Maydondagi inson

Asl baho (tahsin) tanqidchiga tegishli emas; chekkadan turib u yoki bu kuchli insonning titraganiga e’tiborni qaratadigan yoki bir ishni bajarayotgan (shaxs)ning qaysi yerda yana ham yaxshiroq qilishi mumkinligini ko’rsatib o’tirganga ham emas. Asl qimmat-e’tibor maydonda yuz-kozi chang, ter va qon bilan pishib, mardlarcha tirishayotgan; xato qilib, takror va takror marraga yetishiga bir bahya qolishiga qaramasdan, zotan xato va kamchiliksiz sa’y-harakat bo’lmaydi, tinmasdan yelayotgan; shu yo’lda cheksiz his-hayajon, fidokorliklar ko’rsatayotgan, o’zini haqqoniy bir da’voga atagan; eng a’lo holatda buyuk natija bilan g’alabaga erishishini va eng yomon holatda, agar shuncha shijoat bilan harakat qilganiga qaramay muvaffaqiyatsizlikka uchrasa ham, hech bo’lmasa oxirgi o’rni na g’alaba, na mag’lubiyat bilmaydigan sovuq va qo’rqoq qalblar orasida bo’lmasligidan amin bo’lgan insonlarga tegishlidir.

- http://en.wikipedia.org/wiki/The_Man_in_the_Arena

Post a Response