Sidq haqida
November 1st, 2008 • Related • Filed Under
Yo’l ikkidir:
Yo, sukut saqlashlik; chunki har aytilgan so’z to’g'ri bo’lishi kerak.
Yo, sidqdir. Chunki islomiyatning asosi sidqdir.
Imonning hassosi sidqdir.
Butun kamolotga eltuvchi sidqdir.
Ahloqi oliyaning hayoti sidqdir.
Taraqqiyotning madori sidqdir.
Olami islomning nizomi sidqdir.
Nav’i basharni kabai kamolotga olib boruvchi sidqdir.
Ashobi Kiromni butun insonlardan ustun qilgan sidqdir.
Muhammadi Hoshimi Alayhissalotu vassalomni bashariyat martabalarining eng yuksak cho’qqisiga olib chiqqan sidqdir.
Comment by Ma'ruf on 24 November 2008:
Sidq nima degani?
Comment by Kwl on 24 November 2008:
Sidq – Abu Bakr r.a. deganidir
Comment by Iqbol on 24 November 2008:
Albatta Hazrati Abu Bakr r.a. ning eng asosiy tavsifi Sodiqdir: sadoqatli manosida.
Menimcha bu yerda sidq ham sodiq, sadoqatli, ham to’gri bo’lish manosida kelyapti.