Lekin, uning bu ishtiyoqi, bu dunyoga kelishi bilan bazi pok- nopok hissiyotlarga qorishadi va undagi samimiyat, ishtiyoq ma’lum bir darajada so’nadi, orqaga chekiladi. Shuning uchun ham, u doimo bir narsasini yo’qotganday yuradi har doim. Ne’matlarning ichida kon’gli to’lmagan, baxt og’ushida mayus, lekin baxtsizlikda ham unga soginch hissi qandaydir umid uchqunlarini olip kelip turadi.

Va, inson o’tiradi yana ham chuqurroqqa, qalbining, ongining chuqur chuqurlariga qarap tushishni boshlaydi. Va, u bu chuqur, chiroqsiz chohlarda o’ziga yo’lboshchi qilip imon nurini, Paygambar o’gitlarini tutadi. Shu lahzadan boshlap uning ongi aniqlashadi, va chuqur so’ngida alas alas bilinip turgan yog’du kuchaya boshlaydi. Va, shunda u haqiqatga qarap yaqinlaship boradi, va ohirida Allohning inoyati bilan Qur’on talimoti Paygambar merosi shulalarida anglap yetadiki u bir umr kelajakni so’ginip yashadi.

Lekin, sog’inish uchun sog’ingan narsangni hech bo’lmasa bir marta ko’rgan bolishing kerakku? Shuning uchun hayot davomida kimni uchratgan bo’lsang, va ularning senga aloqasi darajasida sen kimni ko’proq kimni ozroq sog’inip yashaysan. Unda sendagi eng kuchli soginch hisi qaysi tajribadan keladi? Sen qanday buyuk, senga eng Mehribon, senga eng Yaqin zotni ko’rdingki, hatto ota-onang, yoring, qiyomat do’sting bilan bo’lganda ham sen doim U’nga talpinip yashading?

Shu lahzada, inson to’xtaydi, va qalbi atom kabi shu’la, yorug’lik, ziyo bilan to’ladi. Va, Tarixning bohslanishiga, Inson bu dunyodagi eng birinchi lahzasiga boradi, va o’zini millionlap, milliardlap ruhlar o’rtasida, hurmat va itoat bilan Eng Buyuk Zot’ning chaqirig’iga “Balв” dep bo’yin egip turgan holda topadi. O’tmish boshlanadi shu lahzadan. Ilk marta Alloh huzurida mavjudiyatini boshladi va Alloh’ga bandalik qilishni, Alloh’ning eng yuksak mas’uliyatini ixtiyoriy ravishda bajonidil qabul qildi. Hatto ba qarori uchun boshqalar unga “sen nodonliging uchun bunday buyuk mas’uliyatni, loyiq bo’lmaganing holda qabul qilding. Sen bu omonatga sodiq bo’la olmaysan” deb sitam qilishdi.

Lekin, u ich ichida bu buyuk sharafga noil bo’lganidan o’zini tom ma’noda baxtli his qilardi. Va, u o’sha lahzadan boshlab, qaytadan bu onlarni yashash uchun talpinib yashadi.. Va, U shu lahzani yodida saqlaganida, har doim uning uchun o’tmish bilan kelajak bir mano kasb etdi. Va, u ayni vaqtda ko’rip ko’rmagan, yashab, endi yashaydigan lahzani kutip yashadi. Undagi butun sog’inch hissi shu lahzada boshlandi. Va, yana qaytip shu lahzaga kelguincha davom etadi. Undagi bu sog’inch ota-onasiga, yoriga, har qanday narsaga bol’gan sog’inchdan minglab baravar kuchli. shuning uchun, sindirilip daryodan ayrilgan qamish yana daryoga qaytgunicha bir umr m’ayus kuylar bilan dunyoni to’ldirgani kabi, Inson ham bir umr sog’inip yahsaydi, va u shu sog’inchini bilgan yoki bilmagan holda ifoda qilip yashaydi. U qanchalik bu hisdan ogoh bo’lsa uning ifodasi ijobiy, dunyoga zararsiz bo’ladi. Lekin, u bu hisdan umuman bexabar bo’lsa, sog’inchning asl sababi nima ekanligini unutsa, unda u ham o’ziga ham boshqalarga zarar keltirib qo’yishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham insoniyat bugun moddiy dunyoda eng cho’qqi rivojlanishga keldi, o’zi xohlagan va undan oldingi butun nasllar orzu qilgan yutuqlarga, cho’qqilarga erishdi. Lekin u ushbu sog’inch hissini va sababini unutip qo’ygani uchun hali ham o’zini baxtsiz his qilmoqda. Eng cho’qqidan turip o’zini jarlikning tubida ko’radi. Chunki u bu hisni o’zi bilmagan holda majburan berkitadi va natijada salbiy hislar qaramida qolip ketadi.

Lekin, bu hisdan ogoh insonlar esa, bu hisni anglap yetgan onidan boshlap, uni avaylap asraydilar, va o’zlarini o’sha lahzaga tayyorlap umr kechiradilar.

Va hayot bor ekan, insonlar doimo kelajakni sog’inip yashaydilar!

Saharlab uyg’onish sirlari va hikmatlari
Qanday qilib azonda uyqudan tura olish mumkin…?

Azonlab turish yaxshidur, chunki bunday odat insonning sog’,badavlat va donishmand bo’lishiga olib keladi. Aflotun.

Sir emas ki, hamma ham azonlab tura olmaydi. Ruxshunoslar insonlarni bioritmlariga ko’ra „to’rq’ay“(ertalab bemalol vaqtlik uyg’onib, ishga kirishib keta oladi, faollik  fazasi tushlikgacha, kegin asta sekin so’nib boradi ) va  „boy’qush“larga (ertalab uyg’ona olmaydi, tushlikgacha ishga kirisha olmaydi, lekin tushlikdan so’ng to deyarlik sahargacha unumlik harakat qiladigan insonlar) ajratsalar da, bunday ajratish shartli ravishdadir.

O’z tajribamdan kelib chiqgan holda ashaddiy „boyqush“ ham azonlab uyg’onishga moslasha oladi degan xulosaga keldim. Tajribam quydagicha edi. 25 yoshlarimgacha ertalab 9-10da uyg’onib, yarim kechasi 1-2gacha, bazilarda sahar 3-4 gacha o’tirar edim. Eng mahsuldor vaqtlarim ham tushlikdan keyngi vaqtlarim edi.Bunday odat, qiladigan ishi ko’p bo’lmagan kishilar uchun yaxshidir balkim, lekin vaqt taziyqi ostida turganlar uchun juda unumsiz bir odat ekanligini va azonlab turish bilan shaxsiy muvaffaqyat orasida kuchlik boq’liqlik borligini  anglab yetganimdan so’ng, vaqtlik turishga ahd qildim. Uyqudan oldin qo’ng’iroqni soat tonggi 5.00  ga qo’ydim…

…Va ertasi kuni tushlikdan sag’al oldin uyg’ondim.

Hmmm…

Va shunday hol ancha davom etdi. Ertalablar qo’ng’iroq chalishi bilanoq, birinchi  fikrim shu qo’ng’iroqning bongi o’chsada, men yana ozgina uxlab olsam edi. Va yarim-avtomatik ravishda qo’ng’iroqni o’chirib qo’ygandan so’ng, yana shirin uy’quga ketar edim. Taqdir emas ekan deb, eski odatimni davom etib yurgan edim, bir kun Internetda Steve Pavlina ismlik bloggerning „How to become an early riser“ nomlik maqolasiga duch kelib qoldim. Va shundan kegin boshlandi men uchun umuman boshqa hayot ;)

Maqolaning qisqa mazmuni quydagichadir. Uyqu masalasida ikkita yondashish bor: a) ko’pgina insonlar vaqtlik turmoqchi bo’lsa, kechasi vaqtlik uxlashga harakat qiladi, uxlagisi kelmasa ham; b) insonning organizmi o’zi biladi qancha uyqu unga kerakligini, shuning uchun uyqu kelgandagina uxlash kerak va qo’ng’iroqsiz ham uyquga to’yganingizda o’zingiz uyg’onasiz  degan yondashuv.

Steve Pavlina esa bu ikki yondoshuvni birlashtirgan holda, shunday deydi: uyqingiz kelgandayoq uxlang, lekin har kuni ertalab aniq bir vaqtda turing. Kechasi nechchiida yo’tsangiz ham, ertalab belgilagan vaqtingizda turishga harakat qiling. Aytaylik, bir kun tungi 12-1 gacha qolib ketdingiz. Qo’ng’iroqni esa soat sahar beshga qo’ygansiz. Ertasi, nima bo’lsa ham, o’sha belgilangan 5 AM’da turishga harakat qiling, kuningizni o’tkazing. Bir ikki kun shunday davom etsa, qarabsizki,  bundan buyon kechqurun soat 21-22 larda avtomatik tarzida „knock out“ bo’lasiz – o’chib qolasiz, chunki vujudingizning o’zi biladi qanchalik unga u’yqu kerakligini, va sizni “o’chirib qo’yadi”. Agarda  har kuni soat 5AM da turaman deb o’zingizga va’da bersangiz va shunga hech qanday murosasiz harakat qilsangiz, organizmingiz  kechqurunlari 12-1 gacha  o’tira olmaydi, chunki biladi da, ertalab vaqtlik turish kerakligini va uxhlab dam olib olmasa, qiyin bo’lishini. Shunday davom etsangiz,  3-4 kunda  eski 1-2gacha o’tirib chiqish odatingiz o’rniga yangi vaqtlik turish odati hosil bo’ladi. 30 kun davomida  shu yangi odatni qo’llang va bu odat siz bilan butun umrga qoladi,qon qoningizga singib ketadi. Deyarlik;).

Azonlab turishda bir necha nuanslarga – muhim detallarga e’tibor berilishi kerak.

Agarda kafeinga o’rganib qolgan bo’lsangiz, birinchi bo’lib shu kafeindan voz kechishingiz kerak, chunki u insonning uyqu sikli(sleep cycle)ga juda ham ta’sir qiladi. Agarda kechqurunlari kofe ichsangiz, tabiiy uyquga ketishni kutmang.

Iloji boricha soat 18-19 dan so’ng to’yib ovqatlanmang, chunki baribir hazm bo’lmaydi, oshqozoningizda yotadi parchalanmasdan. Ovqatingiz ozuqadan zaharga aylanadi, yaxshi uxlay olmaysiz, toksikoz natijasida esa ertalab  noxush tuyg’ular bilan uyg’onasiz, va bu tuyg’u kuningizni qanday o’tishini belgilaydi.

Agarda qo’ng’iroq bong urishi bilan, o’rningizdan tura olmasangiz, bu shaxsiy intizomingiz(self-discipline)  kuchsiz degani. Intizom bir muskul kabi, qanchalik ko’p bir muskulni ishlatsangiz, shunchalik u kuchli bo’ladi. Bu o’hshatish intizomingizga ham taalluqlik. Bir martada qiyin bo’ladi, ikkinchi maratda ham. Lekin davom etarkan, borgan sari yengillashaveradi.

O’zi nega azonlab turish  kerak?

Bu savolga albatta siz  o’zingizga uyg’un ravishda javob berishingiz kerak. Chunki, ertalab turib, nima bilan  shug’ullanishini bilmaydigan, aniq rejasi yo’q inson yana uyquga ketib qolishi aniq.

O’zingiz o’ylab ko’ring, hatto 30 daqiqa vaqtliroq tursangiz odatdagidan, bu  har kuni badan tarbya bilan shug’ullanish, bir oyda 3-4 kitob o’qish, namoz o’qish kabi foydalik mashg’ulotlarga ajrata oladigan ortiqcha vaqt degani.

Endi tasavvur qiling, 30 daqiqa emas, 2-3 soat vaqtliroq turasiz har kuni, masalan 7:00 AM’da emas, 04:00 AM’da. Bir oyda bu ortiqcha 93 soat degani. Bir yilda esa 1116 soat yo’ki bir yarim oy sizning ixtiyoringizda. 10 yilda esa deyarlik qo’shimcha bir yil umr sizga berildi degani.

Ertalab turishda nafaqat jismoniy (eng ko’p yashaydigan insonlar hammasi qu’yosh chiqishidan oldin turishadi – bu ilmiy fakt), balkim ruhiy ham ancha foyda bor, butun kunga energya, optimizm, o’ziga ishonish  kabi xislatlar-tuyg’ular shahkllanadi, hayotingiz bir muvozanaga keladi.

Siz ham harakat qilib ko’ring, achinmaysiz.

Ma’rifat nima – Immanuel Kant
Emmanuel Kant, Qu’est-ce que les Lumières ? ( What is the Enlightenment ?), Konigsberg, 30 september 1784<o:p></o:p>

<o:p> </o:p>

Emmanuel Kant, M’arifat nima ?¨<o:p></o:p>

<o:p> </o:p>

Ma’rifat bu insonning o’zi sababchi bo’lgan qaramlik holatidan chiqishidir. Qaramlik holati bu boshqasining yordamisiz o’z ongidan foydalana olmaslikdir. Qaramlik holatining sababchisi o’zimiz bo’lamiz. Chunki bu holat ongimizning yetishmasligidan emas, balki bu ongimizdan boshqasining yordamisiz foydalanishga qarorliligimiz va jur’atimiz yetishmasligidan kelib chiqadi. Sapere aude ! O’z ongingdan foydalanishga jur’ating yetsin ! Ma’rifatchilarning ( Enlightenment)  shiori budir. <o:p></o:p>

Yalqovlik va qo’rqoqlik oqibatida juda ko’p insonlar, ular tabiatan ozod bo’lsalarda, butun umrlari davomida o’z hohishlari bilan qaramlik holatida yashaydilar. Buning natijasida boshqalarga otaliq bo’lishga nomzod insonlar ham ko’payip ketadi. Qaram bo’lip yashahslik naqadar ham oson. Ahir mening aqlimning o’rniga tayyor kitob bo’lsa ; vijdonimning o’rniga tayyor bir ruhiy rahbarim bo’lsa ; mening qanday taom yeyishimni mening o’rnimga belgilab beruvchi doktor tursa- meni o’zimning harakat qilishimga hech qanday hojat qolmaydi. Butun bu hizmatlarni sotib oladigan pulim bo’lsa, boshqa narsaga hojat yo’q- mening o’rnimga bu hojatlarim bilan shug’ullanuvchi insonlar har doim topiladi. Va insonlarning aksariyati             ( asosan, ayollar) bu qaramlik holatidan chiqip ketishga harakat qilishni juda xavfli va azobli deb biladilar. Bu tushunchaning sababchilari esa bu insonlarni hojatlariga qaraydigan muallimlarning har doim tayyorligidadir. Bu muallimlar qaram insonlarning johillik holatiga solgandan va har tarflama o’zlariga bog’liq qilib qo’ygandan keyin, ularga agar mustaqil qadam qo’ymoqchi bo’lsalar qanday buyuk xavflar borligini uqtiradilar. Aslida esa bu xavf u qadar ham buyuk emas- bir necha marta yiqilgandan keyin albatta ular yurishni ham o’rganib oladilar. Lekin ko’pchilik insonlar shu bir necha yiqilishdan qo’rqip keyingi harakatlardan yuz o’giradilar.

Shuning uchun ko’p insonlar yakka holda tabiiy holati bo’lip qolgan qaramlik holatidan qutulishlari juda qiyin. Hatto bu insonlar bu qaramlik holatiga o’rganip qolganlar va qaysidir manoda bundan lazzat oladilar. Natijada u o’z ongidan foydalanishdan ojiz, chunki unga hech qachon buni o’rgatmaganlar. Bu doimiy qaramlik holatining qo’riqchilari bu turli qoidalar va formulalar, aniqro’gi bu vositalarning haddan tashqari qo’llanilishi yoki ularni suistemol qilishdir. Birinchi marta bu formulalarni rad qilgan inson birdaniga o’zini tor qoyadan pastga qarap otgan kabi juda noqulay holatga tushadi chunki ; chunki u hech qachon bunday ozodlikka o’rganmagan. Shuning uchun ham o’z ruhlari ustida ishlash orqali bu qaramlik holatidan qutulib chiqqan va to’siqlarga qaramasdan mustaqil qadam bosishga o’rgangan insonlar juda ham ozchilikni tashkil qiladi.   <o:p></o:p>

Shahslardan farqli holda, bir jamoat (jamiyat- obshetvo)ning qaramlik holatidan chiqip ketishiniing ehtimoli ko’proqdir : hurriyat bolgan taqdirda bu hatto oldini olip bo’lmas bir jarayondir. Chunki, har bir jamiyat ichida har doim mustaqil fikrga ega shahslar mavjud boladi. Bu insonlar avval qaramlik zanjirlarini uloqtrip tashlaydilar va o’z atroflarida inson ongini qadrlash va har bir insonning mustaqil fikrlashga qobiliyati borligini targ’ib qila boshlaydilar. <o:p></o:p>

Bir jamiyatda oldindah shakklangan tayyor qolip tushunchalarning (prejudices, bias) bolishi juda havflidir, chunki bu fikrlar bir kuni o’z mualliflarining boshlariga yetadilar. <o:p></o:p>

Bir jamiyat Ma’rifatga faqat sekinlik bilan yetishadi. Revolyusiya orqali faqatgina bir despotizmning yoki pul va hokimiyat hirsiga tayangan zulmning qulashiga erishish mumkin ; lekin hech qachon fikrlarda chuqur bir burilish yasashga eriship bo’lmaydi. Aksincha, revolyusiyadan keyin ham jamiyatta yangi qolip tushunchalar vujudga kela boshlaydi va xalqning qaramlik holaitda saqlanishiga sabab boladi. <o:p></o:p>

Ma’rifatga yetishish uchun eng avval lozim bo’lga narsa bu hurriyatdir : hurriyat nomlangan tushunchalarning ichidan birtasi, u ham bolsa oz ong fikrlarini ochiq holda jamiyatga ayta olishdir. Lekin, voqelikda : hamma faqat bir narsani talab qiladi : fikrlamaslik. Zobit, tushunmasdan buyruqni amalga oshir deydi. Soliq mas’uli : ko’p fiklamasdan, to’lang deydi. Rohib : firklama, ishon, deydi ( Faqat, Olamlar Sohibi : hohlaganingcha fikrla, o’yla, tafakkur qil, lekin itoat qil, deydi). Har yerda hurriyatni cheklashlar. Bu hurriyat cheklashlardan qaysinisi Ma’rifatga to’sqinlik qiladi ? Aksincha, ulardan qaysi biri Ma’rifatga ijobiy foydasi bolishi mumkin ? – Men aytamanki : o’z ongidan (tafakkuridan) ochiq (in public) holda foydalana olishlik har doim erkin bolish kerak, bu hurriyatgina xalq orasiga Ma’rifatni olip kelishi mumkin ; Lekin o’z tafakkuridan shahsiy foydalana olishlikka cheklashlar qoyilishi mumkin, buni Ma’rifatga tosqinligi bolmasligi mumkin. Ochiq shaklda foydalanish (public usage) deganda, men bir insonning o’z tafakkurini, olim( scientist) sifatida (o’qiydigan) bir guruh (jamiyat) oldida ochiqlashini tushunaman. Shahsiy foydalanish (private usage)deganda, bu bir inson o’z tafakkuridan o’ziga yuklangan bir davlat ishini bajarish uchun foydalanishini nazarda tutaman. […] Masalan, yuqoridan bir buyruq olgan bir offiser o’ziga berilgan buyruqning to’gri yoki noto’g’ri ekanligi, kerak yoki nokerak ekanligi haqida ochiq holda firk yuritishi havflidir : u buyruqqa boysinishi kerak. Lekin, shu bilan birga, u buyruqni qilip bolgandan keyin, o’z sohasini yahshi biladigan olim sifatida, bu buyruqning mohiyati, togri yoki noto’gri ekanligi haqida, urush davomida yo’l qoyilgan hatolarni muhokama qilishini va keyinchalik bu fikrlarini jamiyatga taqdim qilishini ham ta’qiqlab bolmaydi. Fuqaro to’lashi lozim bolgan soliqlarni davlatga to’lashi lozim : faqatgina soliq tolamaslik uchungina tanqidga kirishsa , u hatto jazoga tortilishi ham mumkin. Lekin, o’sha fuqaro, sohasini bilgan olim sifatida bu soliqlarning noqonuniyligi haqida o’z muhokamalarini jamiyatga taqdim qila olish hurriyatiga ega bolishi lozim.  (…)<o:p></o:p>

<o:p> </o:p>

[…] Jamiyat Ma’rifatga ochiq bolishi lozim. Agar bir jamiyatni yurituvchilarni o’zlari qaram holatida bolsa, bu jamiyat hehc qachon qaramlik holatidan chiqa olmaydi, turli qaramlik zanjirlarining o’sib boruvchi og’irligi ostida qolip ketadi. (…)<o:p></o:p>

<o:p> </o:p>

[…} Masalan, cherkov misolida olaylik. Cherkov boshliqlari, bir kuni yig’ilip, o’zlarining inonchini bir simvol atrofida abadiy mahkamlap  qoyishlari mumkinmi ? Toki ular har doim xalqni qaramlik holatida saqlab qola olsinlar ? Javob : albatta yo’q. Bu hatto inson tabiatiga ziddir. Chunki, inson tabiati maqsadi doimiy bir rivojlanishda bo’lishdir. Demak, bu qarorni chiqarganlardan keyin kelganlar, o’z ota bobolarinig olgan qarorlarini noqonuniy dep elon qilip, rivojlanish yolini tanlash haqlari bordir. Chunki, rivojlanishning o’rniga, stagnasiyani tanlashlik inson tabiatiga ziddir (...) <o:p></o:p>

Albatta, bir kishi, o’z shahsi uchun, ma’lum bir vatqga Ma'rifatni kelishini kechiktirishi mumkin. Lekin u bu qarorni hech qachon avlodlari uchun ola olmaydi. Bu inson huquqlarini oyoqosti qilish boladi. Agar bir xalq rivojlanishga tosqinlik qilishga haqqi yoq ekan, bir qirolning bundan ham kop haqqi yoqdir oz xalqining Ma'rifatiga qarshi chiqishiga (...) Agar u oz jamiyatida malum bir guruhning butun jamiyat ustidan manaviy tiranlik qilishiga yol qoyip bersa, u holda uning hokimiyatining qadri ham tuship ketadi (..)

<o:p> </o:p>

Agar, endi mendan soralsaki, hozir ma'rifatli zamonmi ? Yoq, biz faqatgina Ma'rifatchilar zamoniga kirip keldik (Yani, odamlarni Ma'rifatga chaqiruvchi insonlar vaqti, lekin hali xalq butunligicha ma'rifatli bolgani yo’q, demoqchi). Hali, yana insonlar ko’p harakat qilishlari kerak […]

<o:p> </o:p>

Dard, Azob, Iztirob…
Dard, Azob, Iztirob…

Bu tushunchalar bilan ko’plab boshqa turli so’z va tushunchalarni bog’lash mumkin : qiynoq, kasallik, ayriliq, muhabbat, she’r, hijrat, hijron…

Bu tushunchalarni “ichkari”dan turib tarif eta olmayman, chunki haqiqiy ma’noda bu tushunchalarni yashadim deb ayta olmayman. Lekin, so’z va sifatlari, hol va kayfiyatlari bilan shu tushunchalarni yashab o’tganligi bilingan insonlarni ko’rib “tashqari”dan turib ba’zi fikr-xulosalarga kelish mumkin.

Dard, iztirob chekayotgan insonlarni umumiy qilib ikkiga bo’lish mumkin:

Birinchi holatda, bu aksariyatga tegishli dard, azob – bu no-ixtiyoriy bo’ladi. Biror kishi o’zi hohlamagan va kutmagan vaqtda dard-iztirobga uchraydi va azob chekadi. Bunga masalan, sevgan farzandini nogahon yo’qotgan ona, sevgilisidan o’z ixtiyorida bo’lmagan sabablarga (o’lim, safar, yo’qotish) ko’ra ayrilgan oshiq, yoki kengroq ravishda, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy bo’hron natijasida oilasini tebrata olmay azob chekayotgan otalarni sanab o’tish mumkin. Bu insonlarni hech qaysinisi o’zlari chekayotgan dard-iztirobni o’z ixtiyorlari bilan so’rab olishmagan va agar ularga oldindan shunday tanlov huquqi berilganda ham hech qachon bunday holatni tanlmasliklari ma’lum hol.

Ikkinchi holatda o’z ixtiyorlari bilan yoki shaxsiy yoki bir jamoat yoki bir jamiyat hattoki butun bir insoniyat dardini o’z dardi qilib olgan va bu dard bilan yonib-kuygan va bu dard yo’lida juda qattiq, hatto g’ayri oddiy yoki xorijiy kalima bilan aytganda “supranatural” qiyinchilik, azob, iztiroblarni yashab o’tgan shaxslarni ko’rish mumkin. Bunday shaxslar ro’yhati boshida Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam boshchiligidagi barcha payg’ambarlar hamda hoh havoriylar, hoh sahobalar (r.a.) bo’lsin payg’ambarlarga ilk ishongan va ularga ilk onlarda dastak bo’lib umrini fido qilgan insonlar va tarix bo’yicha shunday insonlarga ergashgan shaxslar kiradi. Bunday insonlar qatoriga yuqorida zikr etib o’tilganlarchalik keng ko’lamda bo’lmasa ham ma’lum bir jamiyat, millat uchun jon chekkan milliy istiqlol kurashchilari (samimiy “bosmachilar”, falastinliklarning ba’zilari, Bolivar vh), ma’lum bir ideologiya uchun qayg’urganlar(umrini qamoqlarda o’tkizgan intellektuallarni misol qilip keltirish mumkin; bular qamoqdagi azob-uqubatlar ichida o’z fikr g’oyalarini shakllantirdilar: Gramsci, Said Qutb kabi), ma’lum bir ijtimoiy guruhlarning dardlari uchun yashab o’tgan insonlar (turli “NGO”larning samimiy va aktiv a’zolari, bundaylar bazida qonunga qarshi borib qamoqqa borishi malum bo’lsa ham o’z g’oyalari uchun aksiyalar o’tkizishadi), ma’lum bir soha uchun mehnat chekkanlar (ayniqsa ilm sohasida ba’zi olimlarning qanchalik dardlar chekkani hammaga ma’lum) va shu kabi insonlarni kiritish mumkin.

Bu insonlarni birinchi guruhdagilardan ajratib turgan xususiyatlarning eng asosiysi ushbu holatni yashashdan oldin tanlash huquqi bo’lganligida: ular hohlasa ma’lum bir da’vo, ma’lum bir millat yoki guruh, yoki ilm-madaniyat uchun kurashni boshlamasliklari va boshqa ko’pchilik insonlar qatori shaxsiy g’amlari bilan ovora bo’lib o’tishlari mumkin edi. Hamda hayotlari davomida bunday tanlov huquqi bir necha marta ularga taklif qilingan. Lekin ular har doim dard-iztirobni davom ettirishga qaror qabul qilganlar.

Masalan, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tarixda eng ko’p azob-uqubatlarga duchor etilgan shaxs hisoblanadi: bu azob-uqubatlar ham jismoniy, ham no-jismoniy edi. Da’vosining boshida ho’rlab-tahqirlandi, hatto ko’p marotaba do’pposlandi, toshbo’ron qilindi, keyinchalik urushlarda bu muborak Inson vujudining yaralanmagan va qonamagan yeri qolmadi, yillar davomida tarafdorlari bilan mash’um blokadada tutildi, eng qiyin onlarda darmoni bo’lgan eng yaqin insonlaridan judo bo’lib huzun yilini ham yashadi, umrining so’nggi qismlarida esa balki qandaydir ma’noda yengillikka imkon bo’lgan davrda ham ba’zida ochlikdan, ba’zida ibodatdan jismoniy qiyinchliklarni boshidan o’tkazdi va eng muhimi nafaqat o’z atrofidagi zamonadoshlari uchun qayg’urdi, balki kelajakda keladigan butun insonlarning saodati uchun qayg’urdi, yig’ladi, dard chekdi.

Boshqa payg’ambarlarning tarixi ham azob-uqubatlarga to’la bo’ldi: kimining oilasi azolari zalolatda o’tip ketdi, kimining farzandini ataylap ajratdilar, kimnidir sog’ligi, mol-mulki qo’ldan olindi, kimdir qavmi tomonidan tahqirlandi, bazilarini hatto arra bilan bo’lip tashladilar. Lekin ular hech qachon o’z da’volaridan qaytmadilar. Ularga ergashgan sahobalar, havoriylarning ham umrlari azob-uqubat bilan to’la bo’ldi. Bir umr dard bilan o’tdilar. Lekin ular ham da’vodan voz kechmadilar.

Millat istiqboli, istiqloli uchun kurashgan insonlar ham o’z hohishlari bilan kelajakni anglab turgan holda umrlarini dard-iztirob, azob-uqubat ichida o’tkizishga qaror berishdi va shunday yashab ham o’tdilar. Bazi olimlarning ilm yo’lida, ma’rifat yo’lida chekkan qiyinchiliklari odamni lol qoldiradi.

Ikki guruhga bo’lganimiz bu insonlarning dard chekishlari ham ikki xil natijaga olib keladi. Ko’pincha no-ixtiyoriy dard ostiga tuship qolgan insonlar ma’lum bir vaqt mobaynida yoki butun umr davomida ham ma’nan ham moddan dard chekip o’tadilar va ularning dardi asosan o’zlariga ta’sir qiladi. Ular yo bu dardni keyinchalik unutishga erishadilar, yoki ushbu dard orqali bir umr baxtsiz o’tadilar va hattoki kimilari o’z umriga qasd qiladilar. O’zini o’zi o’ldirgan yoridan ayrilgan oshiq, bolasini boqaolmay o’zini osib qo’ygan ota yoki ona va boshqa bazi misollarni keltirish mumkin. Bundaylarning dardi qanchalik cho’zilsa, ular ham shunchalik ezilishadi, azob chekishadi. Bu azoblari ham jismoniy ham ma’naviy bo’ladi. Bunday dard chekuvchilar ko’paysa va bularning dardiga malham bo’ladigan tashqi ta’sirlar bo’lmasa jamiyatda dard-iztirob, rohatsizlik ham ko’payadi. Va maydonni umumiy baxtsizlik, mamnunsizlik qoplab oladi: misol qilib ba’zilarimiz yashagan yoki yashab turgan jamiyatlarni keltirishimiz mumkin.

Ikkinchi guruhdagi insonlarning dard-iztirob chekishlari esa ko’pincha ham o’zlari ham boshqalari uchun oxirat saodat mevalari va o’zlari uchun bo’lmasa ham boshqalari uchun dunyoviy rohat-farog’at meyvalari paydo bo’lishi bilan natijalanadi. Payg’amblarlarning dard-iztirobi bu ummatlarning ikki dunyo saodatiga erishish uchundir. Hattoki Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o’lim yotog’ida yotganlarida ham “Ummati” deb ummatining saodati haqida qayg’urganlar va u muborak Zotga salovoti shariflar bo’lsinki, insoniyatning buyuk bir qit’asi ham dunyo ham oxirat saodat, rohat-farog’atiga erishdi.

Millat istiqloli kurashchilari dard-iztirob chekishlari, hatto bu yo’lda qurbon bo’lishlari ular qayg’urgan millatning ozod bo’lishi va rivojlanish yo’liga qadam boshlashi bilan yakunlanadi. Ilmiy izlanishlar yo’lida ming azob chekkan olimlarnin mehnati natijasida yangi-yangi ilmiy yutuqlar, kashfiyotlar qilindi va bu bilan insonlarning hayoti ma’lum bir manoda yengillashadi.

Bu insonlarning dard-iztirobini balki “creative suffering” ya’ni bunyodkor dard chekish deb tariflasa bo’ladi. Bular qanchalik ko’p va uzoq dard chekishsa, ulardagi bunyodkorlik samaradorligi ham shunchalik oshadi. Bir jamiyatda bunday dardli insonlar qancha ko’paysa, bu jamiyatning kelajagi saodat ichida kechishi uchun “shanslar” shuncha ko’payadi.

Xayollar olami…
Oldinlari xayolim bilan yashar edim… Bolalikda bir xayoliy olamim bor edi…

Bir olamki, musaffo, beg’ubor, tashvishlardan holi, qo’rquvlardan-andishalardan toza bo’lgan bir olam. Bu olamda ancha yashadim, mamnun edim. Go’zalliklar ichida edim… Keyin ba’zilari maslahat berdilar: inson voqelikka ochiq bo’lishi kerak. Sen ham realist bo’lishing kerak, real olamda yashagin.

Istamagan holda real olamga chiqdim, mavjudiyatimni shu voqelikda davom ettirishni boshladim. Nimagadir bu real olam mening xayol olamimdan boshqacha edi. Sekin-sekin o’z olamimdan menga mulk bo’lib qolgan yaxshi tuyg’ular, hissiyotlar, oliyjanob hislar meni tark qildi. Bundan o’zim ham qiynaldim: nahotki men yanglishgan bo’lsam? Nahotki real olam shunday va shunaqa bo’lishi kerak? Nahotki xayolot olamim faqat va faqat bir sarob edi? Shu va shu kabi tushunchalar ostida mavjudiyatimda mazmun qolmadi.

Keyin yana xayolim so’qmoqlarida keza boshladim. Ancha lat yegan bo’lsada, balki biror so’qmog’ida yo’l ko’rsatadigan biror tosh-belgi qolgandir deb. Ancha o’ylangandan keyin tushunib yetganday bo’ldim…

Anglab yetdimki, biz xayol olamimizni tark etib o’zimiz real deb o’ylagan olam aslida boshqalarning xayol olami ekan. Har qanday real olam aslida bir jamiyatni tashkil qilgan shaxslarning xayol olamlarining tashqaridagi akslari yig’indisi ekan. Hozirgi “real olam” deb ataganamiz voqelik ham bu qadar zolim, kir va g’arazli bo’lishi, bu asl hayot shunday bo’lishi kerakligidan emas, balki shu “olam”ni tahskil qilib turgan shaxslarning xayol olami buzuqligidan ekan.

O’zimizning xayol olamimizni tark qilganda borib boshqa insonlar xayol olamining kengaygan shakli, tashqariga aks etgan ko’rinishi ta’siriga tushar ekanmiz. Ularning xayol olami shunday kir ekanligidan, ularning atrofidagi “real” – aslida esa “uzaytirilgan” xayoliy olamlari ham kirli bo’ladi. Biz esa aldanib, real olam shu ekanda deb ham o’zimizning beg’ubor xayol olamimizni tark qilib, ham bu kir dunyoda azoblanib yuribmiz ekan.

Shunday ekan, biz bu soxta “real” olamlardan voz kechaylik! O’zimizning beg’ubor, sof, musaffo, imon bilan yo’g'rilgan xayol olamimizni qaytadan tikab, bu olamimizni atrofimizga ham yoyishga harakat qilaylik! Bugundan boshlab maslagimiz, kasbimiz, maqsadimiz, shiorimiz shu bo’lsin: “Beg’ubor, sof va musaffo xayollarga to’la bir dunyo qurmoq!!!”