Saharlab uyg’onish sirlari va hikmatlari

Qanday qilib azonda uyqudan tura olish mumkin…?

Azonlab turish yaxshidur, chunki bunday odat insonning sog’,badavlat va donishmand bo’lishiga olib keladi. Aflotun.

Sir emas ki, hamma ham azonlab tura olmaydi. Ruxshunoslar insonlarni bioritmlariga ko’ra „to’rq’ay“(ertalab bemalol vaqtlik uyg’onib, ishga kirishib keta oladi, faollik fazasi tushlikgacha, kegin asta sekin so’nib boradi ) va „boy’qush“larga (ertalab uyg’ona olmaydi, tushlikgacha ishga kirisha olmaydi, lekin tushlikdan so’ng to deyarlik sahargacha unumlik harakat qiladigan insonlar) ajratsalar da, bunday ajratish shartli ravishdadir.

O’z tajribamdan kelib chiqgan holda ashaddiy „boyqush“ ham azonlab uyg’onishga moslasha oladi degan xulosaga keldim. Tajribam quydagicha edi. 25 yoshlarimgacha ertalab 9-10da uyg’onib, yarim kechasi 1-2gacha, bazilarda sahar 3-4 gacha o’tirar edim. Eng mahsuldor vaqtlarim ham tushlikdan keyngi vaqtlarim edi.Bunday odat, qiladigan ishi ko’p bo’lmagan kishilar uchun yaxshidir balkim, lekin vaqt taziyqi ostida turganlar uchun juda unumsiz bir odat ekanligini va azonlab turish bilan shaxsiy muvaffaqyat orasida kuchlik boq’liqlik borligini anglab yetganimdan so’ng, vaqtlik turishga ahd qildim. Uyqudan oldin qo’ng’iroqni soat tonggi 5.00 ga qo’ydim…

…Va ertasi kuni tushlikdan sag’al oldin uyg’ondim.

Hmmm…

Va shunday hol ancha davom etdi. Ertalablar qo’ng’iroq chalishi bilanoq, birinchi fikrim shu qo’ng’iroqning bongi o’chsada, men yana ozgina uxlab olsam edi. Va yarim-avtomatik ravishda qo’ng’iroqni o’chirib qo’ygandan so’ng, yana shirin uy’quga ketar edim. Taqdir emas ekan deb, eski odatimni davom etib yurgan edim, bir kun Internetda Steve Pavlina ismlik bloggerning „How to become an early riser“ nomlik maqolasiga duch kelib qoldim. Va shundan kegin boshlandi men uchun umuman boshqa hayot ;)

Maqolaning qisqa mazmuni quydagichadir. Uyqu masalasida ikkita yondashish bor: a) ko’pgina insonlar vaqtlik turmoqchi bo’lsa, kechasi vaqtlik uxlashga harakat qiladi, uxlagisi kelmasa ham; b) insonning organizmi o’zi biladi qancha uyqu unga kerakligini, shuning uchun uyqu kelgandagina uxlash kerak va qo’ng’iroqsiz ham uyquga to’yganingizda o’zingiz uyg’onasiz degan yondashuv.

Steve Pavlina esa bu ikki yondoshuvni birlashtirgan holda, shunday deydi: uyqingiz kelgandayoq uxlang, lekin har kuni ertalab aniq bir vaqtda turing. Kechasi nechchiida yo’tsangiz ham, ertalab belgilagan vaqtingizda turishga harakat qiling. Aytaylik, bir kun tungi 12-1 gacha qolib ketdingiz. Qo’ng’iroqni esa soat sahar beshga qo’ygansiz. Ertasi, nima bo’lsa ham, o’sha belgilangan 5 AM’da turishga harakat qiling, kuningizni o’tkazing. Bir ikki kun shunday davom etsa, qarabsizki, bundan buyon kechqurun soat 21-22 larda avtomatik tarzida „knock out“ bo’lasiz – o’chib qolasiz, chunki vujudingizning o’zi biladi qanchalik unga u’yqu kerakligini, va sizni “o’chirib qo’yadi”. Agarda har kuni soat 5AM da turaman deb o’zingizga va’da bersangiz va shunga hech qanday murosasiz harakat qilsangiz, organizmingiz kechqurunlari 12-1 gacha o’tira olmaydi, chunki biladi da, ertalab vaqtlik turish kerakligini va uxhlab dam olib olmasa, qiyin bo’lishini. Shunday davom etsangiz, 3-4 kunda eski 1-2gacha o’tirib chiqish odatingiz o’rniga yangi vaqtlik turish odati hosil bo’ladi. 30 kun davomida shu yangi odatni qo’llang va bu odat siz bilan butun umrga qoladi,qon qoningizga singib ketadi. Deyarlik;).

Azonlab turishda bir necha nuanslarga – muhim detallarga e’tibor berilishi kerak.

Agarda kafeinga o’rganib qolgan bo’lsangiz, birinchi bo’lib shu kafeindan voz kechishingiz kerak, chunki u insonning uyqu sikli(sleep cycle)ga juda ham ta’sir qiladi. Agarda kechqurunlari kofe ichsangiz, tabiiy uyquga ketishni kutmang.
Iloji boricha soat 18-19 dan so’ng to’yib ovqatlanmang, chunki baribir hazm bo’lmaydi, oshqozoningizda yotadi parchalanmasdan. Ovqatingiz ozuqadan zaharga aylanadi, yaxshi uxlay olmaysiz, toksikoz natijasida esa ertalab noxush tuyg’ular bilan uyg’onasiz, va bu tuyg’u kuningizni qanday o’tishini belgilaydi.

Agarda qo’ng’iroq bong urishi bilan, o’rningizdan tura olmasangiz, bu shaxsiy intizomingiz(self-discipline) kuchsiz degani. Intizom bir muskul kabi, qanchalik ko’p bir muskulni ishlatsangiz, shunchalik u kuchli bo’ladi. Bu o’hshatish intizomingizga ham taalluqlik. Bir martada qiyin bo’ladi, ikkinchi maratda ham. Lekin davom etarkan, borgan sari yengillashaveradi.

O’zi nega azonlab turish kerak?

Bu savolga albatta siz o’zingizga uyg’un ravishda javob berishingiz kerak. Chunki, ertalab turib, nima bilan shug’ullanishini bilmaydigan, aniq rejasi yo’q inson yana uyquga ketib qolishi aniq.
O’zingiz o’ylab ko’ring, hatto 30 daqiqa vaqtliroq tursangiz odatdagidan, bu har kuni badan tarbya bilan shug’ullanish, bir oyda 3-4 kitob o’qish, namoz o’qish kabi foydalik mashg’ulotlarga ajrata oladigan ortiqcha vaqt degani.

Endi tasavvur qiling, 30 daqiqa emas, 2-3 soat vaqtliroq turasiz har kuni, masalan 7:00 AM’da emas, 04:00 AM’da. Bir oyda bu ortiqcha 93 soat degani. Bir yilda esa 1116 soat yo’ki bir yarim oy sizning ixtiyoringizda. 10 yilda esa deyarlik qo’shimcha bir yil umr sizga berildi degani.

Ertalab turishda nafaqat jismoniy (eng ko’p yashaydigan insonlar hammasi qu’yosh chiqishidan oldin turishadi – bu ilmiy fakt), balkim ruhiy ham ancha foyda bor, butun kunga energya, optimizm, o’ziga ishonish kabi xislatlar-tuyg’ular shahkllanadi, hayotingiz bir muvozanaga keladi.
Siz ham harakat qilib ko’ring, achinmaysiz.

There Are 4 Responses So Far. »

  1. Maqola juda zo’r chiqibdi. Menga juda yoqdi. Gap yo’q!!!

  2. manga ham maqola juda yoqti. Ayniqsa mustaqil ishimga kerakli maslahat. Rahmat

  3. Iqbol aka, yuqoridagi maqolangiz asosida O’zbekistondaligimda bir maqola tayyorlab, “Ma’rifat”da chop etgan edik. Iqbol.com asosida tayyorlandi, degan gapni qo’yishga imkon bo’lmadi. Sizdan o’sha payt so’rab qo’yish ham xayolga kelmabdi. Internet asosida tayorlandi, deb yozgandim, familiyamni qo’yib qo’yishibdi. Shuning uchun rozi bo’lasiz.

    “Ma’rifat” gazetasi veb-saytiga maqola qo’yilgan. Lekin to’liq matni negadir ochilmayapti. Ziyouz.com da ham berishibdi: http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3868&Itemid=288

  4. Bu maqolani Darvesh tayyorlagandi. Asosiy maqsadi ko’proq odamlar o’qib foydalansin bo’lgani uchun, u kishi ham qarshi bo’lmasa kerak.

Post a Response