Foniy dunyo…
Modomiki dunyo foniydir.
Ham umr qisqadir.
Ham juda mas’uliyatli vazifalar ko’pdir.
Ham, modomiki abadiy hayot shu yerda turib qo’lga kiritiladi.
Ham, modomiki bu dunyo egasiz ham emas.
Ham shu dunyo mehmonxonasining bir Hakim va Karim bo’lgan Yurutib turguvchisi bor.
Ham, modomiki yaxshilik ham, yomonlik ham qarshiliksiz qolmaydi.
Ham, modomiki “La yukallifullohu nafsan illa vus’aha” hikmatiga binoan toqatimiz yetmaydigan narsalar bilan imtihon qilinmaymiz.
Ham modomiki zararli yo’lni qo’yib, zararsiz yo’l tanlanadi.
Ham modomiki dunyoviy do’stlar va darajalar qabr eshigiga qadardir.
Demak, albatta, eng baxtiyor inson : dunyo uchun oxiratini unutmasin, oxiratini dunyoga fido qilmasin, abadiy hayotini dunyo hayoti uchun buzmasin, bekorchi narsalar bilan umrini zoye’ etmasin; o’zini musofir his qilib musofirxona egasining qoidalariga bo’ysungan holda harakat qilsin; salomat bilan qabr eshigini ochib abadiy saodatga kirsin.
Badiuzzamon Said Nursi
Comment by ravshan on 20 August 2010:
bir kunlik umring ming yildur
yuz yillik umring soniyadur