Ma’rifat nima – Immanuel Kant
Emmanuel Kant, Qu’est-ce que les Lumières ? ( What is the Enlightenment ?), Konigsberg, 30 september 1784
Emmanuel Kant, M’arifat nima ?¨
Ma’rifat bu insonning o’zi sababchi bo’lgan qaramlik holatidan chiqishidir. Qaramlik holati bu boshqasining yordamisiz o’z ongidan foydalana olmaslikdir. Qaramlik holatining sababchisi o’zimiz bo’lamiz. Chunki bu holat ongimizning yetishmasligidan emas, balki bu ongimizdan boshqasining yordamisiz foydalanishga qarorliligimiz va jur’atimiz yetishmasligidan kelib chiqadi. Sapere aude ! O’z ongingdan foydalanishga jur’ating yetsin ! Ma’rifatchilarning ( Enlightenment) shiori budir.
Yalqovlik va qo’rqoqlik oqibatida juda ko’p insonlar, ular tabiatan ozod bo’lsalarda, butun umrlari davomida o’z hohishlari bilan qaramlik holatida yashaydilar. Buning natijasida boshqalarga otaliq bo’lishga nomzod insonlar ham ko’payip ketadi. Qaram bo’lip yashahslik naqadar ham oson. Ahir mening aqlimning o’rniga tayyor kitob bo’lsa ; vijdonimning o’rniga tayyor bir ruhiy rahbarim bo’lsa ; mening qanday taom yeyishimni mening o’rnimga belgilab beruvchi doktor tursa- meni o’zimning harakat qilishimga hech qanday hojat qolmaydi. Butun bu hizmatlarni sotib oladigan pulim bo’lsa, boshqa narsaga hojat yo’q- mening o’rnimga bu hojatlarim bilan shug’ullanuvchi insonlar har doim topiladi. Va insonlarning aksariyati ( asosan, ayollar) bu qaramlik holatidan chiqip ketishga harakat qilishni juda xavfli va azobli deb biladilar. Bu tushunchaning sababchilari esa bu insonlarni hojatlariga qaraydigan muallimlarning har doim tayyorligidadir. Bu muallimlar qaram insonlarning johillik holatiga solgandan va har tarflama o’zlariga bog’liq qilib qo’ygandan keyin, ularga agar mustaqil qadam qo’ymoqchi bo’lsalar qanday buyuk xavflar borligini uqtiradilar. Aslida esa bu xavf u qadar ham buyuk emas- bir necha marta yiqilgandan keyin albatta ular yurishni ham o’rganib oladilar. Lekin ko’pchilik insonlar shu bir necha yiqilishdan qo’rqip keyingi harakatlardan yuz o’giradilar.
Shuning uchun ko’p insonlar yakka holda tabiiy holati bo’lip qolgan qaramlik holatidan qutulishlari juda qiyin. Hatto bu insonlar bu qaramlik holatiga o’rganip qolganlar va qaysidir manoda bundan lazzat oladilar. Natijada u o’z ongidan foydalanishdan ojiz, chunki unga hech qachon buni o’rgatmaganlar. Bu doimiy qaramlik holatining qo’riqchilari bu turli qoidalar va formulalar, aniqro’gi bu vositalarning haddan tashqari qo’llanilishi yoki ularni suistemol qilishdir. Birinchi marta bu formulalarni rad qilgan inson birdaniga o’zini tor qoyadan pastga qarap otgan kabi juda noqulay holatga tushadi chunki ; chunki u hech qachon bunday ozodlikka o’rganmagan. Shuning uchun ham o’z ruhlari ustida ishlash orqali bu qaramlik holatidan qutulib chiqqan va to’siqlarga qaramasdan mustaqil qadam bosishga o’rgangan insonlar juda ham ozchilikni tashkil qiladi.
Shahslardan farqli holda, bir jamoat (jamiyat- obshetvo)ning qaramlik holatidan chiqip ketishiniing ehtimoli ko’proqdir : hurriyat bolgan taqdirda bu hatto oldini olip bo’lmas bir jarayondir. Chunki, har bir jamiyat ichida har doim mustaqil fikrga ega shahslar mavjud boladi. Bu insonlar avval qaramlik zanjirlarini uloqtrip tashlaydilar va o’z atroflarida inson ongini qadrlash va har bir insonning mustaqil fikrlashga qobiliyati borligini targ’ib qila boshlaydilar.
Bir jamiyatda oldindah shakklangan tayyor qolip tushunchalarning (prejudices, bias) bolishi juda havflidir, chunki bu fikrlar bir kuni o’z mualliflarining boshlariga yetadilar.
Bir jamiyat Ma’rifatga faqat sekinlik bilan yetishadi. Revolyusiya orqali faqatgina bir despotizmning yoki pul va hokimiyat hirsiga tayangan zulmning qulashiga erishish mumkin ; lekin hech qachon fikrlarda chuqur bir burilish yasashga eriship bo’lmaydi. Aksincha, revolyusiyadan keyin ham jamiyatta yangi qolip tushunchalar vujudga kela boshlaydi va xalqning qaramlik holaitda saqlanishiga sabab boladi.
Ma’rifatga yetishish uchun eng avval lozim bo’lga narsa bu hurriyatdir : hurriyat nomlangan tushunchalarning ichidan birtasi, u ham bolsa oz ong fikrlarini ochiq holda jamiyatga ayta olishdir. Lekin, voqelikda : hamma faqat bir narsani talab qiladi : fikrlamaslik. Zobit, tushunmasdan buyruqni amalga oshir deydi. Soliq mas’uli : ko’p fiklamasdan, to’lang deydi. Rohib : firklama, ishon, deydi ( Faqat, Olamlar Sohibi : hohlaganingcha fikrla, o’yla, tafakkur qil, lekin itoat qil, deydi). Har yerda hurriyatni cheklashlar. Bu hurriyat cheklashlardan qaysinisi Ma’rifatga to’sqinlik qiladi ? Aksincha, ulardan qaysi biri Ma’rifatga ijobiy foydasi bolishi mumkin ? – Men aytamanki : o’z ongidan (tafakkuridan) ochiq (in public) holda foydalana olishlik har doim erkin bolish kerak, bu hurriyatgina xalq orasiga Ma’rifatni olip kelishi mumkin ; Lekin o’z tafakkuridan shahsiy foydalana olishlikka cheklashlar qoyilishi mumkin, buni Ma’rifatga tosqinligi bolmasligi mumkin. Ochiq shaklda foydalanish (public usage) deganda, men bir insonning o’z tafakkurini, olim( scientist) sifatida (o’qiydigan) bir guruh (jamiyat) oldida ochiqlashini tushunaman. Shahsiy foydalanish (private usage)deganda, bu bir inson o’z tafakkuridan o’ziga yuklangan bir davlat ishini bajarish uchun foydalanishini nazarda tutaman. […] Masalan, yuqoridan bir buyruq olgan bir offiser o’ziga berilgan buyruqning to’gri yoki noto’g’ri ekanligi, kerak yoki nokerak ekanligi haqida ochiq holda firk yuritishi havflidir : u buyruqqa boysinishi kerak. Lekin, shu bilan birga, u buyruqni qilip bolgandan keyin, o’z sohasini yahshi biladigan olim sifatida, bu buyruqning mohiyati, togri yoki noto’gri ekanligi haqida, urush davomida yo’l qoyilgan hatolarni muhokama qilishini va keyinchalik bu fikrlarini jamiyatga taqdim qilishini ham ta’qiqlab bolmaydi. Fuqaro to’lashi lozim bolgan soliqlarni davlatga to’lashi lozim : faqatgina soliq tolamaslik uchungina tanqidga kirishsa , u hatto jazoga tortilishi ham mumkin. Lekin, o’sha fuqaro, sohasini bilgan olim sifatida bu soliqlarning noqonuniyligi haqida o’z muhokamalarini jamiyatga taqdim qila olish hurriyatiga ega bolishi lozim. (…)
[…] Jamiyat Ma’rifatga ochiq bolishi lozim. Agar bir jamiyatni yurituvchilarni o’zlari qaram holatida bolsa, bu jamiyat hehc qachon qaramlik holatidan chiqa olmaydi, turli qaramlik zanjirlarining o’sib boruvchi og’irligi ostida qolip ketadi. (…)
[…} Masalan, cherkov misolida olaylik. Cherkov boshliqlari, bir kuni yig’ilip, o’zlarining inonchini bir simvol atrofida abadiy mahkamlap qoyishlari mumkinmi ? Toki ular har doim xalqni qaramlik holatida saqlab qola olsinlar ? Javob : albatta yo’q. Bu hatto inson tabiatiga ziddir. Chunki, inson tabiati maqsadi doimiy bir rivojlanishda bo’lishdir. Demak, bu qarorni chiqarganlardan keyin kelganlar, o’z ota bobolarinig olgan qarorlarini noqonuniy dep elon qilip, rivojlanish yolini tanlash haqlari bordir. Chunki, rivojlanishning o’rniga, stagnasiyani tanlashlik inson tabiatiga ziddir (...)
Albatta, bir kishi, o’z shahsi uchun, ma’lum bir vatqga Ma'rifatni kelishini kechiktirishi mumkin. Lekin u bu qarorni hech qachon avlodlari uchun ola olmaydi. Bu inson huquqlarini oyoqosti qilish boladi. Agar bir xalq rivojlanishga tosqinlik qilishga haqqi yoq ekan, bir qirolning bundan ham kop haqqi yoqdir oz xalqining Ma'rifatiga qarshi chiqishiga (...) Agar u oz jamiyatida malum bir guruhning butun jamiyat ustidan manaviy tiranlik qilishiga yol qoyip bersa, u holda uning hokimiyatining qadri ham tuship ketadi (..)
Agar, endi mendan soralsaki, hozir ma'rifatli zamonmi ? Yoq, biz faqatgina Ma'rifatchilar zamoniga kirip keldik (Yani, odamlarni Ma'rifatga chaqiruvchi insonlar vaqti, lekin hali xalq butunligicha ma'rifatli bolgani yo’q, demoqchi). Hali, yana insonlar ko’p harakat qilishlari kerak […]
Pingback by KANT MA’RIFAT HAQIDA « Kundalik bitiklarim… on 24 March 2010:
[...] har bir shaxs uchun maqsad sifatida nafsining hohishlari mavjud”. So’ng Emmanuel Kantning “Ma’rifat nima?” degan maqolasini o’qishga tutindim. Bu faylasufda ham juda qiziq, qalb tasdiqlaydigan fikrlar [...]