Sakina haqida

Sakina haqida

“Siz muhtaram o’zingiz Kalomullohning tafsirini o’qib o’ltiripbsiz. Lekin siz yolg’iz emassiz. Siz bilan birga o’zingiz biriktirilgan ikki farishta bilan birga, Qir’oni Karimni o’rganayotganingiz sharofati ila nozil bo’lmish sakiyna ham bor. Sakiyna, deganimiz ko’zga ko’rinmas bulutsiymon narsa bo’lib, Alloh taoloning mahluqotlaridandir.Unda xotirjamlik, rahmat va sokinlik bo’lib, u ila farishtalar hamroh bo’lurlar. Sakiyna ila qalb musaffo bo’lib, nurga to’lishi uchun ham ‘sakiyna’ nomini olgandir. Bu gaplar havodan olib aytilgan emas. Bu gaplar Rasuli Robbil Olamiyn (s.a.w.)ning gaplaridir:

Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziylar al-Baro r.a.dan rivoyat qiladilar:

“Bir kishi surau Kahfni qiroat qilardi. Uning oti oldiga ikki arqon bog’lap qo’yilgan edi. Uni bir bulut o’rab olib, aylanib unga yaqinlasha boshladi. Oti esa cho’chib undan qocha boshladi. Tong otgandan so’ng haligi odam Payg’ambar (s.a.w.)ning huzurlariga kelib U zotga bo’lgan hodisani zikr etdi. Shunda U zot (s.a.w.): “Ana o’sha sakiynadir. Qur’on uchun nozil bo’libdur” dedilar”

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Tafsiri Hilol

Post a Response