Bir go’zal jumla
July 31st, 2007 • Related • Filed Under
Ba’zida shunday go’zal iboralarga duch kelasizki, o’zingizning qo’llanib yurgan tilingizda xijolat bo’lib ketasiz. Quyidagi jumla so’z sultoni Navoiydan:
“Fano o’rmonzori aro visol daraxtining mevasidan bahramand bo’lganlar boshiga taqdirning zid ishlaridan har qanday jafo arrasi kelsa ularning so’zga chechan tillari yakka-yu yagona yaratguvchiga hamd aytishdan boshqa so’zni tilga olishdan va vafo daraxti soyasida maqsadga erishganlar oyog’iga charxning ketma-ket tushgan zarbalaridan har jafo teshasi tegsa, ravon nutqini butun borliqni yaratganga shukrlar aytishdan boshqa so’zlarga burmaydi”.