Xalqni isloh bosqichma bosqich bo’ladi

Ijtimoiy bilimlarini yaxshilab egallab, xalqlar tarixini va hozirgi hayotini o’rganib chiqqanlarida, ko’plab oydin ruhli ziyoli insonlarning onglarida buyuk loyihalar va qalblarida ezgu intilishlar dunyoga keladi. Bu insonlar anglab yetgan haqiqatlarini butun dunyoga jar solishni hohlaydilar va dunyoda hamma erishishni hohlaydigan komil jamiyat vujudga keltirmoqchi bo’ladilar. O’zlari ozchilikni tashkil qilsalar ham, bu olgan bilimlarini faqat kitoblar, tadqiqotlar va olim insonlar bilan suhbatlar orqali qo’ga kiritganlari uchun, ular butun dunyoga yoki hech bo’lmasa millatdoshlariga, ularning soni millionlarni tashkil qilsa ham, o’zlari anglab yetgan haqiqatlarni tushuntirish va u haqiqatlarni amalga oshirish uchun harakatlantirish oson ish deb o’ylaydilar.

Kimki millatini kamolatga erishtirmoqchi bo’lsa, bu yo’ldagi harakatlarini xalqining darajasiga moslab olib borishi kerak; xalqini ham bir shaxsning komillikka erishish uchun bosib o’tgan yo’lidan olib o’tishi kerak.

Xalqlarning urf-odatlarini, ayniqsa xalqning har bir farzandining qoniga singib ketgan odatlarni hurmat qilish hikmatga muvofiqdir. Ilk bosqichda millatdoshlaridan bu urf-odatlaridan uncha uzoq bo’lmagan kichik tuzatish, yaxshilanishlarni talab qilishi kerak. Va, keyinchalik, xalq shu yo’sinda ilk rivojlanish yo’lini bosib o’tgandan keyin, uni keyingi bosqichga jalb qilinadi. Har qanday islohot shunday bosqichma bosqich olib boriladi. Shunday harakat qilinsa, ko’p vaqt o’tmay xalq o’zining qadimgi va orqaga tortuvchi urf-odatlaridan voz kechadi va rivojlanish sari qadam bosadi, yuqori saviyaga chiqadi. Kimki o’z davlatining yaxshiligini hohlasa, butun harakatlarini millatiga ta’lim berishga sarflashi kerak. Ta’lim tuzalgandan keyin, u butun hohlagan islohotlarini amalga oshira oladi. Albatta bu islohotlari aql va din belgilab bergan chegaralarda bo’lishi kerak.

Muhammad Abduh 

Post a Response