Ayol muhabbati
August 5th, 2007 • Related • Filed Under
Nafis qalbli ikki yosh ayol muhabbatini shunday tasvirlaydi:
Yigitga ko’ra:
Agar muhabbatni suvga qiyos qilsak, erkak muhabbati daryoga o’xshaydi… qancha yerdan oqib o’tmasin borar joyi dengiz… Ayol muhabbati esa tubsiz dengizga o’xshaydi… U daryodan suv olsa-da, o’zining qancha suv olishini daryoga bildirmaydi… Tub-tubida son-sanoqsiz marvarid va durlarni saqlaydi… Ularni sho’ng’ib kirib, yuqoriga chiqarish uchun daryo suvining shashti etarmikin, vallohu a’lam…
Qiz uchun:
Ayol muhabbati…
Sir-sanoat…
Sevsada, berkitadi…
Bo’ronu, shamollar bo’lsada, suzishda davom etguvchi bir kema…
Kemaga o’shal yor chiqmasada, kema suzaveradi… aslo to’xtamas…
Qalbda mangu suzuvchi kema…