Cho’lpon hayotidan lavha
Mirzakalon Ismoiliy 1927-yilda Cho’lponga kotiblik qilganlar. 1950-yilda xalq dushmani sifatida qamalganlarida ziyrak odamlar nazaridan bu voqea chetda qolmagan. Yozuvchi 1952-yilda qamoqda yozgan tushuntirish xatida shunday deydilar:
“Kunlardan bir kun Cho’lpon odatdagicha yig’lab turib, menga shu zo’zlarni aytdi:
– Millat xarob bo’ldi. Uning eng muqaddas narsalari: hurligi, sha’ni, sharafi qo’ldan ketdi! Har qadamda yuragimiz qush hadigi bilan uradi. Endi bizning vazifamiz, kelajak avlodning vazifasi – millatni sharmandalarcha qullikdan, haqorat va xo’rlikdan qutqazish bo’lishi kerak…
Cho’lpon bu vazifani o’zi qanday bajarayotganini, boshqalar qanday bajarishi kerakligini aytmadi. Men ham so’rash darajasiga ko’tarilgan yetuk avlodlardan emas edim”.