Davlat va Jamiyat

Davlat va jamiyat

Hammamiz bilamizki jamiyat hayotining ravon davom etishi va rivojlanishi uchun davlat juda muhim hatto asosiy ro’l o’ynaydi. Shuning uchun fuqarolar, ayniqsa to’liq fuqarolik xuquqlaridan foydalanishni boshlovchi yoshlar uchun davlat mohiyatini yaxshi tushunip yetish alohida bir ahamiyat kasb etadi. Quyida davlatning ta’rifidan emas, balki davlatning jamiyat va fuqarolarga bo’lgan aloqasi va vazifa-burchlari haqida mavjud bazi umumiy fikrlardan bahs etiladi. Maqolaning maqsadi eng qisqa va sodda shaklda eng muhim nuqtalarba’zilarini eslatib o’tishdir.

1. Davlat, fuqaro va jamiyat aloqalari

Qadimdan insonlar turli majburiy ijtimoiy sistemalar orqali muayyan jamiyat ichida o’zaro aloqalarini tartibga solip kelganlar. Bu sistemalar turli shakllarda bo’lishi (qabilachilik, feodalizm yoki qirolliklar) hatto axloqiy yoki diniy xarakterda bo’lishi mumkin (Barcha zamonlarda odamlar turli sabablarga ko’ra ma’lum bir axloqiy yoki diniy qoidalar yig’indisiga bo’ysunip kelganlar). Lekin ushbu turli sistemalarning orasida davlat o’zining byurokratik va institutsion xarakteri bilan ajralib turadi. Undan tashqari, hozirgi kunda, davlat o’zi mas’ul bo’gan jamiyat ichida qonuniy kuch ishlatish xuquqiga ega bo’lgan yagona institutdir. Jamiyat a’zolari ushbu qoidani birdek qabul qilganlar va favqulodda holatlardan tashqari bu tushuncha hurmat qilinip kelgan. Davlatning bu qoidani amalga oshirishi va unga bo’ysunmaganlarga qarshi chora ko’rishi jamiyatda hech qanday qarshilikka uchramaydi. Bundan tashqari, jamiyat a’zolari davlatning turli organlari tarafidan qo’yilgan har xil qonuniy, ma’muriy va boshqa turdagi qonun qoidalarga bo’ysunadilar. O’z vaqtida davlat tomonidan belgilanadigan soliqlarni to’lap keladilar.

Yuqorida zikr qilingan nuqtalardan xulosa qilish mumkinki, davlat hozirgi kunda jamiyat va fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotini ma’lum bir darajada tartibga solip turivchi qonun qoidalarni qo’yuvchi va ushbu qonunlarning hurmat qilinishini tartibga solip turuvchi, qonuniy kuch ishlatish xuquqiga ega bo’lgan byurokratik bir institutdir.

2. Davlatning fuqarolar va jamiyat oldidagi burchlari

Bunday fuqarolarning bo’ysunishi va katta imtiyozlarga ega bo’lish evaziga, davlat jamiyat va fuqarolar oldida bazi muhim vazifalarni bo’yniga oladi. Davlatning asosiy vazifasi zotan o’zining hukmi doirasida bo’lgan jamiyatning farovon bo’lishini ta’minlashdir. Odatda, davlatning asosiy vazifalarini uchta katta guruhga bo’lish mumkin.

  1. Davlat o’z hududidagu fuqarolarni eng avvalo bir birlaridan himoya qiladi. Ya’ni, davlatning asosiy vazifalaridan biri bu jamiyatta tinchlikni saqlash va fuqarolarning bir biriga qarshi yoki ma’lum bir guruhlarning boshqa guruh yoki fuqarolarga qarshi turli shaklda zo’rlik va adolatsizlik qilishining oldini olishdir. Buning ichiga turli jinoyatlarning oldini olish va jinoyat sodir bo’lganda jinoyat mualliflarini topib jazolash, ma’lum bir shaxs va guruhlarning o’z tor iqtisodiy yoki boshqa maqsadlari yo’lida xalqqa zo’rlik yoki bosim o’tkazishiga yo’lq qo’ymaslik kabi vazifalar kiradi. Jamiyat hayotida iqtisodiy element muhim ro’l o’ynagani uchun, davlat fuqarolar orasida iqtisodiy aloqalarning yoki bozorning qonuniy va adolatli prinsiplarga amal qilgan holda olib borlishini ta’minlaydi. Bozorda ma’lum bir guruh yoki shaxslarninglarning adolatli raqobat qoidalariga qarshi harakat olib borishiga qarshilik qiladi. Bundan tashqari davlat fuqarolar erkinliklari va jamiyat birdamligi prinsiplari o’rtasida eng ma’qul muvozanatni ta’minlashi kerak. Ya’ni, na fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari jamiyat birdamligi taqozosi tufayli keragidan tashqari cheklanishi, va na jamiyat birdamligi fuqarolarning mutloq erkinliklarini ta’minlashni not’og’ri tushunish oqibatida susayip ketishi lozim. Maqsadga muvofiq jamiyatda fuqarolarning shaxsiy xuquq va erkinliklaridan o’zlari hohlaganicha foydalanish jamiyat birdamligini zaiflashishiga olip kelmaydi.
  2. Davlat jamiyat a’zolarini tashqi xavflardan himoya qiladi. Davlat o’z hududidagi fuqarolarni tashqi dushman va kuchlarning hujumlaridan himoya qiladi. Bu hujum nafaqat qurolli balki iqtisodiy ham bo’lishi mumkin.
  3. Davlatning eng asosiy vazifalaridan yana biri bu jamiyat a’zolari ichdagi eng kambag’al va kuchsizlarini himoya qilishdir. Agar, bir jamiyatda faqir va xorlangan insonlar soni ko’payib borsa va ularning dardiga hech kim chora ko’rmasa, bunday jamiyat noroziliklar va ijtimoiy muammolar oqibatida parchalanip ketishi mumkin. Shuning uchun davlat soliq va boshqa instrumentlardan foydalangan holda kamba’gal fuqarolarga yordam berishi; ularning nochor holatidan chiqip ketishi uchun zarur bo’lgan turli imkoniyatlarni yaratip berishi kerak.

3. Davlatning ikki sifati

Bazi adabiyotlarda davlatning fuqarolarga qarshi iqtisodiy va ijtimoiy himoyachi funksiyasini bildiruvchi Wellfare State yoki “farovonlik davlati” iborasi ishlatiladi. Davlat organlari va ma’murlarining imtiyozlardan suistemol qilishlarining oldini olish uchun va jamiyat va fuqarolarning mustaqilligini himoya qilish uchun esa davlat Rule of law yani qonun ustivorligiga bo’ysunishi kerakligi haqidagi fikr ham mavjud. Yani, adolatli davlat “xuquqiy davlat” bo’lishi lozim.

Farovonlik davlati jamiyat orasida ijtimoiy adolatni ta’minlaydi. Turli iqtisodiy va ijtimoiy bo’hronlar va qiyinchiliklar qarshisida yoki ijtimoiy tengsizliklar kuchayishining oldini olish uchun davlat fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladi. Jamiyat boyliklarining fuqarolar o’rtasida adolat bilan taqsimlanishi uchun barcha choralarni ko’radi. Davlatning ushbu vazifasini to’g’ri bajarishi jamiyatning boy va kambag’alroq qatlamlari o’rtasidagi farqning salbiy qaramaqarshilikka sabab bo’lishining oldini oladi.

Qonun ustuvorligiga bo’ysungan davlatda esa, har qanday shaxs yoki guruhlarning, hattoki davlat ma’murlarining qaror va amallari qonun nazoratiga bo’ysungan bo’lishi kerak. Hech qanday shax hattoki davlat organlari ham o’z qudrat va imtiyozlaridan qonunga qarshi yoki qonun nazoratidan tashqarida foydalanishi mumkin emas. Bundan tashqari, qonun ustuvor bo’lgan davlatda jamiyat a’zolarining barchasi, ijtimoiy darajasidan qat’iy nazar o’z xaq va erkinliklaridan qonun himoyasi ostida foydalanish huquqiga ega. Fuqarolarning qonuniy davlatda yashayotganligi haqida fikrning mavjud bo’lishi ularning davlat va jamiyat institutlariga nisbatan va turli qatlamlar orasida ishonch va samimiyatning ta’minlanishi uchun lozimdir.

Ushbu ikki prinsip orqali davlat jamiyatda fuqarolar erkinligini va ijtimoiy adolatni ta’minlaydi. Agar, davlat ushbu yuqorida keltirilgan umumiy prinsiplarni ta’minlamasa bu yoki ushbu davlat hukmi ostidagi jamiyatning adolatsizlik ostida azob chekishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida, davlat bilan jamiyat o’rtasidagi bog’larning buzilishga olip keladi va jamiyat a’zolarining yoki tinch qonuniy yo’llar bilan yoki inqilop yo’li bilan o’zlari ustidagi bunday adolatsiz yoki ta’sirsiz davlatdan qutulish yo’llarini izlashiga yo’l ochadi.

Post a Response