O’z yurtingdan ayrilma
Bobomurod Hamdamov – O\'z yurtingdan ayrilma
AYRILMA Maxtumquli she’ri
Mastona yurgan chog’, g’ayri yurtlarda
Unib-o’sgan o’z yurtingdan ayrilma!
Bir ma’lun kaklikdek nfsing ug’runda
Doma tushib qanotingdan ayrilma!
Tavakkal et Haqqa, holing bilimdor,
Sabr aylagin, besabrlik ham bekor,
Qayerga borsangdur nasibangdur bor,
Boy bo’lay deb izzatingdan ayrilma!
Gadolarning ko’ngli? shodlikni istar,
Nodonlarning ko’ngli dushmanni do’st der,
Beqadrlar yolg’on so’zingni rost der,
Qadring bilgan ulfatingdan ayrilma!
Jo’mardlarga nomuxlisdir nochorlar!
Taoming yeb, ishing bo’lsa qocharlar,
Siringni fosh etib, aybing ocharlar,
Ta’lim bergan ustozingdan ayrilma!
Uyqu kemasdan turib ketib, kwl qo’ygan Maxtumquli’ni sheriga aytilgan yuqoridagi ashulani topvolip eshityappan.
Bobomurod Hamdamovga ham, qo’shiqqa ham gap yo’q!
Eng qizigi bu qo’shiqni hofiz I. Karimovni Turkmanistonga rasmiy safarida aytgan ekan: zal tashrifga muvoiq ikkala prezidentni rasmlari, bayroqlar bilan beatilgan; hatto zaldagi muxlislar ham rasmiy milliy liboslarda, yosh yoshiga, bo’y bo’yiga qarab tizilib o’tirishibdi. Videoni oxirida ko’rsela boladi: birinchi qatorni uzun soqol, uzun choponli mo’ysafid otaxonlar toldirib qo’yishipti. Etibor bilan qarasela 1:33 da ikki prezident ham zalni o’rtasida qo’shiq eshitib o’tirishipti. Bobomurod aka shu ikki rahbar oldida “Maxtumquli, xalq yodindan ayrilma!” deb, shunday mazmunli qo’shiq aytib bergani uchun rahmat!