Avloniy ahloq haqida
Vatandoshimiz Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoki Ahloq” asarining boshida ahloq va tarbiyani quyidagicha tasvirlaydi:
AHLOQ
Insonlarning yaxshilikg’a chaqirg’uvchi, yomonlikdan qaytarg’uvchi bir ilmdur. Yaxshi hulqlarning yaxshiligini, yomon hulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg’on kitobni ahloq deyilur.
Ahloq ilmini o’qub, bilub amal qilgan
So’ylasang, so’yla yaxshi so’zlardan,
Yo’qsa, jim turmoqing erur yaxshi.
O’ylasang, yaxshi fikrlar o’yla,
Yo’qsa, gung bo’lmoqing erur yaxshi.
Ishlasang, ishla yaxshi ishlarni,
Yo’qsa, bekorlig’ing erur yaxshi.
Hulq
Inson ikki narsadan murakkabdur. Biri jasad, ikkinchisi nafsdur. Jasad ko’z ila bor narsalarni ko’rur. Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondan, oqni qoradan ayirur. Jasadning ham, nafsning ham biror suvrati bordurki, yo yaxshi yo yomon bo’ladur. Jasadning suvrati
“Bir tog’ning o’rnidan ko’chub ketgonini eshitsangiz ishoningiz, ammo bir odamning hulqi boshqa bo’ldi deb eshitsangiz, ishonmangiz”, demishdur.
Hulqi yomon yuz go’zalidan na sud,
Yuz go’zali hulqni qilmas kashud.
Hulq mariziga davo istasang,
Marg davosin berilur – qistasang,
Hulqi yomoning keturar ko’p zarar.
Hulqing o’zi boshinga kaltak urar.
Hulqi fano bo’lsa, degil – alhazar,
Xoru zalillikda qolur darbadar.
Yaxshi hulq, yomon hulq
Ahloq ulamosi insonlarning hulqlarini ikkiga bo’lmishlar: Agar nafsi tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikg’a tavsif bo’lub “yaxshi hulq”, agar tarbiyatsiz o’sub, yomon ishlar ishlaydurgon bo’lub ketsa, yomonlikg’a tavsif bo’lub “yomon hulq” deb atalur. Janobi Haq insonlarning asl hilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradurgon qilib yaratmishdur. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkurmaq yarbiya ila bo’ladur. “Qush uyasinda ko’rgonin qiladur”. Inson javhari qobildur. Agar yaxshi tarbiya topib, buzuq hulqlardan saqlanub, go’zal hulqlarga odatlanub katta bo’lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo’lub chiqar. Agar tarbiyatsiz, ahloqi buzulub o’ssa, Allohdan qo’rqmaydurgon, shariatga amal qilmaydurgon, nasihatni qulog’iga olmaydurgon, har xil buzuq ishlarni qiladurgon, nodon, johil bir rasvoyi olam bo’lub qolur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: “imoni komil bo’lgan
Xudoning rahmati, fayzi hama insonga yaksardur,
Ba lekin tarbiyat birla yetushmak sharti akbardur.
Tug’ub tashov bila bo’lmas bola, balo bo’lgay sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo’lur ul rahnamo sizga.
Temurchining bolasi tarbiyat topsa, bo’lur olim,
Buzulsa hulqi, Luqmon o’g’li bo’lsa, bo’lgusi zolim.
Yomonlarga qo’shuldi Nuhning o’g’li bo’ldi beimon,
Yururdi Kahf iti xo’blar ila bo’ldi oti inson.
Tarbiya
Tarbiya “pedago’giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur. Ilmi ahloqning asosi tarbiya o’ldug’
Ahloqimizning binosining go’zal va chiroyli bo’lishiga tarbiyaning zo’r ta’siri bordur. Ba’zilar “tarbiyaning ta’siri yo’q, insonlar asl yaratilishida qanday bo’lsalar, shunday o’sarlar, tabiat o’zgarmas:
Yomon xo’ tuzalmaydi darmon ila,
Ipak o’lmas ip, rangi alvon ila.
Boqing bir daraxt mevasidur yomon,
Bo’lur yaxshi payvand, parvo bilan.
Bilur har kishi aslini rangidan,
Va yokim ulangandagi zangidan », -
demishlar. Lekin bu so’z to’gri emasdur. Chunki tarbiyaning ahloqga albatta ta’siri bo’ladur. Oramizda masal borki, : « Sut ila kirgan jon ila chiqar », manabu so’z to’g’ridur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz :
« Beshikdan to mozorga borguncha, ilm o’rgan » demishlar. Bu hadisi sharifning ma’nosi bizlarga dalildur. Hukamolardan biri: “Har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning tarbiyasiga bog’liqdur”, demish… O’z bolalarini yaxshilab tarbiya qilmak otalarga farzi ayon, o’z millatining yetim qolgan bolalarini tarbiya qilmak farzi kifoyadur. Payg’ambarimiz: “Bolalaringizni yetti yoshida namozga o’rgatingiz. Agar o’n yoshida o’qumasa
Har kishining dunyoda oromi joni tarbiyat,
Balki oxirida erur dorulamoni tarbiyat.
Tarbiyat hamroh etadur hur ila rizvonlara,
Gar desam bo’lmas xato, jannat makoni tarbiyat.
Moyai zilli humodir tarbiyatning soyasi,
Bizda anqo tuxmidek, yo’q oshiyoni tarbiyat.