Sayt haqida

Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar.

Inson har doim hayotda bir narsalarni o’rganish, tushunishga harakat qiladi. Ba’zida o’ziga hech qanday moddiy manfaat keltirmaydigan, xatto hayotida pragmatik foydasi bo’lmaydigan narsalar haqida fikr yuritadi, mutolaa qiladi. Bu ehtiyoj balki insonning fitratida yashiringan, biz beixtiyoriy ravishda bo’ysunadigan bir tuyg’udir.

Ushbu saytda, men ba’zi mutolaa qilgan kitoblar haqida, hayotda u yoki bu sharoitda xayolimga kelgan fikrlar haqida tarqoq holda yozuvlar qo’yish bilan birga, O’zbekiston, Markaziy Osiyo, umuman dunyoning ahvoli haqida fikrlarimni, his-tuyg’ularimni qo’yib borishga harakat qilaman. Bu yozuvlarni ba’zilar ba’zi forumlarda qo’yilgan, ba’zilari esa yangi bo’ladi.

Saytdan maqsad, o’zim ba’zi narsalarni tushunish uchun o’rganayotgan narsalarimni boshqalar bilan baham ko’rish. Sizlardan foydali narsalarni o’rganish. Chunki bir matnning mazmuni ushbu matn haqida bildirilgan fikr-mulohazalar yordamida tushuniladi. Bundan tashqari, sizning har qanday taklifingiz, tanqidingiz men uchun ahamiyatli va foydali bo’ladi.

Toki, Alloh bildirsin, tushuntirsin.