Muhammad Iqbol Xudi – Nafs haqida

Muhammad Iqbol tushuncha sistemasining markazida Xudi g’oyasi turadi – Nafs, Shaxsiyat, Kimlik, O’zlik.

 

Muhammad Iqbolga ko’ra, hayot va mavjudiyatning mohiyati inson Xudisida – Nafsida yashiringan. Butun koinot Nafsda botindir va butun insonlar hayotining davomiyati Nafsning, Shaxsiyatning rivojlnatirilishiga bog’liqdir. Shuning uchun, butun g’ayratlar Inson Shaxsiyatini kuchaytirishga, takomillashtirishga sarf etilishi kerak.

 

Bir shaxs Xudi’sini kuchaytiradigan omillar sifatida Muhammad Iqbol quyidagilarni keltiradi:

 

-         Muhabbat;

-         Faqr;

-         Jasorat;

-         Bag’rikenglik;

-         Halol kasb;

-         Ijodkor faoliyatlarda ishtirok etmoq.

 

 

Inson Xudi’sini zaiflashtiradigan omillar esa:

 

-         Qo’rquv;

-         Tilanchilik;

-         Qullik;

-         Kishining nasli bilan g’ururlanishidir.

Post a Response