Mene, tekel, feres
Nabuxdonosor o’ldi va o’g'li Balshodzor taxtga chiqqanida ming kishiga ziyofat berdi. Ben Amikdosh ibodatxonasiga tegishli bo’lgan oltin qadahlarni olib, ularda mehmonlariga sharob ikrom etdi. Sharob ichayotganlarida, bir odam barmog’i paydo bo’ldi va devorga bir yozuv yozdi. Qirol shu qadar qo’rqib ketdiki oyoqlari titray boshladi. Hech kim yozuvni o’qiy olmadi va “Bu xatni o’qib ma’nosini aytgan insonga qimmatbaho qizil libos va bo’yniga oltin taqinchoq beraman. Podshohligimni boshqarishda uchinchi inson bo’ladi” deb e’lon qildi. Podshohning butun olimlari kelishdi, lekin hech kim qo’l yozgan bitikni o’qiy olmadi. Shunda qirolicha podshohga Doniyol payg’ambarni eslatdi. Doniyol alayhissalom keltirildi. U qirolga shunday dedi :”Ey, podshohim! Buyuk Alloh otangizga bir qirollik, buyuklik va sharaf berdi va butun millatlar unga tobe’ bo’ldilar. Faqat, otangiz Allohga qarshi borganida butun bu ne’matlar undan olindi va otangiz insonlarning qirolliklari ustidan Allohning saltanati hukm surishini tushunib yetgunicha hayvon kabi yashadi. Hozir, sen, Nabuxdonosorning o’g'li Allohga qarshi ish qilding. Muqaddas qadahlarni Ben Amikdoshdan olib, ularda sharob ichding; oltin, kumush, temir, po’lat, taxta va toshdan bo’lgan, hech narsa ko’rmaydigan, eshitmaydigan, hech qanday ilmi bo’lmagan butlarga topinding. Va hayoting qo’llarida bo’lgan Zot – Allohga hech narsa bermading. Shuning uchun devorga ushbular yozildi: Mene, tekel va feres. Ma’nosi:
Mene : Allohning amriyla podshohliging poyoniga yetdi.
Tekel : Tarozida tortilding va nuqsonli chiqding.
Feres : Podshohliging bo’lindi va yarmi Madlarga, yarmi Forslarga berildi.
Doniyol alayhissalomga qimmatbaho qizil liboslar hadya etildi; bo’yniga oltin taqinchoqlar taqildi va podshohlikning uchinchi odami deb e’lon qilindi. Faqat, shu kechasi Qirol Balshodzor o’ldirildi va Madli Dorius qirol bo’ldi.
Comment by Shuhrat on 3 August 2007:
Bu qissa qayerda keladi? Doniyol alayhissalom haqida ham ma’lumot bo’lsa…
Comment by Iqbol on 3 August 2007:
Men bu qissani Rossiyalik ruhoniy va yozuvchi Grigoriy Petrovning “Strana belix liliy” nomli romanida o’qidim.