Islom va Yevropa
Robert Briffault’ning The Making of Humanity asaridan:
« Ilm-fan Arab madaniyatining zamonaviy dunyoga hadya qilgan eng ajoyib va ta’sirchan hissasidir. Lekin, uning mevalari pishib yetilishi uchun ko’p vaqt ketdi. Mavr madaniyati cho’kip qorong’ulik og’ushida yo’q bo’lop ketgandan ancha vaqt keyingina, o’sha madaniyat dunyoga keltirgan gigant haqiqiy kuchga kirdi. Yevropani qaytadan hayotga olib kelgan faqagina ilm emas edi. Islomning bundan boshqa ko’plab tasirlari ham Yevropani hayotiga o’z hissasini qo’shgan.’ (202 s.)
‘ Yevropa taraqqiyotining hech bir sohasi islom madaniyati tasiridan holi bo’lmagani bilan bir paytda, bu tasirning eng yaqqol ko’rinishi, ushbu zamonaviy dunyoga kuch bag’ishlab turgan qudratni keltirib chiqaruvchi va uning galabasining eng asosiy manbasi – tabiiy fanlar va ilmiy ruhda o’z aksnini topgan.’ ( 190 s.)
‘ Bizning ilmimizning Arablar oldida qarzi faqatgina revolyusion nazariyalar kashfidan iborat emas ; ilmning arab madaniyati oldida qarzi bundan ko’proqdir, u arab madaniyatiga o’zining borligini qarzdordir. Qadimgi dunyo, ko’rip o’tganimzdek, pre-scientific edi. Greklarning astronomiyasi va matematikasi hech qachon greklarning madaniyatiga singip ketmagan horijdan import qilingan tushunchalar edi. Greklar faqat ularni tartibga solishdi va teoriyalashtirdilar, lekin ular uchun sabr bilan o’rganip chiqish (investigation), pozitif bilimni jamlash (accumulation), ilmning mayda va aniq metodlari (minute methods), detalli va uzoq kuzatishlar va tajribaviy tekshirishlar Grek tabiatiga umuman yot edi. Faqatgina hellen Alexandriadagina, qadimgi dunyoda ilk bor, ilmiy ishga yondoshishga harakat qilindi. Yevropada fan ataganimiz greklarga yot bo’lgan yangi tekshirish ruhi (spirit of inquiry), tekshirishning yangi methodlari (methods of investigation), va tajriba, kuzatish, o’lchash metodlari, Matematikaning rivojlanishi natijasida vujudga keldi. Bu ruh va metodlar Evropa dunyosiga arablar tarafidan kiritildi’ (191 s)