Masnaviydan bir lavha
August 4th, 2007 • Related • Filed Under
Mavlono’ning Masnaviysida quyidagi ma’noda bir hikoya bor ekan:
Bir kishi do’stining uyiga borib eshik qoqibdi. Do’st ichkaridan turib so’rabdi ” Kim u?”. Shunda kelgan kishi javob beribdi : “Menman.” Ichkaridagi do’st shuni aytibdi: “Hozir seni qabul qila olmayman, bandman”. Ziyoratga kelgan inson noiloj iziga qaytibdi. Va bir yil davomida do’st visolini ko’raolmay azob chekib hijron bilan yashabdi.
Bir yildan keyin, yana do’st uyiga qarab yo’l olibdi va eshikni yana bir bor taqillatibdi. Ichkaridan yana savol : “Kim u?”. Shunda kishi “Sen’man” deb javob beribdi. Shu onda, ihckaridagi do’sti aytibdiki: “Agar Men bo’lsang kirgin. Chunki bu makonda joy ikki kishi uchun torlik qiladi”.