Jamiyatning feminizasiyalashishi

Bir kuni Internetda hozir Rossiyada va ma’lum bir ma’noda post-Sovet davralarda “Ovrosyo” ideologiyasining kuychisi Aleksandr Dugin haqida o’qib o’tirib, uning fransuz Alain de Benoist’dan katta ta’sirlanganini bildim. Aleksandr Duginni rasist deb bilardim. Alain de Benoist ham “g’arb va oq madaniyat”ning kuychisi bo’lgan bir vaqtlar. Shundan qiziqish chiqib, bugun Alain de Benoist’ning bir yozuvini o’qib ko’rdim. Yozuv menga juda qiziq tuyildi, original fikrlar bor edi. Muallifning tarixidan kelib chiqib, unga bo’lgan shubhalarim jonli bo’lishiga qaramay, uning yozuvi bugungi kunimizni tushunish uchun ma’lum bir ma’noda yordam berishi mumkin deb o’yladim. Lekin, bu yozuvdagi hamma firklarga ham qo’shilishimiz shart emas, albatta.

Quyida, Alain de Benoist’ning 2006 yilda yozgan “La regne du Narcisse” – “Narsisning hukmronligi” yozuvining qo’lbola tarjimasi. “Feminisation” so’zini osongina feminizasiya deb qo’ya qoldim. Bu haqida siz nima deb o’ylaysiz?

“Jamiyat hech qanday qarshilik ko’rsatmasdan va hech qanday cheklanishsiz, ayol qadriyatlarining butunini qabul qildi” deb baho bergandi pediatr Aldo Naouri. Bu feminizasiyaga kunimizda ko’plab belgi, jarayonlar ishora qiladi: iqtisodning siyosatdan ustunligi; iste’molning (consommation) ishlab chiqarishdan (production) muhimroqligi; bahsning ( discussion) qarordan (decision) ustun qo’yilishi ;” dialog” foydasiga avtoritetning inqirozga yuz tutganligi; va ayni zamonda, farzandni himoya qilishga haddan tashqari berilishlik ( va bolaning so’zlariga o’ta yuqori qadr berishlik); intimlikning jamoatchilikka olib chiqilishi ( va, tele reality orqali intim e’tiroflarning ko’payishi) ;” humanitarism” va media g’amxo’rligining ( mediatised charity) keng yoyilishi; jinsiy hayot, ko’payish va sog’likka markaziy urg’u berilishi; ko’rinishga, boshqalarga yoqishga va o’zini parvarish qilishga haddan tashqari e’tibor berish; ba’zi kasblarning feminizasiyalashishi ( maktab, psixolog, magistratura, ijtimoiy soha faolllari); aloqa va xizmat ko’rsatishga berilayotgan ahamiyat; sanoatda dumaloq shakllarning keng qo’llanilishi; sevgi bilan qurilgan oilaning madh qilinishi; qurbon ideologiyasining keng yoyilishi; psixologik yordam markazlarining ko’payishi; hissiyot va achinishni qo’llanadigan bozorning kuchayishi; adolatning yangi konsepsiyasi: adolat bundan buyon haqqoniylik bilan sud qilish emas, balki qurbonning dardlarini tindirishga, uni rozi qilishga xizmat qiladi; ekologiya ideologiyasi va yumshoq medisinaning keng tarqalishi; bozor qadriyatlarining ommaboplashishi; juftlikning banallashishi va ahamiyati, mohiyatining o’chirilishi; oila muammolarining banallashtirish; transparency va mixity uchun talablarning kuchayishi (kindik bog’i sifatidagi uyali telefon unutilmagan holda); tilda buyruq shaklining yo’qolishi; va, nihoyat, globalizasiyaning o’zi. Aslida, globalizasiya har qanday barqarorliklarni yo’q qilib, o’rniga beqaror va maqsadsiz oqimlar dunyosini; chegara va mayaksiz, suyuq olam o’rnatishga harakat qiladi.

Albatta, qo’pol madaniyat deb nomlasa bo’ladigan 30 yillardan keyin bu feminizasiya tamoman negativ fenomen emas edi. Lekin, bugunga kelib, bu feminizasiya haddan tashqari darajada ivojlanda va noto’g'ri tarafga qarab ilgarilamoqda. Natijada, jamiyatda Otaning tamsiliy ro’li va u bilan jamiyatda ayol va erkakning ayri ro’lllari o’rtasidagi farq o’chirilib ketmoqda.

Ushbu fikrlardan so’ng, muallif Ota ona bilan bolani ajratib, bolani xususiy hayotdan (private sphere) jamoaviy hayotga (public sphere) o’tkizib beradigan asosiy funksiyasi bilan tasvirlaydi. Ota bolada jamoaviy hayot va Qonun tushunchalarini shakllantiradi. Bolani subyektiv qadriyatlarni yengib o’tib, umuminsoniy qadriyatlarga yuzlanishiga yordam beradi. Va, shuning uchun inson shaxsiyatining rivojlanishida markaziy ro’l oynaydigan shaxs Ota bo’ladi . Ota bolaga zamon va makon tushunchalarini o’rgatadi. Va, hozir Otaning ushbu funksiyasi yo’q bo’lib ketayotgani, va otalar ham” hamma qatori ona” bo’lishga intilayotganini takidlaydi. Natijada, yangi avlodlarda shaxsiyat shakllanishi inqirozi vujudga kelishini aytadi. Bola o’zi dunyoga kelgan xususiy hayotdan chiqa olmay, faqat o’zi bilan o’zi yolg’iz katta bo’lmoqda va natijada nigohi faqat o’ziga qaratilgan Narsis avlod yetishib kelmoqda.

Bundan tashqari, jamiyatda ayol va erkak o’rtasidagi, va ularning ayri ayri va bir birini to’ldirib turuvchi ro’l va mas’uliyatlari o’rtasidagi farq ham yo’qolib bormoqda. Va, natijada jamiyatda tushunmovchilik, mavhumlik rivojlanib bormoqda.

Davlatning ham ro’li tushib ketmoqda; Bundan buyon davlat adolat o’rnatib qaror chiqaruvchi emas, balki fuqarolarga ona kabi g’amxo’rlik qilish yagona vazifasi bo’lgan qurilmaga aylanib qolmoqda. Boshqa vaqtlarda esa davlat fuqarolarning shaxsiy hayotidan uzoq turishi kerak. Lekin, bu degani fuqarolar o’z holiga qoldi degani emas. Shaxsning va juftlikning hayoti hozirgi kunda turli mutaxassis va psixologlar tomonidan zabt etilgan. Hayot bundan buyon tibbiy yasham usuliga qurilgan; ota-ona mas’uliyatidan ozod qilingan. Ayni zamonda, davlatning nazorat va kuzatuv apparatlari kuchayib ketgan.

Bunday holatga sabab, industriyaning ommaboplashishi va ishchi sinfining ommalashganligidir. Ishchi otalar bundan buyon oilaga va farzandiga ajratadigan vaqti yo’q. U oilada faqatgina yordamchi funksiyasini bajara oladi xolos. Uning vazifasi istemol mollarini vaqtida ta’minlab berish, ba’zi ba’zida hissiy madad berib turishlik kabi faqat administrativ va iqtisodiy funksiyalar bilan cheklanib qoladi.

Shu bilan birga, feminizasiya ayollar uchun ham unchalik foydali bo’lgani yo’q. Odatda, sanoatchilar oldindan ayollarni fabrikalarga jalb qilishidan maqsadi: ayolni erkinlikka olib chiqish emas, balki ayollardan foydalanib erkaklarning maoshlarini ozaytirish edi. Hatto hozirgki kunda ham minimum oylikka ishlaydigan ishchilarning juda katta aksariyati ayollardan iboratdir. Va, sanoat olami va bozor har doimgidan ham ko’proq kapitalizm qonunlariga amal qilayapti.

Har bir asrni o’sha asrda keng yoyilgan psixologik dinamikalar bilan tasvirlasa bo’ladi. 19 asr oxirida jamiyatda isteriya tarqalgan, 20 asrda paranoya ustun bo’lgan bo’lsa, 21 asrni biz narsis avlodlar bilan kutib olayapmiz Bu jamiyatda har bir shaxs faqat o’zini taniydi va uning uchun maqsad ham vosita ham O’zida mujassamlashgan. Unda zamon va makon, tarix va xotira tushunchalari mavjud emas. Uning uchun o’tmish va kelajak doimiy bugunda joylashgan. Va, har bir shaxs uchun maqsad sifatida nafsining hohishlari mavjud.

There Is 1 Response So Far. »

  1. [...] Keyin bir-necha sahifalarni ochdimda, internetdan uzilib, ularni hozir o’qib o’tiribman. “Jamiyatning feminizatsiyalashuvi” degan qiziq maqola bor ekan. Hozir shuni o’qiyapman. Muallif “feminization” atamasini [...]

Post a Response