Tanazzul sabablari

Mualliflardan biri bugungi islom olamining tanazul sabablari haqida shunday yozadi:

Men bu zamon va zaminda, basharning hayoti-ijtimoiya madrasasida dars oldim va bildimki: Ajnabiylar, Yevropaliklar taraqqiyotda kelajakka qarab juda tezlik bilan ilgarilab borayotganlari bilan birga, bizni (musulmonlarni) moddiy jihatdan to’xtatib qo’ygan va ravnaqni oldini olib kelayotgan oltita kasallik mavjuddir. Bu kasalliklar quyidagilardir:

1. Umidsizlikning ichimizda keng tarqalganligi;

2. Sidqning, to’g'rilikning ijtimoiy hayotimizdan yo’qolgani;

3. Adovatga muhabbat;

4. Ahli imonni bir biriga bog’lagan nuroniy robitalarni tanimasligimiz;

5. Vabo kabi tarqalib, ildiz olib ketgan zulm- istibdod;

6. Shaxsiy manfaatlarning himmatdan oldin qo’yilishi.

Badiuzzamon Said Nursi

Post a Response