Blog qismi
July 14th, 2009 • Related • Filed Under
Saytga yangi blog qismi qo’shib qo’ydim. Bu yerda asosan tugallanmagan fikrlar, foydali linklar, yoki turli videolarga linklar qo’yaman.
Today is Wednesday, March 17th, 2010
Saytga yangi blog qismi qo’shib qo’ydim. Bu yerda asosan tugallanmagan fikrlar, foydali linklar, yoki turli videolarga linklar qo’yaman.
Comment by responsibility on 19 July 2009:
sayt egasini qaytishi xayrli bo’lsin. :) foydali linklarni kutib qolamiz. ko’p kitob o’qiganingizni bilaman, filmlarni ham ko’p ko’rasizmi? Hozirgi chiqayotgan filmlarni 70 foizi bo’lsa kerak adashmasam turli g’oyalarni sotishadi. Masalan, AQSH filmlari doimo qandaydir tashqi dushman bilan kurashishni aks ettirsa, xitoyliklar nima bolsa bo’lsin davlat birligi, xoqonga xizmat qilish saqlanib qolsin degan ideyani pullashadi.
Comment by Iqbol on 20 July 2009:
Aytganizdek kinofilmlardan ham ko’p narsa o’rgansa bo’ladi. Yoshligimizdan beri ko’pchiligimiz kinoga o’rganib qolganmiz, va kinoni asosan sanat taraflariga berilib ko’ramiz: qancha chiroyli, qancha ta’sirli bo’lsa, shuncha berilib ko’ramiz: oldinlari Rembo yoki Shaolin bo’lsa, bugun turli superhero’laru aytib o’tganiz Xitoyning shonli qahramonlari kinolari. Lekin, ko’pincha kino katta davlatlarni quroli ekaniga ahamiyat bermaymiz.
Amerikaliklarni siz aytgan tashqi dushman qidirishiga qo’shimcha, barcha kinolarida dunyoni taqdirini hal qiladigan kishi yoki hodisalar albatta Amerikalik bo’ladi yoki Amerikali ishtirokida bo’ladi. Masalan, bir misol Keanu Reeves o’ynagan “The day the Earth stood still” kinosida ham global katastrofa ham aynan Amerikada boshlanadi, uni toxtatib qolganlar ham Amerikaliklar.
Xitoy kinolarida meni qiziqtirgan narsasi jamiyat kuch oldida hech qanaqa etirozsiz bo’ysunishi, hamma xitoy kinolarida yalang’och kuch ishlatiladi asosan xalqqa qarshi. Va, har doim xalq shu kuchga indamasdan ergashib ketadi. Hech qanaqa inson haq, huquqlari degan narsani ko’rmeysiz. Shunaqa qadriyatlarni targ’ib qilgan Xitoy qo’shnimizligini tushunib bazida odam hurkib ketadi.
Keyingi paytlarda etibor bergan bo’sez, ruslar ham kino orqali o’z dunyoqarashini targib qilib, Amerika va Garb madaniyatiga qarshi, mustaqil bir sanat quroli ishlab chiqishga harakat qilishyapti.
Masalan, Temur Bekmambetov’ni Nochnoy Dozor’ini Gollivudga qarshi zarba deb tasvirlashgandi. Nochnoy Dozor togri uncha Gollivuddan farq qilmaydi. Lekin, bu yondoshishga yangi Olimpius Inferno kinosi ochiq misol bo’ladi. Yoki, Pavel Lungin’ni “OStrov’ va “Tsar” kinolari ham ko’pro shu Ruslarni o’z kino qarashini rivojlantirishga bo’lgan harakatlarini ichida ko’rsa bo’ladi.