Olimlar hayotidan bir lavha

Imom Shofiy (ra) yoshligida va ibodatga qattiq berilgan vaqtlarida Imom Muhammad (ra)ning yonida kechani o’tkizipti. Tunda Imom Shofiy (ra) turib, vaqtini namoz bilan o’tkizipti. Imom Muhammad (ra) esa yotog’iga yonboshlab tonggacha shu holatda o’tkazipti va bomdod namozi kirganda o’rnidan turip, tahorat yangilamasdan namozini o’qipti. Shunda Imom Shofiy bu holatini yoqtirmaganini Imom Muhammadga aytipti. Shunda Imom Muhammad (ra): “sen kechasi o’z nafsingni o’ylab ibodat qilib chiqding. Men esa tuni bilan Alloh (j.j.)ning Kitobi Qur’ondan Ummati Muhammad (saw) uchun mingdan ortiq hukm chiqardim. Yonboshlab olganimning sababi bunda biroz badanim rohatlanadi” deb javob bergan ekan.
Ismoil Hakki Bursawiy, Ruhul Masnawiy

There Are 2 Responses So Far. »

  1. Assalom alaykum,
    Anchadan beri hech narsa yozmayapsiz Iqbol aka, oxirgi postni qoldirganizga ham 1 oydan oshibdi. Qayerga yozishni bilmay shu yerga yozib qo’ya qoldim. Qolaversa, mana shu “Olimlar hayotidan bir lavha” degani bo’yicha sal boshqacha variantini bilaman. Unda Ahmad ibn Hanbal r.a. Imom Shofeiyni ko’rgani boradilar va taom keltirilganda juda ko’p ovqat yeydilar, buni ko’rgan odamlar Ahmad ibn Hanbaldan hafsalasi pir bo’ladi. Imom Shofeiy ham hayron bo’ladilarki lekin mezbonlik sha’niga mehmonni qancha ovqat yeyishini so’roq qilish odobdan emas deb indamaydilar, kechasi Ahmad ibn Hanbalni eshigi tagiga tahoratga suv tayyorlab qo’yishni buyuradilar. Lekin ertalab turib qarasalar, suv ham ishlatilmagan bo’ladi shunda Ahmad ibn Hanbalga uni taniy olmayotganliklarini aytadilar. Shunda Ahmad ibn Hanbal ustozlari Imom Shofeiyga qarata ” Kecha sizning uyingizda halol taomdan chiqayotgan nurni ko’rdim, shunga nima bo’lsa ham shu taomdan to’yib yeb olay deb ko’p ovqat yedim. Bergan taomingizni foydasi shu bo’ldiki tahoratga ham hojatim bo’lmay, bitta oyatdan mingga yaqin hukm chiqarib o’tirdim” degan ekanlar. Manba Yorqinjon qori ma’ruzlari.

  2. Waalaykum assalom,
    yana bir chiroyli o’rnak bilan baham ko’rganiz uchun rahmat.

    Men ilmiy ishim biroz yengillashib, ko’ngil xotirjam bo’lsa, keyin yana saytta tezroq yangilik kiritib turishni boshlayman, Xudo hohlasa.

Post a Response