Sabr haqida
Sabr haqida ikki iqtibos:
1.
إِنَّ اللّهَ مَعَ الصَّابِرِين hikmati
Janobi Haq, Hakim ismidan kelib chiqqan holda, narsalarning yaratilishida bir zina kabi darajalar tartib qilgan. Sabrsiz odam oqibatini tushunmasdan harakat qilgani uchun, zinapoyalardan hatlab o’taman deb yiqilib tushadi yoki kamchilik, nuqsonlarga yo’l qo’yadi; maqsadiga yetishaolmaydi… Sabr esa mushkillarning kalitidir… Janobi Haqning inoyat va tavfiqi sabrli inson bilan birgadir…
Sabr uch xildir:
Birinchisi: Gunohlarga qarshi sabrdir. Bu sabr taqvodir.
Ikkinchisi: Musibatlar qarshisida sabrdirki, tavakkul va taslimiyatdir… Allohdan shikoyat qilinmaydi; aksincha, har qanday shikoyat Allohga arz qilinadi.
Uchinchisi: Ibodat ustida sabr qilishlik. Bu sabr insonni maqomi-mahbubiyatga olib boradi.
Badiuzzamon Said Nursi
2.
Sabr g’oyat foydali achchiq bir darmondirki, uni ichish ham yarani tuzatadi, ham zararlarni uzoqlashtiradi… Bir soat achchiq ta’mini totishga majbur bo’lsangiz ham, bir yilda ham ketmaydigan shirin mazasi uchun, sabr dorisini ichish kerak.
Sabr to’rt qismdir:
Birinchisi: Itoatda sabrdir.
Ikkinchisi: Yomonliklarni tark qilish uchun sabrdir.
Uchinchisi: bekorchi, foydasiz narsalar bilan mashg’ul bo’lmaslik uchun sabrdir.
To’rtinchisi: shiddat va balolar qarshisida sabrdir.
Sabrli inson, qazo-ofatlarning shiddat va qahridan, vahimadan, to’polon va janjallardan, dunyo mashaqqatlari va oxirat azoblaridan, nafsning bo’sh hoyi-havaslaridan, dushmanining yomon so’zlaridan, qisqacha qilib aytganda ming xil balodan qutulish yo’lini topadi va murodiga yetishadi. Ikki jahon saodatini qo’lga kiritadi, rizo maqomiga yetishadi. Sabrga kuchi yetmasdan vahimaga berilgan inson esa har qanday manfaatdan mahrum, har turli zararlarga ma’ruz bo’lib, yo’lg’iz qoladi.
Butun ilm va amallarning, har ma’rifat va komillikning vujudga kelish sababi sabr va bardoshdir.
Ibrohim Hakki, Ma’rifatnoma
Comment by Studiosus on 1 August 2007:
Va beshinchisi: o’z vaqti kelmaguncha, shunga loyiq bo’lmaguncha dunyo sahnasiga intilmaslikda sabrdir ;)
Comment by Iqbol on 25 November 2008:
Bu vaqt kelganini qanday bilamiz :)