David Lachapelle – Candy mosque

David Lachapelle - Candy Mosque

David Lachapelle - Candy Mosque

Kecha shaharda aylanib yursak bir san’at ko’rgazmasidagi (Absolute Art Gallery) rasm diqqatimni tortib qoldi. Ichkariga kirib yaqindan tomosha qildim. Bir masjid edi. Turli jonli ranglar bilan, suvdagi akslari bilan. Hajmi ham kattagina. Oldin qanaqadir bo’yoq bilan chizilib, keyin suratga olingan ekan. Menga rosa yoqdi. Ko’rgazmadagi sotuvchi qiziqqanimni ko’rib, zo’r ekanmi deb gap boshlab qoldim. So’rab ko’rsam, asarni mualligi David Lachapelle ekan. Amerikalik rassom, fotograf, rejissor va show biznesda yana ancha muncha hunarlar qilib yuradigan bola ekan. Internetta qarasam, u dunyodagi akter, aktrisa va qo’shiqchilarni bizi qiziqchi aytgandaqa ” o’tirgizib ham, yotqizib ham, turgizib ham rasmga olo’rar ekan”. Umuman boshqacha ta’b egasi ekan. Lekin nimagadir shu masjid asari shu butun boshqa asarlaridan did jihatidan ham, nazar jihatidan ham boshqacha ekan. Narxini ham so’radim. Atigi: 35 ming euro ekan. Balki bir kun boyib ketsam olarman, Xudo hohlasa :)

There Are 2 Responses So Far. »

  1. Niyatlar chakki emas, san’atdan xabari bor inson sifatida men bu rasm uchun 35 ming euro qimmat degan bo’lar edim. Lekin ancha orginal ekan.

  2. Bir kun kelib “High-Tech” masjid rasmini chizishsa hayron qolmayman. Hattoki hozirdan ham tasawur qilsa bo’ladi, qubbalar quyosh energiyasini oladigan panellardan iborat, eshiklar avtomat ochilib yopiladi, kirganda odamlar bir robotning islom haqidagi davatini eshitadi, namoz waqtlari va ka’baning ko’rinishi 3D ko’rinishda chiqib turadi vhkz.lar…

    Masjidlarimizni istaganimizcha bezab, yarqiratib, diqqatni jalb qiladigan qilib qoýishimiz mumkin…Ammo har gal bezalgan masjidlarni ko’rsam yoki eshitsam, Abu Dardo r.a.ning gaplari esimga tushadi. U gapning tahminiy ma’nosi quyidagicha:

    “Sizning halokatingiz musxaflaringizni va masjidlaringizni bezagan paytingizda keladi. Chunki bu ichki qiymatdan ko’ra tashqaridai ramzlarga ahamiyat berishning alomatidir”.

Post a Response