O’zwikipedia
Vaqt va imkonimiz bo’lganda o’zwikipediaga maqola qo’shib turishga harakat qilaylik. Bugun (22.08.2007!!!) o’zwikida 5728 ta maqola mavjud.
Maqolalar soni bo’yicha boshqa turkiy tillar bilan qiyoslaydigan bo’lsak, quyidagi jadval chiqadi:
Turkcha wiki: 89278 maqola
Ozarbayjoncha wiki: 13232 maqola
tatarcha wiki: 3996 maqola
turkmancha wiki: 909 maqola
qozoqcha wiki: 852 maqola
qirgizcha wiki: 391 maqola
uyg’urcha wiki: 67 maqola
va qo’shnimiz tojikcha wikida : 8287 maqola mavjud ekan.
Maqola sifati bo’yicha yondoshadigan bo’lsak, quyidagi ro’yxatni ko’ramiz. Wikipediada maqola sifati “depth of article” deb atalib, bu ro’yxatda birinchi o’rinda inglizcha wikipedia turadi. Inglizcha maqolalar sifati o’rtacha 329 ochko bilan baholangan. Masalan, nemischa wikipedia maqolalari 104, yoki fransuzcha maqolalar sifati 66 ochko bilan baholangan.
Demak, bizning wikilarning sifati taxminan quyidagicha:
Bizning o’zwikida maqolalar sifati 24 ochko baholanibdi.
Turkcha wiki: 51
Ozarbayjoncha wiki: 13
tatarcha wiki: 38
turkmancha wiki: 25
qozoqcha wiki: 139
qirgizcha wiki: 61
tojikcha:3
Albatta bu ko’rsatkichlar nisbiy. Chunki, maqolama maqola solishtirsak, o’zbekcha maqolalar sifati va hajmi bo’yicha boshqa tildagi maqolalardan yuqori.
Yuqoridagi manzara bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Turk tillaridagi wikipedialar hajmi va sifatini yaxshilash uchun hali ancha ish qilish kerak;
2. Va, xususan, O’zbek tilimizdagi wikipediani rivojlantirish uchun ancha harakat qilishimiz shart. Chunki, turkiy xalqlar ichida 30 millionga yaqin aholi bilan Turkiyadan keyingi o’rinda turamiz va ba’zi tarixiy sharoitlar natijasida, xususan biz o’zbeklarga ancha jiddiy madaniy va ma’rifiy mas’uliyat yuklangan. Shuning uchun, umumiy harakatlar qatorida, wikipediani rivojlantirish uchun ham biroz harakat qilib yuborsak juda a’lo ish bo’ladi.