Other Recent Articles
Muhammad Iqbol Payg’ambarlik haqida
” Arabistonlik Muhammad eng yuksak osmonga (me’roj nazarda tutilyapti) chiqdi va undan qaytip keldi. Xudoga qasamki agar men o’sha nuqtaga yetganimda hech qachon qaytip kelmagan bo’lardim». Bu so’zlar buyuk avliyo Gangoh’lik Abdulquddusga tegishli. Agar butun sufiy adabiyotini varaqlap chiqqanimizda shu jumlalar kabi paygambar ongi bilan mistik ong o’rtasidagi farqni shu qadar aniqlik va noziklik bilan [...]
5Aug2007 | Iqbol | 0 comments | ContinuedImon nuri
Инсон имон нури ила аълойи иллиййинга чиқади – Жаннатга лойиқ бир қиймат олади. Ва куфр зулмати ила асфали софилинга тушади – Жаҳаннамга аҳл бўладиган бир вазиятга киради. Чунки имон инсонни Сониъи Зулжалолига боғлайди. Имон бир интисобдир. Шундай экан, инсон имон нури ила инсонда намоён бўлган Илоҳий санъат ва Раббоний исмларнинг нақшлари эътибори билан бир қиймат [...]
5Aug2007 | Iqbol | 0 comments | ContinuedAvloniy ahloq haqida
Vatandoshimiz Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoki Ahloq” asarining boshida ahloq va tarbiyani quyidagicha tasvirlaydi: AHLOQ Insonlarning yaxshilikg’a chaqirg’uvchi, yomonlikdan qaytarg’uvchi bir ilmdur. Yaxshi hulqlarning yaxshiligini, yomon hulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg’on kitobni ahloq deyilur. Ahloq ilmini o’qub, bilub amal qilgan kishilar o’zining kim ekanini, Janobi Haq nima uchun halq qilganini, yer [...]
5Aug2007 | Iqbol | 0 comments | ContinuedNavoiy sultonlar haqida
“Eng yuksak va maqtovlarga sazovor tangri ularnig hukmronlik boshiga podshohlik dubulg’asini shuning uchun kiydirdikim, ularning adolatlari ko’zining chashmasidagi zilol suv mamlakat bog’ini qondirsin, toki bu bog’da tinchlik va farog’at gullari ochilsin. Ular zulm bog’ida may ichib, gul sochganlarida esa u maydan har lahza o’zgacha gullarni gullatadilar” Alisher Navoiyning bu ibratli jumlasini mana bu yerda o’qib [...]
5Aug2007 | Iqbol | 0 comments | ContinuedO’zga dunyo qidirib
Iste’dodli hamyurtimiz Mas’ud zamonamiz yoshlarining ahvolidan kuyunib yurgan ko’pchiligimizning dardlarimizni go’zal ravishda tasvirlaydi: Ўзга дунё қидириб… Ўзимнинг оламим бир четда қолиб Ўзга дунёларда яшамоқдаман. Гоҳ узоқ қоламан ўйларга толиб, Нимага қайтмайман ўзимга ҳамон?
5Aug2007 | Iqbol | 0 comments | ContinuedAyol muhabbati
Nafis qalbli ikki yosh ayol muhabbatini shunday tasvirlaydi: Yigitga ko’ra: Agar muhabbatni suvga qiyos qilsak, erkak muhabbati daryoga o’xshaydi… qancha yerdan oqib o’tmasin borar joyi dengiz… Ayol muhabbati esa tubsiz dengizga o’xshaydi… U daryodan suv olsa-da, o’zining qancha suv olishini daryoga bildirmaydi… Tub-tubida son-sanoqsiz marvarid va durlarni saqlaydi… Ularni sho’ng’ib kirib, yuqoriga chiqarish uchun daryo [...]
5Aug2007 | Iqbol | 0 comments | ContinuedIymonimga
Bir go’zal va chuqur ma’noli she’riy asarning tug’ilishiga guvoh bo’lish va uni bu yerga qo’yish sharafiga noil bo’lganimdan xursandman va shukrlar aytaman. Quyida qadrli vatandoshimiz Mahmudjonning “Iymonimga” chaqirig’ini o’qishga taklif qilaman. Robbimiz bu do’stimizning qalbi, ongi, ruhida o’rnashgan nafis va nazokatli qobiliyatlarining tom ma’noda rivojlanib go’zal mevalar berishini nasib qilishini tilab qolaman. Iymonimga Vulqon – [...]
4Aug2007 | Iqbol | 0 comments | ContinuedImon halovati
Анас розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Уч нарса борки, улар кимда бўлса, Иймон ҳаловатини топади; Аллоҳ ва Унинг Расули унинг учун икковларидан ўзга ҳамма нарсадан маҳбуб бўлмоқлари, бир кишига–фақат Аллоҳ учунгина муҳаббат қилмоғи ва куфрга қайтишни худди оловга ташланишни ёмон кўргандек ёмон кўриши» -дедилар. Бешовларидан Абу Довуд ривоят қилмаган. Мўмин-мусулмонлар орасидаги муҳаббат [...]
4Aug2007 | Iqbol | 0 comments | ContinuedAlloh nuri ila muhabbatlashgan qavm
Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Албатта, Аллоҳнинг бандаларидан баъзи одамлар борки, улар набий ҳам, шаҳид ҳам эмаслар. Уларнинг Аллоҳ таоло ҳузуридаги маконларига қиёмат куни набийлар ва шаҳидлар ҳавас қилурлар», дедилар. «Эй Аллоҳнинг Расули, улар кимларлиги хабарини бизга айтасизми?» дейишди. «Улар ўзлари қариндош бўлмасалар ҳам, ораларида молявий олди-бердилари бўлмаса ҳам Аллоҳнинг руҳи [...]
4Aug2007 | Iqbol | 0 comments | ContinuedMasnaviydan bir lavha
Mavlono’ning Masnaviysida quyidagi ma’noda bir hikoya bor ekan: Bir kishi do’stining uyiga borib eshik qoqibdi. Do’st ichkaridan turib so’rabdi ” Kim u?”. Shunda kelgan kishi javob beribdi : “Menman.” Ichkaridagi do’st shuni aytibdi: “Hozir seni qabul qila olmayman, bandman”. Ziyoratga kelgan inson noiloj iziga qaytibdi. Va bir yil davomida do’st visolini ko’raolmay azob chekib hijron [...]
4Aug2007 | Iqbol | 0 comments | Continued